, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
155 
oshirilishi onlayn ta’limga moslashish jarayonini yengillashtirish bilan birgalikda, oʻqituvchi va talabalar 
yoki talabalarning oʻzaro aloqa qilish imkonini beradi. Sinxron ta’limning kamchiligi esa onlayn darslarning 
qat’iy jadval asosida belgilangan vaqtda tashkil etilishidir. Bu, albatta, ish bilan oʻqishni bir vaqtda olib 
boradigan talabalar uchun qiyinchilik tugʻdirishi mumkin. Keyingi kamchilik esa jonli videokonferensiya 
davomida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan texnik qiyinchiliklardir. Bunga internet tezligining pastligi, 
mikrofon yoki kameraning toʻgʻri ishlamasligi kabi texnik qiyinchiliklarni keltirib oʻtish mumkin.
D.Jonassonning fikricha, asinxron onlayn darslar jonli ravishda olib borilmaydi, ya’ni oʻqituvchi va 
talaba bir xil vaqtda onlayn boʻlishi talab etilmaydi. Oʻqituvchi va talabaning oʻzaromuloqoti bloglar, 
elektron pochta xabarlari, chatlar orqali amalga oshiriladi [12]. Talabalar oʻquv materiallari: ma’ruza 
matnlari, oldindan yozib olingan videolar, podkastlar, topshiriqlar bilan ta’minlanadi va ularga topshiriq va 
imtihonlarni bajarish uchun ma’lum bir vaqt beriladi. Asinxron onlayn darslarning afzalliklari sifatida 
talabalar dunyoning turli geografik hududlaridan ishtirok etishlari, moslashuvchan jadval asosida darslarning 
tashkil etilishini keltirib oʻtish mumkin. Asinxron onlayn darsning kamchiliklari bu oʻrganuvchining sinxron 
ta’limdagi kabi munozaralarda faol ishtirok etish imkoniyati yoʻqligi sababli izolyatsiya holatiga tushib 
qolishi va natijada demotivatsiyaning vujudga kelishini keltirib oʻtish mumkin. 
Jahonning yetakchi mamlakatlarida toʻliq onlayn ta’limning yuqorida koʻrsatilgan har ikki shaklida 
ta’lim jarayoni tashkil etilib kelinmoqda. Masalan, Yevropada butun dunyoga mashhur Birlashgan 
Qirollikning ochiq universiteti (Open University of United Kingdom), 1969-yildan buyon talabalarga onlayn 
ta’lim berib kelayotgan boʻlsa, Ispaniya davlatidagi Universidad Nacional de Educacion a Distancia 1972-
yildan buyon ta’lim jarayonini toʻliq onlayn shaklda olib boradi. Osiyo mamlakatlaridan Pokistonda “Allama 
Iqbal Open University” 1974-yildan buyon, Taylandda “Sukhothai Thammathirat Open University” 1978-
yildan buyon, Janubiy Koreada esa “Korea National Open University” 1982-yildan buyon, Indoneziyada 
“Universitas Terbuka” 1984-yildan buyon, Hindistonda esa “Indira Gandhi National Open University” 1985-
yildan buyon toʻliq onlayn shaklda ta’lim jarayonini tashkil etib keladilar [15]. Canada Open University
Germaniyaning Fern universiteti, Isroil ochiq universiteti, Yaponiyaning Vaseda universiteti va yuqorida 
koʻrsatib oʻtilgan toʻliq onlayn shaklda olib boriladigan universitetlar muvaffaqqiyati va ushbu toʻliq 
shakldagi onlayn kurslarga jalb etilgan talabalar soni shuni koʻrsatadiki, albatta toʻliq onlayn ta’limni 
amaliyotga, ayniqsa, OTMlariga joriy etish samarali natija bera oladi.

Download 6,23 Mb.
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish