• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar




    Download 439,86 Kb.
    bet9/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi439,86 Kb.
    #244685
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    falsafa mustaqil ish

    Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar. Fikr yuritish jarayonida eng ko'p uchraydigan mantiqiy xatolar xulosa chiqarish bilan bogliq. Bunga sabab xulosa chiqarishning har bir turiga xos bolgan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xatolardan ba’zilarini ko'rib chiqamiz.
    Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqarishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoidasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko'ra I Figura bo‘yicha kichik asos inkor mulohaza bo'lganda hosil qilingan xulosa noaniq (ko‘pincha xato) bo‘ladi. Masalan:
    Hamma advokatlar yuristdir.
    Bu kishi advokat emas.
    Bu kishi yurist emas.
    Xulosaning noaniq bo‘lishiga sabab, yuristlar faqat advokat emas, balki o‘qituvchi yoki olim bo‘lishlari ham mumkin.
    Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Masalan:
    Hamma okulistlar shifokordir.
    Bu ayol shifokor.
    Bu ayol okulistdir.
    Shifokorlar faqat okulist (ko‘z shifokori) emas, balki stomatolog, kardiolog, xirurg bo‘lishlari ham mumkin.
    Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqarishda eng ko‘p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, demak, shu sababga ko‘ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kelgan hodisalarning hammasida avvalgisi sabab, keyingisi oqibat bo‘ladi, degan fikrga asoslanish natijasida yuzaga keladi.
    0 ‘xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda, taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib olinsa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan:
    Aziza va Robiya bir sinfda o‘qiydi, yoshlari va bo‘ylari teng. Aziza ingliz tilini yaxshi biladi.
    Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi.
    Yuqorida ko‘rsatilgan mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur:

    1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lgan xususiyat doimo tasdiqlanishi shart.

    2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo‘lmagan xususiyat doimo inkor qilinishi shart.



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI ‘FALSAFA O‘QUV-USLUBIY MAJMUA’

    2. FALSAFA ASOSLARI o‘quv qo‘llanma. 0‘zbekiston faylasuflari milliy jam iyati nashriyoti Toshkent — 2018

    3. O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta va maxsus ta’lim vazirligi “Falsafa” 1-qism

    Download 439,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 439,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulosa chiqarish bilan bogliq xatolar

    Download 439,86 Kb.