• 2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet210/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Asosiy qism. Ingliz tilida muloqotni oʻrgatish kommunikativ topshiriqlar orqali tashkil qilinadi. 
    Y.I.Passov “kommunikativ topshiriqlar talabalar uchun muammoli vaziyat yaratishi kerak” deb ta’kidlaydi. 
    Kommunikativ topshiriq bu muayyan bir mavzu asosida tuziladigan, juft boʻlib ishlab, koʻp martalik takror 
    https://buxdu.uz


    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    149 
    asosida oʻzlashtirishga moʻljallangan, birinchi talabaning savoliga ikkinchi talaba tomonidan talaffuz 
    taqlidiga, audio-vizual, ekstralingvistik va emotsional ta’sir vositalariga tayanib javob berishga asoslangan 
    kichik mikrodialogdir [15, 40]. 
    Kommunikativ topshiriqlar orqali talabalarning oʻquv faoliyatini tashkil qilish va boshqarish 
    an’anaviy oʻqitish metodikasidan farqli oʻlaroq oʻquv materialining talaffuzini, yangi leksikasini, grammatik 
    materialini, eshitib va oʻqib tushuniladigan matnlarini, fikrni yozma bayon qilish usullarini muloqot 
    jarayonida kompleks oʻzlashtirishni koʻzda tutadi [14, 464].
    Kommunikativ yondashuv an’anaviy oʻqitish metodikasida shakllangan oʻquv materialini tushuntirish, 
    mustahkamlash, nazorat va baholash kabi bir qolipga solingan usullardan farqli oʻlaroq, ta’limni talabalarni 
    muloqotga oʻrgatishdan boshlaydi. R.P.Milrud talqiniga koʻra, kommunikativ yondashuv – bu chet tillarni 
    oʻqitish va oʻrganish nazariyasi boʻlib, muloqotning ustuvorligi, uning maqsadi va vositasi sifatida e’tirof 
    etiladi [13, 253]. Muloqot koʻnikmalarini shakllantiruvchi bunday mashqlarning aynan mana shu talablarga 
    javob bera olishi ularning an’anaviy oʻqitish jarayonida bajariladigan mashqlardan farqli hisoblanadi. 
    Morena Brakajning fikriga koʻra, nofilologik OTMlarda tahsil olayotgan boʻlajak mutaxassis 
    kadrlarning dars mashgʻulotlari mutaxassislikka oid autentik matnlarga asoslangan va oʻquv materiallari 
    toʻgʻri tanlangan boʻlishi kerak. Toʻgʻri tanlangan leksik materiallar boʻlajak mutaxassislarning kasbiy 
    faoliyatiga yoʻnaltirilgan kommunikativ madaniyatini rivojlantiradi. Bu esa, oʻz navbatida, boʻlajak 
    kadrlarning boshqa koʻnikmalarni rivojlantirishi uchun ham xizmat qiladi [21, 40-49]. 
    Ilmiy-texnikaga oid leksik matnlar va kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan kommunikatsiya, avvalo, 
    ma’lum bir faoliyat sohasidagi mutaxassislar foydalanadigan maxsus til mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
    D.E.Rozentalning soʻzlariga koʻra, “Maxsus leksika – bu inson mehnat faoliyatining turli sohalariga oid 
    obyektlar va tushunchalarni nomlaydigan soʻzlar, soʻz birikmalari, iboralar toʻplamidir. U ma’lum bir soha 
    vakillari tomonidan qoʻllanadigan manba hisoblanadi” [17]. Maxsus kasbiy maqsadlar uchun tilning 
    xarakterli xususiyati atamalar va kasbiy faoliyatga boy boʻlgan leksik materialda namoyon boʻladi. 
    A.A.Mirolyubov ta’kidlaganidek, muloqotning kommunikativ xususiyatlari quyidagilardan iboratdir: 
    aloqa jarayonida kommunikativ rollarning oʻzgarishi - har bir ishtirokchi tinglovchi, soʻngra ma’ruzachi 
    sifatida harakat qiladi; muayyan muloqot vaziyatiga qoʻshilish. Muloqotning muhim xususiyati 
    suhbatdoshning fikrini kuzatib borish, ba’zan kutilmaganda mavzularni oʻzgartirishga olib keladi [14, 464]. 
    Kommunikativ topshiriq asosida bajariladigan bunday mustahkamlovchi mashqlarning asosiy vazifasi 
    nutqiy harakatlarga oʻrgatishdir. Kommunikativ topshiriqqa oid matnni tinglab tushinish, oʻqib tushunish
    fikrni yozma bayon qilishga moʻljallangan mashgʻulotlar tashkil qilinadi. Bu bosqichda talabalar ilk bora 
    oʻzlari muloqot jarayonida oʻzlashtirgan leksik birliklarning yozilish timsollari, grammatik va sintaktik 
    qurilmalar bilan tanishadilar. Oʻrganilgan mavzu boʻyicha fikrlarni yozma bayon qilishga oʻrgatish 
    darslarida talabalar muloqot jarayonida oʻzlashtirgan turli leksik, grammatik mashqlarni yozma shaklda 
    bajarishga, savollarga yozma javob berishga, mavzu boʻyicha kichik bayonlar yozishga oʻrganadilar. Oʻquv 
    mashgʻulotlarini kommunikativlik tamoyillariga asoslanib tashkil qilish, shunday qilib, dars samaradorligini 
    oshishiga, mashgʻulotlarni noan’anaviy shakllarda, interfaol usullarda tashkil qilishga, talabalarda 
    kommunikativ salohiyatni shakllanishiga, turli kommunikativ vaziyatlarda oʻz fikrlarini erkin bayon 
    qilishlariga olib keladi [20, 130]. 
    Talabalarga chet tilidagi nutqiy muloqotni oʻrgatishning samarali jarayonini tashkil etish va qayta 
    ishlashni hisobga olishni nazarda tutadigan nutqning asosiy psixolingvistik xususiyatlarini hisobga olish 
    kerak. 
    Bizning fikrimizcha, ingliz tilini oʻqitishning psixolingvistik jihatlari, nofilologik OTM talabalarida 
    shakllanishi A.N.Leontev fikriga asoslanadi. Chunki olimning ta’kidlashicha, chet tilini oʻzlashtirish jarayoni 
    kommunikativ, shaxsiy, kognitiv tamoyillari orqali shakllantiriladi [10, 338]. 
    Kommunikativ tamoyil asosida biz muloqotni ta’minlaydigan insonlar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot 
    jarayonini tushunamiz. Kognitiv tamoyil esa bu til koʻnikmalarini egallash va tilni idrok etish jarayonidir. 
    Shaxsiy tamoyil mahorat va koʻnikmalarni oʻtkazish uchun mas’uldir. Oʻquv jarayonida talabalarning 
    individual strategiyalarini, mahoratlarini va ularning qiziqishlarini hisobga olgan holda, muloqot oʻtkazishga 
    javobgardir. Eng muhim aqliy jarayon bu xotira yoki, aniqrogʻi eslab qolishdir. Koʻpgina psixolingvistlar bu 
    haqida gapirganda, xotira nutqni shakllantirishda katta rol oʻynaydi. Tavsifni yodlash, saqlab qolish va 
    keyinchalik qayta ishlab chiqishning eng murakkab ruhiy jarayoni boʻlib hisoblanadi [2, 61]. 
    Xotirani yaxshilash maqsadida, vizual koʻrgazmali materiallardan va texnik vositalardan oqilona 
    foydalanish zarur. Nutq koʻnikmalarni rivojlantirish uchun ingliz tilidagi amaliy mashgʻulotlarda autentik 
    muammoli vaziyatlardan, leksik materiallardan va mashqlardan foydalanish talab etiladi. Autentik 
    muammoli vaziyatlar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlishi va uni rivojlantirishi lozim. Autentik muammoli 
    vaziyatlar aynan boʻlajak mutaxassisning kasbiy faoliyatidan kelib chiqqan holda, ingliz tilida muloqot qilish 
    va kommunikativ madaniyatini rivojlantirishga olib keladi. 
    O.I.Jdankoning fikriga tayangan holda, boʻlajak mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga 
    yoʻnaltirilgan ingliz tilida kommunikativ madaniyatini shakllantirish jarayoni uzluksizlik tamoyillarga rioya 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish