|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 211/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
150
qilgan holda bosqichma-bosqich oʻtishi lozim. Ingliz tilining asosiy kursi keyinchalik uning kasbiy
faoliyatga yoʻnaltirilgan kursi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Til tayyorgarligining uslubiy ta’minoti
nafaqat nazariy materiallarni, balki tegishli mavzuning autentik materiallarini oʻz ichiga oladi [5, 118].
Adabiyotlar tahlili asosida “Autentik materiallar” tushunchasi muloqot qiluvchilarning real oʻzaro
munosabatlari dinamik tizimi ekanligi, u idrokda oʻzining aks ettirilganligi sababli maqsadga yoʻnaltirilgan
faoliyatga va qoʻyilgan muammo yechimini topishga shaxsiy ehtiyojini yaratishi aniqlandi. Tadqiqotning
mazmunidan kelib chiqib, talabalarda kommunikativ madaniyatni rivojlantirishda “Autentik - muammoli
vaziyat” funksiyalarini aniqlashtirish lozim deb topildi [16, 166].
Rus olimi G.A.Vorobyov “Autentik muammoli vaziyatning ommalashuvi til oʻrganuvchilarga
interaktiv til muhitini yarata olishidadir”, - deb ta’kidlaydi [3, 33].
Agar biz boʻlajak mutaxassislarga tilni oʻqitishda autentik-muammoli vaziyatlardan foydalanadigan
boʻlsak, eng avval, autentik muammoli vaziyatlarni keltirib chiquvchi materiallarni tasniflashimiz lozim.
Y.M.Goryunovaning fikricha, autentik muammoli vaziyat materiallari 3 toifaga boʻlinadi. Bular: 1. Autentik
tinglash materiallari: intervyular, televizion reklamalar, viktorinalar, multfilmlar, yangiliklar kliplari, hajviy
koʻrsatuvlar, filmlar, seriyali operalar, professional tarzda audio lentaga olingan qisqa hikoyalar va romanlar,
radio reklamalar, qoʻshiqlar, hujjatli filmlar va savdo maydonchalari.
2. Autentik vizual materiallar: slaydlar, fotosuratlar, rasmlar, bolalar rasmlari, tayoqcha rasmlari,
soʻzsiz koʻcha belgilari, siluetlar, jurnal rasmlari, siyoh qorishmalar, postkartalar rasmlari, soʻzsiz rasmli
kitoblar, shtamplar va rentgen nurlari.
3. Autentik bosma materiallar: gazeta maqolalari, kino reklamalari, astrologiya ustunlari, sport
hisobotlari, obzor ustunlari, maslahatlar ustunlari, qoʻshiqlar lirikasi, restoran menyusi, koʻcha yozuvlari,
don qutilari, konfet paketlari, turistik ma’lumotlar risolalari, universitet kataloglari, telefon kitoblari,
xaritalar, televizion qoʻllanmalar, hajviy kitoblar, tabriknomalar, oziq-ovqat kuponlari, xabarlar
joylashtirilgan pinlar va avtobuslar harakat jadvallari [4, 180].
Aytib oʻtilgan fikrlarni inobatga olgan holda, boʻlajak oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarning kasbiy
faoliyatiga yoʻnaltirilgan ingliz tilidagi kommunikativ madaniyatni rivojlantirishda autentik-muammoli
vaziyatlardan samarali foydalanish dars mashgʻuloti jarayonida kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan real
vaziyatni olib kirishga yordam beradi va bu talabalarni sezilarli darajada jonlantiradi. Kasbiy faoliyatga
yoʻnaltirilgan ingliz tilini oʻrganishda boʻlajak kadrlar mavzuni chuqur anglashga qiziqish hosil qiladi.
Ta’lim mazmunini tanlashda biz oʻquv mashgʻulotining 3 ta asosiy guruhini taklif qilamiz: leksik
mavzu, grammatik koʻnikma va fonetik mashqlar. Leksik qismida mutaxassislik boʻyicha tegishli matn
tanlanadi, kerakli yangi soʻz va iboralar matni keltiriladi. Masalan: “Electrical connectors” (Elektr
ulagichlar) matni bilan bogʻliq soʻz va iboralar bilan tanishamiz: terminal block connectors (terminal blok
ulagichlar), plug and socket connectors (vilka va rozetka ulagichlar), and clamp connectors (qisqich
ulagichlar).
Oʻquv mashgʻulotning grammatikaga oʻrgatish qismida, murakkab gaplar (Somposite sentences)
oʻrganildi. Chunki bu mavzu darsning leksik qismini mustahkamlaydi. Energetika yoʻnalishlarida ta’lim
olayotgan boʻlajak mutaxassislar elektr uzatgichlar turlarini koʻrib chiqqandan soʻng, ulardan foydalanib
qoʻshma gaplar tuzishlari va mavzu boʻyicha taklif berishlari mumkin. Masalan: 1. We carry post
connectors, blade connectors, ring terminals and spade terminals. Or perhaps you need to connect wires to
other wires. 2. If this is the case, we can provide you with a variety of solder less connectors. Bunday holda,
leksik koʻnikmalar va grammatik qobiliyatlar oʻrtasida bogʻlanishni ta’minlashimiz mumkin. Fonetik
mashqlar uchun “S” undosh harfi tanlandi. “S” harfi kezi kelganda [s] va [k] tovushlarini beradi. Ularni
farqlay bilishni va shu undosh tovushlar misolida turli xil soʻz, iboralarni tinglash orqali eshitish qobiliyati
rivojlanib, oʻqish, yozish va soʻzlashganda toʻgʻri tovushni talaffuz qilishga harakat qilinadi. Masalan: [s] -
specific, [k] - connectors. Bunday faoliyatni tashkil qilish orqali, birinchidan, gapirish, oʻqish, yozish va
eshitish kabi barcha koʻnikmalarni singdirishimiz mumkin, shuningdek, texnologik energetika
yoʻnalishlarida ta’lim olayotgan boʻlajak mutaxassislarining soʻz boyligini kerakli kasbiy faoliyatiga
yoʻnaltirilgan soʻzlar va atamalar bilan boyitishga, oʻz fikrlarini grammatik jihatdan toʻgʻri ifodalay
olishlariga erishishi mumkin.
Tegishli oʻquv materiallarini ishlab chiqish ingliz tilini kasbiy faoliyatga yoʻnaltirilgan oʻqitish
sohasida kommunikativ madaniyatni yanada rivojlantirish va metodik takomillashtirishga yordam beradi.
Agar lingvistik kompetensiya til materialini (fonetika, lugʻat, grammatika) bilishni nazarda tutsa, u holda
kommunikativ kompetensiya nutq faoliyatining barcha turlarini (tinglash, gapirish, oʻqish) oʻrganilayotgan
til madaniyati vakillari bilan muloqot qilish uchun yetarli darajada oʻzlashtirishni nazarda tutadi.
Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida kommunikativ madaniyatni oʻqitishning uslubiy asoslarini
tahlil qilib, L.V.Medvedeva “qoʻshimcha kasbiy bilim olish va shaxslarning kasbiy ahamiyatli sifatlarini
shakllantirish maqsadida oʻrganilayotgan tilning maxsus fanlar bilan integratsiyasi kasbiy faoliyatga
yoʻnaltirilgan ta’limning ishonchli xususiyatlaridan biridir” - deb ta’kidlaydi [12, 3].
https://buxdu.uz
|
| |