• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Key words
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet214/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    153 
    Marhabo AVAZMATOVA 
    Oʻzbekiston Milliy universiteti 
    tayanch doktoranti 
    CHET TILLARINI ONLAYN TARZDA SAMARALI OʻQITISHNING NAZARIY 
    ASOSLARI 
    Ushbu maqolada chet tillarini onlayn oʻqitish, uning turlari hamda onlayn ta’limning boshqa ta’lim 
    turlaridan farqli jihatlari ilmiy tahlil etilgan holda onlayn ta’limni samarali tashkil etish uchun ishlab 
    chiqilgan: tadqiqodlar ham jamiyati va konnektivizm nazariyalari qiyoslangan holda tadqiq etildi.
    Kalit soʻzlar: onlayn ta’lim, masofaviy ta’lim, sinxron onlayn dars, asinxron onlayn dars, nazariya, 
    tadqiqotlar hamjamiyati, konnektivizm. 
    В данной статье исследован онлайн-обучение иностранному языку, виды онлайн-обучения и 
    различия между онлайн-образованием и другими видами образования. В исследовании сравниваются 
    теории онлайн-образования: исследовательское сообщество и коннективизм, которые разработаны 
    для организации эффективного онлайн-образования. 
    Ключевые слова: онлайн-образование, дистанционное обучение, синхронный онлайн-курс, 
    асинхронный онлайн-курс, теория, исследовательское сообщество, коннективизм. 
    This article provides a scientific analysis of online language teaching, its types, and the differences 
    between online education and other types of education.The study compares the learning theories of online 
    education: community of inquiry and connectivism that are developed to organize effective online education. 
    Key words: online learning, distance learning, synchronous online learning, asynchronous online 
    learning, theory, community of inquiry, connectivism. 
     
    Kirish. 2019-2020-oʻquv yilida COVID-19 kasalligi butun dunyo mamlakatlarida har bir sohaga oʻz 
    ta’sirini oʻtkazdi. Albatta, bu kasallik tufayli joriy etilgan pandemiya ta’lim tizimiga ham katta ta’sir 
    oʻtkazdi. Natijada, dunyoning boshqa mamlakatlari qatori Oʻzbekiston ta’lim tizimi ham bir necha tasodifiy 
    qarorlar olishga majbur boʻldi. Bulardan biri COVID-19 pandemiyasi tufayli barcha oliy ta’lim muassasalari 
    vaqtincha karantin uchun yopildi va oʻqitish tizimi toʻliqligicha onlayn shaklda olib borildi. Hech qanday 
    tayyorgarliksiz onlayn tarzda oʻqitish talabalarga ham oʻqituvchilarga ham birdek ba’zi qiyinchiliklarni 
    vujudga keltirdi. Onlayn oʻqitish davomida ba’zi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsada, bu Oʻzbekiston 
    ta’lim tizimiga birinchi marta onlayn ta’limning kirib kelishi sifatida metodist olimlar oldiga onlayn ta’lim 
    shaklini ilmiy oʻrganishdek muhim vazifani qoʻydi. An’anaviy ta’limni samarali tashkil etish uchun bir 
    necha yillardan buyon olimlar tomonidan nazariyalar tavsiya etilib kelinganidek, onlayn ta’limni 
    muvaffaqqiyatli olib borish uchun ham ma’lum bir nazariyalar ishlab chiqilgan. Onlayn ta’limni samarali 
    olib borish uchun tavsiya etilgan ta’lim nazariyalarini muhokama qilishda noldin, onlayn ta’limga olimlar 
    tomonidan berilgan ta’riflarni tahlil etgan holda ushbu ta’limni boshqa ta’lim turlaridan farqini koʻrsatib 
    oʻtamiz. Bir necha ilmiy tadqiqot ishlarini tahlil qilish chogʻida onlayn ta’lim atamasi masofaviy ta’lim, 
    virtual ta’lim, aralash ta’lim, elektron ta’lim atamalari bilan sinonim sifatida almashtirilib ishlatilishi ma’lum 
    boʻldi. Lekin S.Bartley va J.Goleklarning ta’kidlab oʻtishlaricha onlayn ta’lim masofaviy ta’limning 
    shaklidir va soʻnggi yillarda masofaviy ta’limning eng yirik sektoriga aylandi [2].
    Respublikamiz olimlaridan D.M.Sayfurov onlayn ta’limni kompyuterli tarmoq texnologiyalari deb 
    ataydi va bu ta’lim shaklini masofadan oʻqitishning bir turi sifatida keltirib oʻtadi [20]. Oʻz navbatida,
    N. Mannanova ham oʻzining falsafa doktorligi uchun yozilgan dissertatsiyasida onlayn ta’limni masofaviy 
    ta’limning bir turi sifatida keltirib oʻtgan [15]. A.E.Ibraymov esa onlayn ta’limni masofaviy ta’limni 
    tashkillashtirishdagi texnologiyalardan biri sifatida sanab oʻtadi va uni elektron texnologiya deb atagan holda 
    unga quyidagicha ta’rif beradi: “Internet tarmogʻi orqali tinglovchilarni oʻquv-metodik materiallar bilan 
    ta’minlash hamda turli xil interfaol aloqalar vositasida tyutor bilan tinglovchining oʻzaro oʻquv faoliyatini 
    tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Bu bugungi kunda istiqboli porloq va rivojlanib borayotgan masofaviy 
    oʻqitish texnologiyasi hisoblanadi” [11, 36]. Masofaviy ta’lim M.Mooreva, G.Kearsleyning ta’riflashicha, 
    “Bu rejalashtirilgan taʼlim boʻlib, unda oʻqitish odatda ta’lim olish joyidan boshqa joyda sodir boʻladi, 
    ta’limni olib borish uchun texnologiyalarni hamda maxsus institutsional tashkilotni talab qiladi” [14, 2]. 
    Masofaviy 
    ta’limni 
    respublikamiz 
    olimlaridan 
    A.A.Abduqodirov, 
    A.X.Pardayev, 
    A.D.Asqarov, 
    Gʻ.V.Eldasheva, A.Ibraymovlar ilmiy oʻrgangan boʻlsalar, Rossiya olimlaridan A.L.Abramovskiy,
    A.A.Andreyevlar ilmiy tadqiq etganlar. Yuqorida berilgan olimlarning ilmiy ishlarini oʻrganib, quyidagi 
    xulosaga kelish mumkin masofaviy ta’lim pochta, radio, e-mail, televideniya yoki internet orqali olib 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish