• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • BOʻLAJAK MUTAXASSIS KADRLARNING INGLIZ TILIDA KOMMUNIKATIV




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet209/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    BOʻLAJAK MUTAXASSIS KADRLARNING INGLIZ TILIDA KOMMUNIKATIV 
    MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING LINGVODIDAKTIK TEXNOLOGIYASI 
    Ushbu maqolada boʻlajak oliy ma’lumotli mutaxassislarning oʻquv materiallari ishlab chiqilgan. 
    Ingliz tilini kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan oʻqitish sohasida kommunikativ madaniyatni yanada 
    rivojlantirish va metodik takomillashtirish masalasi bayon qilingan. 
    Kalit soʻzlar: kommunikativ madaniyat, lingvodidaktika, boʻlajak mutaxassis, nofilologik OTM
    energetika yoʻnalishi, integratsiya, ehtiyoj, chet tili, muloqot, autentik vaziyat, leksik material. 
    В данной статье разработаны учебные материалы будущих специалистов с высшим 
    образованием. Изложен вопрос дальнейшего развития и методического совершенствования 
    коммуникативной культуры в сфере профессионально-деятельностного обучения английскому языку. 
    Ключевые слова: коммуникативная культура, лингводидактика, будущий специалист, 
    нефилологический вуз, направление энергетики, интеграция, потребность, иностранный язык, 
    общение, аутентичная ситуация, лексический материал. 
    This article has developed educational materials of future higher education professionals. The issue of 
    further development and methodological improvement of communicative culture in the field of vocational 
    training of English language is described. 
    Key words: communicative culture, lingvodidactics, future specialist, non-philological universities, 
    direction of energy, integration, needs, foreign language, communication, authentic situation, lexical 
    material. 
     
    Kirish. Hozirgi davrda zamonaviy boʻlajak mutaxassis kadrlar sohasiga oid yangiliklarni va istiqbolli 
    ishlanmalarni kuzatib turish talab etiladi. Tanlagan mutaxassisligi boʻyicha chet tilini ishonchli va chuqur 
    egallagan taqdirdagina, oʻz oldiga qoʻygan maqsadiga erishish mumkin. Texnika oliy oʻquv yurtlari boʻlajak 
    mutaxasisslariga doimiy ravishda oshib borayotgan talablar va shu kabi mutaxassislarni shakllantirish uchun 
    ushbu talablarning bajarilishini ta’minlashda an’anaviy ta’lim modelining cheklangan imkoniyatlari bilan 
    zamonaviy jamiyatning samarali ish faoliyatiga boʻlgan ehtiyoji oʻrtasida ma’lum ziddiyatlar kelib chiqishi 
    mumkin. Uzluksiz kasbiy ta’lim tizimi va bunday ta’limning ijtimoiy-pedagogik asoslari yetarli darajada 
    rivojlanmayotganligi tobora koʻproq tan olinmoqda. 
    Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya islohotlari asosida uzluksiz ta’lim tizimida oʻquv-tarbiya jarayonining sifat 
    va samaradorligini zamon talablari darajasiga koʻtarish, davlat ta’lim standartlari doirasida yoshlarni 
    mukammal bilim sohibi etib yetishtirish, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalash, ularda 
    muloqot madaniyatini rivojlantirish, ta’lim va tarbiyada ta’lim muassasalari, oila, mahalla va jamoatchilik 
    hamkorligini kuchaytirish ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan 
    oliy oʻquv yurtini bitirgan yosh mutaxassislarning malakaviy tavsiflari orasida chet ellik sheriklar bilan 
    aloqada boʻlish, axloq va madaniyatga ega boʻlish, ish va jamiyatdagi professional masalalarni tezda hal 
    qilish qobiliyatining rivojlanishi zarurati tugʻildi. Bu esa xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tili fanini oʻqitish 
    jarayonini tubdan oʻzgartirishni taqozo etdi [22, 384]. Chunki ingliz tili mashgʻulotlarida autentik muloqot, 
    ya’ni talabalar uchun kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan, qiziqarli va dolzarb boʻlgan masalalar muhokama 
    qilinganida oʻquv mashgʻulotida tashkil qilinishi mumkin boʻlgan haqiqiy muloqot alohida oʻrin tutadi. Bu 
    holatda talaba oʻz nomidan gapirib, unga biriktirilgan istalgan vazifalarni bajaradi. Oʻqituvchi esa muloqot 
    tashkilotchisi yoki uning ishtirokchisi, shuningdek, “ma’lumotlar banki” rolini bajaradi. Ingliz tili 
    mashg’ulotlari jarayonida muloqotning barcha ishtirokchilari teng huquqli boʻladi, har bir kishi istalgan 
    jarayon haqida va nimani lozim deb bilsa gapirishi mumkin. Muloqotning mazkur turi muloqot qiluvchilar 
    real ahamiyatli masalalarni yechadigan va aniq maqsadlarni koʻzlaydigan yagona turidir. Har bir kishi 
    oʻzining shaxsiy fikrini ifodalaydi, oʻzini qiziqtiradigan narsa haqida gapiradi, shu sababli oʻz hamkorlariga 
    doimo biron yangilikni aytadi. Muloqotning mazkur turi muhokama qilinadigan masalalar ahamiyatidan 
    kelib chiqadigan yuqori motivatsiya, fikrlar originalligi va hammaning toʻgʻri yechimini topishga qiziqishi 
    bilan ajralib turadi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    BOʻLAJAK MUTAXASSIS KADRLARNING INGLIZ TILIDA KOMMUNIKATIV

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish