|
Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi
|
bet | 1/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 439,86 Kb. | | #244685 |
Bog'liq falsafa mustaqil ish
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TSo' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi.
Reja:
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi.
Analogiya. Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar
Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy ergashish tushunchasi. Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega boladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi.
Xulosa chiqarish — bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga olish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo‘lishi, o‘zaro mantiqan boglanishi kerak. Masalan, «Ibn Sino «Donishnoma» asarini yozgan» va «Pifagor matematik bolgan» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bolmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q. Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan boglangan bolishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan boladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Do‘stlarim sport bilan shug‘ullanadilar» degan mulohazadan «Do‘stlarim sport masteri» deb, xulosa chiqarib bolmaydi.
Demak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat: xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining o‘zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqiy aloqadorligi). Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra zaruriy va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko‘ra bir asosli (bevosita) va ko‘p asosli (bavosita); fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo‘linadi. Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin.
|
| |