|
Tso' 044-23 guruh talabasi Halimov N. ning falsafa fanidan mustaqil ishi
|
bet | 4/9 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 439,86 Kb. | | #244685 |
Bog'liq falsafa mustaqil ishSillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa (conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tushunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi - S - kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi - R - katta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bolgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M — (terminus medius) o‘rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o‘z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o‘z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asoslarning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ketma-ketlikda kelishiga bogliq emas.
O‘rta termin katta va kichik terminni boglovchi mantiqiy element hisoblanadi.
Sillogizm aksiomasi
Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar boiib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulosalashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi.
Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bolsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bolsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning ichida joylashgan bo‘ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo‘lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo‘lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo‘ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yordamida ifodalash mumkin.
Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm aksiomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfl to‘g‘risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taalluqli fikr hisoblanadi.
Masalan:
Hamma odamlar tirik mavjudotdir.
Hamma talabalar odamlardir.
Hamma talabalar tirik mavjudotdir.
Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bolgan narsalar buyum, hodisaning o‘ziga ham ziddir.
|
| |