• To‘liq induksiyada
  • To‘liqsiz induksiyada
  • Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi




    Download 439,86 Kb.
    bet6/9
    Sana20.05.2024
    Hajmi439,86 Kb.
    #244685
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    falsafa mustaqil ish

    Induktiv xulosa chiqarish. Yakka mulohazalarni umumlashtirib xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko‘p qollaniladi. Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish) deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba natijalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi.
    Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xulosa chiqariladi.
    Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tekshirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqarishning ikkita turi mavjud: toliq va to‘liq induksiya.
    To‘liq induksiyada birorta belgining ma’lum bir sinfga mansub liar bir predmetga xosligi aniqlanib, shu belgining berilgan sinf 239 predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. To‘liq induksiya miqdori cheklangan va aniq bo‘lgan (sanaladigan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashtirish yo‘li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo‘lib, uning xulosasi doimo aniq bo‘ladi.
    To‘liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga tegishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga mansub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa chiqariladi.


    Ilmiy induksiya
    Ilmiy induksiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi belgining mavjudlik sababi o‘rganiladi. Toliqsiz induksiyaning bu turi hodisalarning sababini aniqlash va ularni ifoda etuvchi qonunlarni ochishga qaratilgani uchun ham ilmiy induksiya deb ataladi.
    Sababiy aloqadorlikni aniqlash ilmiy induktiv xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Sababiy aloqadorlikni aniqlash va o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
    — ikki hodisa o'rtasidagi zaruriy aloqadorlik muayyan sharoitda ularning biridan (sabab) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini bildiradi;
    — sabab-oqibat munosabatlari umumiy xarakterga ega, olamdagi hech bir hodisa sababsiz mavjud bo‘lmaydi;
    — sabab va oqibat vaqtda ketma-ket keladi. Lekin, oldinmaketin kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bolavermaydi;
    — sabab-oqibat munosabatlari bir ma’noli bo‘lib, muayyan sabab o‘ziga muvofiq keladigan muayyan oqibatni keltirib chiqaradi.
    Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki aksincha, bir oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta’sirida paydo bolishi mumkin.
    Sababiy aloqadorlikni aniqlashning bir qancha metodlari mavjud boiib, ular ilmiy induksiya metodlari deb yuritiladi. Bularga o‘xshashlik, tafovut, yo‘ldosh o‘zgarishlar va qoldiqlar metodlari kiradi. Ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.

    Download 439,86 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 439,86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi

    Download 439,86 Kb.