• Asosiy qism.
  • “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet215/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    154 
    borilishi mumkin. Internet orqali amalga oshirilgan masofaviy ta’lim bu onlayn ta’limdir. Ilmiy izlanishlar 
    chogʻida masofaviy ta’lim ustida bir necha ilmiy ishlar olib borilganligiga guvoh boʻldik, lekin ularning hech 
    biri onlayn ta’limga toʻliq toʻxtalib oʻtmagan yoki ilmiy tadqiq etmagan. Bu esa bizning oldimizga Oliy 
    ta’lim muassasalarida toʻliq onlayn ta’limni ilmiy tadqiq etishni oldimizga maqsad qilib qoʻyishimizga sabab 
    boʻldi. 
    Asosiy qism. Oʻz navbatida onlayn ta’limga ham turli xil ta’riflar berilgan. Ensiklopediya onlayn 
    ta’limga Internet orqali amalga oshiriladigan har qanday ta’limni oʻz ichiga olgan moslashuvchan oʻqitish 
    tizimi sifatida ta’rif beradi. O.Pastae onlayn ta’lim internetga asoslangan elektron ta’limdir deb ta’rif bersa 
    [16], P.Gudyear onlayn ta’lim – bu oʻquvchilar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi oʻzaro interaksiyani ta’minlab 
    beruvchi internet aloqa texnologiyalari: elektron pochta yoki kompyuter konferensiya dasturlaridan 
    foydalangan holda tashkil etiladigan ta’limdir deb ta’rif beradi [8]. 
    Onlayn ta’limning tarixi va kelib chiqishi haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, Linda Harasimning 
    ta’kidlashicha, 1981-yilda tarixda birinchi toʻliq onlayn kurs tashkil etildi [9]. 1991-yilda www dunyo 
    boʻylab oʻrgimchak toʻrining insonlar hayotiga kirib kelishi ta’lim sohasida ham tub burilishlar yasadi va 
    onlayn ta’limning butun dunyo boʻylab keng tarqalishiga turtki boʻldi [22]. Bu voqeadan buyon butun dunyo 
    boʻylab universitetlar nafaqat onlayn kurslar, balki butunlay toʻliqligicha onlayn oʻquv dasturlari (1-kursdan 
    4-kursgacha) tashkil etilib kelinmoqda [24]. Onlayn ta’lim ham oʻz navbatida uch xil turdagi muhitda olib 
    boriladi: 1) onlayn ta’limdan (internetdan) an’anaviy ta’limga qoʻshimcha sifatida foydalanish; 2) an’anaviy 
    ta’lim bilan aralash rejimda onlayn ta’limdan (internetdan) foydalanish; 3) an’anaviy ta’lim oʻrniga 
    toʻliqligicha onlayn ta’limdan foydalanish [3]. Ya’ni birinchi vaziyatda sinf xonada an’anaviy ta’lim olib 
    borish chogʻida dars sifatini oshirish maqsadida faqatgina ma’lum bir mashqlarni internet orqali bajarish 
    yoki oʻqituvchi tomonidan berilgan tushuntirishga qoʻshimcha sifatida internet tarmogʻidan foydalangan 
    holda mavzu doirasidagi video yoki audio tinglash kabilar. Ikkinchi vaziyatda esa aralash (blended) 
    ta’limdan foydalanish, ya’ni talabalar haftalik darsning bir qismini onlayn tarzda olsalar, qolgan qismi 
    auditoriyalarda an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda oʻqituvchi tomonidan mavzu yuzasidan 
    tushuntirishlar an’anaviy tarzda berilsa, vazifalar onlayn tarzda topshirilishi mumkin. Yoki flipped sinf 
    tashkil etilib mavzu toʻgʻrisidagi ma’lumotlar oʻqituvchi tomonidan onlayn berilib, talabalar uyda oʻzlari 
    mustaqil ravishda oʻqib oʻrgansalar, mavzu yuzasidan topshiriqlar esa an’anaviy tarzda auditoriyalarda 
    bajarilishi mumkin. Uchinchi vaziyat haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, an’anaviy ta’limning oʻrniga 
    toʻliqligicha onlayn ta’limni tashkil etishdir. Ya’ni mavzu yuzasidan tushuntirishlar ham, topshiriqlar ham, 
    oʻqituvchi va talaba oʻrtasidagi muloqot ham toʻliqligicha onlayn tarzda olib boriladi. Yuqoridagi fikrlardan 
    kelib chiqib masofaviy ta’lim hamda onlayn ta’limning oʻzaro bogʻliqligini va onlayn ta’limning turlarini 
    quyidagi rasm orqali ifodalash mumkin. 
    Ushbu maqolada biz onlayn ta’lim atamasini an’anaviy ta’limning oʻrniga toʻliqligicha onlayn 
    ta’limdan foydalanib, kichik guruhlarga oʻqituvchi boshchiligida olib boriladigan ta’limni nazarda tutgan 
    holda oʻrganamiz va ilmiy tahlil qilamiz. Kichik guruhlarda oʻqituvchi boshchiligidagi onlayn ta’lim oʻz 
    navbatida ikki xil: sinxron va asinxron usulda tashkil etiladi. O.Pastaye ta’kidlaganidek, sinxron onlayn 
    darslar oʻqituvchi va barcha talabalardan bir vaqtning oʻzida videokonferensiya, telekonferensiya, jonli 
    suhbat va jonli translatsiya ma’ruzalari orqali onlayn muloqot qilishni talab qiladi [16]. Sinxron ta’limning 
    bir necha afzalliklari mavjud boʻlib, ulardan biri bu munozara olib borish imkoniyatidir. Jonli 
    videokonferensiya orqali an’anaviy ta’limdagi kabi oʻqituvchi tomonidan berilgan savolga talabaning qisqa 
    muddatdagi javobi va berilgan javobga oʻqituvchining fikri (feedback)ning oniy daqiqalar ichida amalga 
    Masofaviy 
    ta’lim
    Onlayn 
    ta’lim
    Qisman onlayn 
    ta’lim
    Aralash ta’lim
    To’liq onlayn 
    ta'lim
    Juda katta 
    guruhlarda 
    o’qituvchisiz 
    onlayn ta'lim 
    Kichik 
    guruhlarda 
    o’qituvchi 
    boshchiligidagi 
    onlayn ta’lim
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish