• Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.
  • III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish




    Download 439,86 Kb.
    bet3/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi439,86 Kb.
    #244685
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    falsafa mustaqil ish

    III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish (lot — contrapositio) bevosita xulosa chiqarishning mantiqiy usullaridan biri boiib, bu usul qollanganda berilgan mulohaza avval aylantiriladi, so‘ngra almashtiriladi. Natijada hosil bolgan mulohazaning (xulosaning) subyekti asos mulohaza predikatiga zid, predikati esa uning subyektiga mos boiadi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:

    Masalan:


    1. Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar.

    1. Islom diniga e’tiqod qilmaydiganlarning hech biri musulmon emas. Juziy tasdiq mulohazadan predikatga qarama-qarshi qo‘yish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki, juziy tasdiq mulohazani aylantirsak juziy inkor hukm kelib chiqadi. Undan almashtirish orqali xulosa chiqarib bo‘lmaydi.

    1. Mantiqiy kvadrat orqali xulosa chiqarish.

    Bunda oddiy qat’iy mulohazalarning o‘zaro munosabatlarini (qarang: mantiqiy kvadrat) e’tiborga olgan holda, mulohazalardan birining chin yoki xatoligi haqida xulosa chiqariladi. Bu xulosalar mulohazalar o‘rtasidagi zidlik, qarama-qarshilik, qisman moslik va bo‘ysunish munosabatlariga asoslanadi. Bu munosabatlarning tahliliga kola xulosa chin bolgan quyidagi holatlarni kolsatish mumkin.

    1. Asos mulohaza va xulosa chin bolgan: A—>1, E—>0.

    2. Asos mulohaza xato va xulosa chin bolgan: A—>0, E—>1 Masalan: A. Hamma daraxtlarning ildizi bor.

    1. Ba’zi daraxtlarning ildizi bor.

    1. Hech bir faylasuf matematik emas.

    1. Ba’zi faylasuflar matematikdir.

    Bevosita xulosa chiqarish usullari bilish jarayonida mavjud fikrni aniqlab olish, uning mohiyatini to‘g‘ri tushunish, Shuningdek, bir fikrni turli xil ko‘rinishda bayon qilish, yangi bilimlar hosil qilishga imkon beradi.
    Sillogizm. Deduktiv xulosa chiqarish aslida sillogizm shaklida boladi. «Sillogizm» so‘zi qo‘shib hisoblash, degan ma’noni beradi. Bu termin mantiq fanida, deduktiv xulosa chiqarishning ko'proq ishlatiladigan turi hisoblangan oddiy qat’iy sillogizmni ifodalashda qollaniladi.
    Sillogizm o‘zaro mantiqiy boglangan ikki qat’iy mulohazadan uchinchi - yangi qat’iy mulohazani zaruriy tarzda keltirib chiqaruvchi xulosa chiqarish usulidir. Bunda dastl; bki mulohazalardan biri, albatta, yo umumiy tasdiq yoki umumiy inkor mulohaza bo'ladi. Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq bolmaydi. Shunga ko‘ra sillogizmni umumiylikka asoslangan xulosa chiqarish, deb atasa bo‘ladi. Masalan, quyidagi mulohazalar berilgan bolsin:
    Hamma baliqlar suvda yashaydi.
    Sazan — baliq
    Bu mulohazalardan zaruriy ravishda — Sazanlar suvda yashaydi, degan uchinchi mulohaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat’iy mulohazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat’iy sillogizm deyiladi.

    Download 439,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 439,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Predikatga qarama-qarshi qo‘yish

    Download 439,86 Kb.