• Almashtirish
  • Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi




    Download 439,86 Kb.
    bet2/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi439,86 Kb.
    #244685
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    falsafa mustaqil ish

    Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati — unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
    Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:

    1. Aylantirish (lot. — obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi1. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:


    Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi.

    Aylantirishga misol:
    A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega.
    E. Shifokor bo‘lganlarning hech biri oliy tibbiy ma’lumotsiz emas.
    E. Hech bir yolg‘onchi rostgo‘y emas.
    A. Hamma yolg‘onchi bo‘lmaganlar rostgo‘ydir.
    I. Ba’zi suralar uzundir.
    O. Ba’zi suralar qisqa emas.
    O. Ba’zi jumlalar tushunarli emas.
    I. Ba’zi jumlalar tushunarsizdir.

    1. Almashtirish (lot.—conversio) shunday mantiqiy xulosa chiqarish usuliki, unda xulosa berilgan mulohazadagi subyekt va predikatning o‘rnini almashtirish orqali keltirib chiqariladi.

    Turli mulohazalardan bunday usul vositasida xulosa chiqarish quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:


    Juziy inkor mulohazadan (0) almashtirish usuli bilan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Almashtirishga misol:


    1-misol. A. Hamma shifokorlar oliy ma’lumotlidir.

    1. Ba’zi oliy ma’lumotlilar shifokorlardir.

    1. misol. E. Hech bir inson tosh emas. E. Hech bir tosh inson emas.

    2. misol. I. Ba’zi yoshlar tadbirkordir. I. Ba’zi tadbirkorlar yoshlardir.

    3. misol. A. Hamma odamlar jonli mavjudotdir. I. Ba’zi jonli mavjudotlar odamlardir.

    4. misol. I. Ba’zi san’atkorlar qo‘shiqchidir. A. Hamma qo‘shiqchilar san’atkordir.

    Demak, almashtirish usuli qollanganda mulohazadagi subyekt va predikat hajmi aniqlanadi va shu asosda mulohazadagi terminlar o‘rni almashtirilib, xulosa chiqariladi. Bu usul, ayniqsa, tushunchaga berilgan ta’riflarning to‘g‘riligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

    Download 439,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 439,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi

    Download 439,86 Kb.