|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 219/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
157
hisoblanadi. Lekin B.Dukeva hamkasblarining fikriga koʻra konnektivizm nazariyasi asosida onlayn
oʻqitilganda oʻquvchi struktura yarata olishni (kognitivizm) va kuzatib oʻrganish asnosida yangi ma’lumotni
oʻzlari anglab yetadi (konstruktivizm), bu bilan kelajakdagi va ziyatlarda foydalanish uchun yangi bilimlar
tizimini oʻrnatadi (konnektivizm). Ularning fikriga koʻra boshqa nazariyalar bilan bir qatorda konnektivizm
nazariyasiga ham asoslanib ta’lim berish onlayn ta’lim samaradorligini oshirishni ta’minlab beruvchi
yoʻllaridan biri boʻla oladi. Oʻzbek olimlaridan D.Sayfurov ham internetdan foydalanib ta’lim oluvchilar
internet orqali olingan ma’lumotlarni bir butun qilib sintezlash va turli xil qidirish tizimlaridan foydalangan
holda yangi bilimlarni oʻrganadilar deb ta’kidlab oʻtadi [20, 44].
Ingliz tilini onlayn tarzda OTMda konnektivizm nazariyasiga asoslanib oʻqitilganda, uning hozirgi
ingliz tilini bilish darajasi emas, balki qaysi bazadan va qanday qilib ma’lumotlarni topa olishi, oʻzining
bilim darajasiga mos hamda shu bilan birga oʻrganayotgan mavzusiga bogʻliqligini aniqlay olishi muhimdir.
Bizningcha, ushbu konnektivizm nazariyasini ingliz tilini OTMda filologik yoʻnalish talabalariga yozish va
gapirish koʻnikmasini oʻqitish chogʻida quyidagicha foydalanish mumkin. Masalan, talabalarga ingliz tilida
ularning sayohat qilishni orzu qilgan joylari haqida besh daqiqalik nutq tayyorlash soʻralgan boʻlsa, bunday
vaziyatda onlayn oʻqitishda talabaning aynan hozir ushbu savolga qanday javob berishi emas, balki onlayn
saytlardan qidiruv tizimi orqali bormoqchi boʻlgan joylari haqida yetarlicha ma’lumotlarni qidirib topa
olishi, ushbu topilgan ma’lumotlar mavzuga mos va toʻgʻri boʻlishi hamda internet saytlaridan yangi topilgan
ma’lumotlarni oʻzining hozirgi bilganlariga qoʻshib gapira olishi muhimdir.
|
| |