|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 223/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Asosiy qism. Shiddat bilan rivojlanayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda chuqur
bilimga, malaka va koʻnikmalarga chanqoq yoshlarning ehtiyojlarini qondirish uchun pedagog kadrlar
nafaqat oʻz fanini chuqur bilishi, balki noan’anaviy ta’lim-tarbiya texnologiyalaridan, usullaridan keng
foydalanishlari talab etiladi. Ushbu holatlar “innovatsiya”, “innovatika” tushunchalari bogʻliq.
Innovatsion texnologiyalar – ta’lim-tarbiya jarayoniga yangilik kiritish zamirida uning sifat
samaradorligini ta’minlashga erishish demakdir. “Innovatsiya deganda, birinchidan, aniq faoliyat turini
yangilash jarayonidagi yangi voqea va hodisalar tushunilsa, ikkinchidan ilmiy tadqiqotlar yoki kashfiyotlar
natijasida erishilgan va amalda mavjud boʻlgan analoglardan ustun boʻlgan obyekt tushuniladi” [6].
Biz ushbu maqolada zamonaviy xorijiy til oʻqituvchilarining innovatsion faoliyati va deontologik
kompetentligi haqida fikr yuritar ekanmiz, xoʻsh bugungi xorijiy til oʻqituvchilari yuqori innovatsion
faoliyatga, deontologik kompetentlikka tayyorlash degan muammoli savollar qoʻyamiz. Ta’lim-tarbiya
jarayonida faoliyat olib borguvchi har bir oʻqituvchi pedagogika, psixologiya fanlariga ta’lim-tarbiya
jarayonlariga, ta’lim tizimiga kirib kelayotgan yangiliklarni, ularning qonuniyatlarini oʻrganishlari,
bilimlarini bugungi ta’lim tizimi talab qilmoqda. Bugungi xorijiy til oʻqituvchilari quyidagi innovatsion
pedagogik jarayonlarga amal qilishlari zarur, ular quyidagicha:
- oʻquvchi yoshlarni oʻz ijodiy tafakkuri, bilimi, qobiliyatini, progressiv qoidalarini roʻyobga chiqarish
uchun maqsadli yoʻnaltirish;
- oʻquvchi bilan oʻqituvchining ijodiy hamkorligini rivojlantirish;
- ijodkorlik, intellektning natijasi sifatida kreativlikni namoyon etishdagi izlanuvchanlikning
yuqoriligi;
https://buxdu.uz
|
| |