2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

Muhokamalar va natijalar. “Chet tilini toʻliq onlayn tarzda oʻrganish mumkinmi?” degan savol 
barcha chet tilini oʻqitish metodikasi sohasidagi tadqiqotchilar oldiga qoʻyilgan va oʻz yechimini kutayotgan 
masaladir. N.Hokliy “onlayn til oʻrganish” atamasini toʻliq onlayn, internet orqali, yuzma-yuz olib 
boriladigan ta’lim komponentlarisiz amalga oshiriladigan til oʻrganish jarayonini nazarda tutadi. Hokliy 
shuningdek, chet tilini onlayn oʻrganish uchun dastlabki imkoniyatlar oliy oʻquv yurtlarida boʻlganini, ammo 
texnologiya rivojlanishi bilan bu imkoniyatlar ortib borayotganini ta’kidlab oʻtadi [10]. Onlayn darslarda 
oʻqituvchi va talaba oʻrtasida ma’lumot almashish uchun ta’limni boshqarish tizimi (Learning Managemant 
System)dan foydalaniladi. Ushbu ta’limni boshqarish tizimlarida (LMS) onlayn ta’limni tashkil etuvchi 
muassasalar tomonidan ishlab chiqilgan oʻquv materiallari talabalarning erkin foydalanishlari uchun beriladi. 
Marta Luisa Montiel Chamorroning keltirib oʻtishicha, chet tilini oʻrgatish uchun tashkil etilgan onlayn 
kurslardagi materiallar odatda asosiy hisoblangan toʻrtta til koʻnikmalarini (oʻqish, yozish, tinglash va 
gapirish) rivojlantirish va mustahkamlash uchun moʻljallangan. onlayn chet tili kurslarining afzalliklaridan 
biri sifatida M.Mantiel quyidagilarni keltirib oʻtadi: oʻquvchilar an’anaviy ta’limdan farqli oʻlaroq, onlayn 
ta’limda chet tili kursi kontentini bir necha marta qayta koʻrib chiqishlari mumkin [13].
Olayn ta’limni samarali tashkil etish bir necha omillarga bogʻliq. Bizningcha, onlayn ta’limning 
samarali olib borilishiga eng avvalo onlayn ta’limni tashkil etishda asos vazifasini oʻtovchi nazariyalar 
muhim oʻrin tutadi. Avvalo shuni ta’kidlab oʻtish joizki, onlayn ta’lim uchun tavsiya etilgan ta’lim 
nazariyalari uchta muhim nazariya hisoblangan: behaviorizm, kognitivizm va konstruktivizm nazariyalariga 
asoslanib rivojlantirilgan.
Onlayn ta’limda bir necha ilmiy ishlarga asos sifatida “Tadqiqotlar hamjamiyati (Community of 
Inquiry)” nazariyasi koʻrsatib oʻtilgan. Bunday ilmiy ishlardan biri Marta Luisa Montiel Chamorro 
tomonidan yozilgan “Comparing Online English Language Learning and Face-to-Face English Language 
Learning atEl Bosque University in Colombia” mavzusidagi PhD dissertatsiyasidir [13]. “Tadqiqotlar 
hamjamiyati” nazariyasi 2000-yilda D.Garrison, T.Andersonva, W.Archerlar tomonidan ishlab chiqilgan 
boʻlib, “mavjudlik” konsepsiyasi bilan boshqa nazariyalardan ajralib turadi. Ushbu nazariya asoschilariga 
koʻra onlayn ta’lim 3 ta muhim mavjudlikdan “kognitiv, ijtimoiy va oʻqitish” iborat boʻlsagina ta’lim 
jarayoni samarali tashkil etilishi mumkin [7].
Kognitiv mavjudlik bu oʻrganuvchilar tanqidiy fikrlashni yoʻlga qoʻygan holda bir-birlari bilar oʻzaro 
hamkorlikda mulohaza yuritish orqali yangi konsepsiyani oʻrganib, tub maʼnoni anglab yetishlaridir. 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish