Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi




Download 439,86 Kb.
bet8/9
Sana20.05.2024
Hajmi439,86 Kb.
#244685
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
falsafa mustaqil ish

Analogiya — (grek. — moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juziylikka qarab, induksiyada juziylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juziy holatdan boshqa juziy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda obyektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, obyektiv o'xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Obyektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bolsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash boiadi.
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot olkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli boiadi. Masalan, Imom G ‘azzoliy «Kimiyoi saodat» asarida dil (ko‘ngil)ni badan mamlakatining podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, «podshoh — Dil vazir — Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bolg'usidir»1, — deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bolib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi.
Analogiya o‘zining obyektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari oltasidagi aloqa va munosabatlardir. Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga kola analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi.
Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga k ola o‘zaro taqqoslanadi. 0 ‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bolgan belgining boshqasida ham bolishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi.
0 ‘xshatilayotgan predmetlarni A va В harflari bilan, belgilarni a, b, с harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
S1 - P1, P2, P3, P4, belgilarga ega.
S2 - P1 P2, P3, belgilarga ega.
Demak, S2 - P4 belgisiga ega.
Misol:
Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga e’tibor kamayadi.
Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular birbiriga mehrsiz, mahallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka.
Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz. Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida emas, ikki predmet oltasidagi munosabatni olganish asosida boshqa ikki predmet o'rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
A — В ga, С — D ga bo'lgandek munosabatda
Bunda A — В model, С — D prototip bo‘ladi. Model va prototip o'rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet sohalariga taalluqlidir. Masalan, imom G'azzoliy inson jismi va ruhi o'rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o'rtasidagi munosabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining yemishi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi.
Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq xatolar. Mulohazalar bilan bogiiq xatolar. Mulohazalarni tushunchalarning mantiqiy bog'lanishi deb qarash mumkin. Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo'lishi ularning to'g'ri va chin bolishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari boiib, ularning o'zaro mantiqan to'g'ri bogliqligi ham fikrning to'g'ri va chin bolishini ta’minlaydi. Quyidagi holatlarda mulohaza yolg'on hisoblanadi:

  1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lmagan xususiyat tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yig'indisi 360° ga teng).

  2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lgan xususiyat inkor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi).

3. Juziy chin bolgan mulohaza ba’zi holatlarda umumiy deb qabul qilinsa (masalan, «Ba’zi o'quvchilar mas’uliyatsiz» mulohazasini «Hamma o'quvchilar mas’uliyatsiz» mulohazasi bilan almashtirilsa).

Download 439,86 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 439,86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi

Download 439,86 Kb.