2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
159
Dilafruz KENJABOYEVA
Termiz davlat universiteti
fakeltetlararo ingliz tili kafedrasi
oʻqituvchisi
INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA XORIJIY TIL OʻQITUVCHILARIDA
DEONTOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada bugungi ta’lim jarayonida innovatsiya va pedagogik texnologiyalardan ta’lim
jarayonida foydalanish va xorijiy til oʻqituvchisining deontologiyasi va kompetentligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: innovatsiya, innovatsion ta’lim, texnologiya, pedagogik texnologiya, kommunikatsiya,
deontologiya, kompetensiya, kompetentlik.
Данная статья посвещена к проблеме инновация и педагогическая технология в процессе
обученияб кроме автор уделяет внимание развития доентологии и компетентность современного
учителья иностранных языков.
Ключевые слова: инновация, инновационная образавания, технология, педагогическая
технология, коммуникация, деонтология, компетенция, компетентность.
The article theorically describes and professional aspects of preparation for the future teaching
foreign language teachers, the features, content and essence of pedagogical deontology and competence.
Key words: innovation, the education of innovation, technology, pedagogical technology,
communication, the deontology and competence.
Kirish. Bugungi ilm-fan, texnika va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi davrida pedagogika
fani ham ular bilan hamnafas “pedagogik texnologiya”, “pedagogik deontologiya”, “pedagogik
kompetentlik” singari yangi tushunchalar kirib keldi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “ayni vaqtda ta’lim-tarbiya muassasalarining
moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash muallimlar, professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyatini oshirish
xorijdagi yetakchi oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, oʻquv-tarbiya jarayonlariga zamonaviy
ta’lim va axborot texnologiyalarini, ya’ni oʻquv metodikalarini joriy etish boʻyicha hali koʻplab
dolzarb
vazifa turganini yaxshi anglaymiz va ularning yechimi ustida doimiy ish olib boramiz” [2].
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda eng ilgʻor innovatsion ta’lim texnolgiyalaridan
foydalanish dolzarb ekanligini e’tirof etgan. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar asosida
mashgʻulotlarni tashkillashtirish – bu jahon ta’lim standartlari talablariga mos ravishda dars oʻtish demakdir.
Bugungi kunda dunyo miqyosida globallashuv, integratsiyalashuv va modernizatsiya jarayoni
yosh avlodga
kechagi an’anaviy ta’lim shakllari bilan bilim berish hamda ularni tarbiyalash mumkin emasligini
koʻrsatmoqda.