• Muhokamalar va natijalar.
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet212/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    151 
    Theme: ______________ 
     
    ADVANTAGES 
    DISADVANTAGES 
    CONCLUSION 
    Ta’kidlab oʻtish joizki, lingvodidaktikada boʻlajak mutaxassis kadrlarni chet tilida kasbiy faoliyatga 
    yoʻnaltirilgan kommunikativ madaniyatini rivojlantirishda integratsiyani hisobga olish juda muhim 
    hisoblanadi. Ilm-fan taraqqiyotining zamonaviy bosqichi fanlararo aloqalar ta’siri bilan tavsiflanadi. Oʻquv 
    fanlari oʻrtasidagi integratsiya, avvalambor, boʻlajak mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan 
    rolini belgilovchi boʻlib, ilm-fan va texnika oʻrtasidagi bogʻliqlikning mavjudligini aks ettiradi. 
    Texnika OTMlari energetika yoʻnalishlarida ingliz tilini oʻqitish mazmunini belgilash, fanlararo 
    aloqalarni hisobga olish, boʻlajak mutaxassis kadrlarning kelajakda kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan turli 
    fanlardan olgan bilimlarini foydalana olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, chet tilini oʻrganish 
    jarayonida boʻlajak mutaxassislar oʻz mutaxassisliklari boʻyicha chuqur bilimga ega boʻlishi lozim. Shu 
    asnoda ular oʻz kommunikativ madaniyatini va kasbiy mahoratini rivojlantirib boradi. Boʻlajak kadrlarning 
    ish faoliyati sharoitlariga tez moslashishi uchun oʻquv dasturlarda asosiy sanoat korxonalarning maqsad va 
    vazifalari hisobga olinishi kerak [6, 146]. 
    Muhokamalar va natijalar. Yuqoridagi fikrlar asosida tavsiya etilayotgan innovatsion metodni taklif 
    qilmoqchimiz. Developing of communicative culture technology (DCCT) metodini darslarni tashkil qilishda 
    samarali deb hisoblaymiz. Energetika yoʻnalishida ta’lim oluvchi boʻlajak mutaxassis kadrlarning kasbiy 
    faoliyatidan kelib chiqqan holda, ingliz tilini oʻrgatish jarayonida “Developing of communicative culture 
    technology” (“Kommunikativ madaniyat texnologiyasini rivojlantirish”) metodikasini qoʻllash talabalarning 
    qiziqishlari, istaklari va ularning ehtiyojlariga asoslanadi. 
    (DCCT) tavsifi: bu kommunikativ madaniyat texnologiyasini rivojlantirish metodi boʻlib, koʻp 
    tarmoqli, muammoli mavzularni mumkin qadar qisqa vaqtda sifatli va tizimli oʻzlashtirishga qaratilgan. 
    Metodni qoʻllash texnologiyasining mohiyati shundan iboratki, bunda boʻlajak oliy ma’lumotli mutaxassis 
    kadrlarning kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan ingliz tilida kommunikativ madaniyatini rivojlantirishning turli 
    yoʻnalishlari boʻyicha innovatsion axborotga ega boʻladi. Ayni paytda ularning alohida elementlari 
    muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik va kamchiliklari belgilanib, guruhning 
    jamoaviy muzokarasi mobaynidagi fikrlari asosida qaror qabul qilinadi. Bu esa boʻlajak oliy ma’lumotli 
    mutaxassis kadrlarning kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan ingliz tilida kommunikativ madaniyatini 
    rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 
    (DCCT) maqsadi: talabalarni kasbiy faoliyatiga yoʻnaltirilgan ingliz tilida erkin, mustaqil, tanqidiy 
    fikrlashga, jamoa boʻlib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab taqqoslash yordamida mavzudan kelib 
    chiqqan holda, oʻquv muammosining yechimini topishga, kerakli xulosa yoki qaror qabul qilishga, jamoaga 
    oʻz fikri bilan ta’sir etishga, uni ma’qullashga, shuningdek, berilgan muammoni yechish hamda mavzuga 
    umumiy tushuncha berishda oʻtilgan mavzulardan egallagan bilimlarni qoʻllay olishga oʻrgatish. 
    (DCCT) qoʻllash texnologiyasi: amaliy mashgʻulotlarda yoki kichik guruhlarga ajratilgan tartibda 
    oʻtkazish, shuningdek, mustaqil vazifalar berishda ham qoʻllash mumkin. 
    (DCCT)ni oʻtkazish tartibi: 
    • pedagog talabalarni soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik guruhlarga ajratadi; 
    • oʻqituvchi talabalarni mashgʻulotning maqsadi va oʻtkazilish 
    tartibi bilan tanishtiradi va har bir kichik guruhga qogʻozning yuqori 
    qismida yozuvi boʻlgan, ya’ni asosiy muammo undan ajratilgan 
    oʻquv muammolari va ularni yechish yoʻllari, xulosa yozma bayon 
    qilinadigan varaqlarni tarqatadi; 
    • har bir guruh a’zolari oʻzlariga tushgan varaqlardagi 
    muammolarning afzalligi va kamchiliklarini aniqlab, oʻz fikrlarini 
    yozma bayon etadilar. Yozma bayon etilgan fikrlar asosida ushbu 
    muammo yechimini topib, optimal variant sifatida umumiy xulosa 
    chiqaradilar; 
    • kichik guruh a’zolaridan biri tayyorlangan materialni jamoa 
    nomidan taqdimot qiladi. Guruhning yozma bayon etgan fikrlarini oʻqib eshittiradi, lekin xulosa qismi bilan 
    tanishtirmaydi; 
    • oʻqituvchi boshqa kichik guruhlardan taqdim etgan guruhning xulosasini soʻrab, ularning fikrini 
    aniqlaydi, guruhlar fikridan soʻng taqdim etgan guruh oʻz xulosasi bilan tanishtiradi; 
    • pedagog guruhlar tomonidan berilgan fikrlarga yoki xulosalarga izoh berib, ularni baholaydi, soʻngra 
    mashgʻulotni yakunlaydi; 
    Javoblarga koʻra, oʻqituvchi mavzu boʻyicha talabalarning bilim darajasi qanchalik oʻzgarganligini va 
    ularning bu metod boʻyicha ishlash istagi qanday ekanligini bilib olishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan talabalar 
    ushbu mavzu boʻyicha har qanday yangi savollarni qoʻshishlari mumkin. Aynan shu jarayonda ingliz tili 
    oʻqituvchisi talabalarning javoblariga binoan ularning yozma nutqini (writing), gaplarning grammatik 
    tuzilishini va iboralarning toʻgʻriligini, shuningdek, soʻzlardan oʻrinli foydalanganligini tekshiradi. 
    Xulosa. Koʻrinib turibdiki, DCCT metodi nafaqat oʻqish koʻnikmalarini, balki boʻlajak mutaxassis 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish