|
Sillogizm figuralari va moduslari
|
bet | 5/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 439,86 Kb. | | #244685 |
Bog'liq falsafa mustaqil ishSillogizm figuralari va moduslari.
Sillogizmlar bir-biridan 1) o‘rta terminning joylashishiga qarab va 2) asoslar va xulosadagi mulohazaning miqdori va sifatiga ko‘ra farq qiladi. 0 ‘rta terminning o‘rni sillogizmning figurasini belgilab beradi.
I figurada o‘rta termin katta asosning subyekti, kichik asosning predikati bo‘lib keladi. II figurada o‘ ta termin katta va kichik asoslarning predikati bolib keladi. Ill figurada o‘rta termin har ikki asosning subyekti bolib keladi. IV figurada o‘rta termin katta asosning predikati, kichik asosning subyekti bo‘lib keladi
Sillogizm asoslari oddiy qat’iy mulohazalardan iborat. Bu mulohazalarning ikki asos va xulosada o‘ziga xos tartibda (to‘plamda) kelishi modus deb ataladi. «Modus» shakl degan ma’noni anglatadi. Sillogizm figuralarining o‘ziga xos shakllari mavjud. Har bir figuraning to‘g‘ri shakllarini aniqlab, to‘g‘ri xulosa chiqarishda sillogizmning umumiy qoidalari bilan birga har bir figuraning maxsus qoidalariga ham amal qilinadi. Figuralarning maxsus qoidalari sillogizm terminlarining o‘ziga xos boglanishi asosida aniqlanadi.
Entimema (qisqartirilgan qat’iy sillogizm)
Insonning fikr yuritish jarayoni ko‘proq entimema ko‘rinishida amalga oshadi. Masalan, «U talaba bolgani uchun, stipendiya oladi», «Birodarim e’tiqodda sobit, shuning uchun unga ishonsa boiadi». Entimema deb, asoslaridan biri yoki xulosasi tushirib qoldirilgan sillogizmga aytiladi. Entimema so‘zi — aqlda, fikrda degan ma’noni anglatadi. Entimemada sillogizmning tushirib qoldirilgan qismi yodda saqlanadi. Zarur bo‘lganda uni topib, o‘rniga qo‘ygan holda entimemadan tola sillogizmni tiklash mumkin. Entimemalar uch turli boiadi:
tartibli, ya’ni katta asosi tushirib qoldirilgan.
2-tartibli, ya’ni kichik asosi tushirib qoldirilgan.
3-tartibli, ya’ni xulosasi tushirib qoldirilgan
Bizga quyidagi sillogizm berilgan bo‘lsin:
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Bu o‘quvchi matematikani biladi.
Bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi.
Endi bu sillogizmni entimema ko‘rinishiga keltiramiz:
Bu o'quvchi matematikani bilgani uchun, masalaning javobini to‘g‘ri topadi (katta asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, shuning uchun bu o‘quvchi masalaning javobini to‘g‘ri topadi (kichik asos tushirib qoldirildi).
Matematikani bilganlar bu masalaning javobini to‘g‘ri topadi, jumladan bu o‘quvchi ham (xulosa tushirib qoldirildi). Entimemalar bahs-munozara yuritish jarayoni va notiqlik san’atida keng qo‘llaniladi.
|
| |