|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 230/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Muhokamalar va natijalar. Ma’lumki, atamalar tuzilishi jihatdan ikki turli boʻlib, ular sodda va
murakkab soʻz birikmalarga boʻlinadi. Sodda soʻz bitta soʻz - atamdan iborat boʻlsa, murakkab (ibora) soʻz
birikma ikki yoki undan ortiq soʻzlar(otlar)dan tashkil topib, lugʻatda keltirilishi mumkin boʻlgan shakllar
bilan mos keladi.
Komponentlari soniga qarab atama – soʻzlar yoki monoleksem deb atalmish bir soʻzli atamalarga
boʻlinadi. Ularga chiziqcha bilan yozilgan yoki qoʻshib yozilgan murakkab atamalar; soʻz birikmali
atamalar, qoʻshma va koʻp komponentli atamalarni kiritish mumkin. Akademik L.V.Sherba qoʻshma
atamalarni oʻzaro tuzilishi va semantik jihatdan mos kelgan birikmasi, deya ta’riflaydi [1]. Chunki bu
soʻzlarning birikmasi terminologik jihatdan bir tushunchaning ma’nosini berish uchun ishlatiladi. Tilshunos
S.V.Grinevning “atama” soʻziga bergan ta’rifi esa, bizningcha, aniq va ilmiyligi bilan ajralib turadi. Uning
nuqtayi nazaricha, atama - bu ma’lum bir tilning alohida tushunchalar nomini beruvchi (anglatuvchi, atavchi
N.B.dan [5]) maxsus leksik birligidir [2]. Yana bir tilshunosning fikriga koʻra, atama soʻzining ma’nosi
termin soʻzining ma’nosidan kengroq boʻlib, u barcha narsa-hodisalarning nomi, atalishi sifatida tushuniladi.
Termin esa alohida bir sohada qoʻllaniladigan rasmiy soʻzdir (2).
Ayrim tilshunoslar termin soʻzi oʻrnida ba’zan atama soʻzini ishlatish hollarini kuzatish mumkin.
Ammo bu yondashuv bizningcha toʻgʻri emas.
Atama soʻzi termin soʻziga qaraganda tor tushunchani ifodalaydi. Jahon tilshunosligida terminologiya
masalalari hamisha dolzarb boʻlib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lugʻaviy qatlamlaridagi oʻrni va
vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini toʻgʻri anglash imkonini beradi.
N.B.Bakayev, L.U.Xoʻjayevalarning fikriga koʻra atama soʻzi fan va texnika, ishlab chiqarishning har
qanday sohalarida ham muvaffaqiyat bilan ish olib borish uchun mutaxassis oʻsha sohaga tegishli maxsus
leksikani, ya’ni atamani toʻgʻri tushunishi va faoliyatida qoʻllashi zarurligini uqtiradilar [5, 7]. Atamaning
asosiy vazifasi ilmiy tushunchani bir ma’noda aniq ifodalab berishdan iborat. Atama, soʻz ham (fan,
toʻqimagen, kasallik, appenditsit, flyurografiya), soʻz birikmasi ham (koʻkrak qafasi, umurtqa pogʻonasi,
gipertonik kasallik, gigiyena, koʻz kosasi, yelka suyagi, yuqori jagʻ, nerv egati) boʻlishi mumkin. Tibbiy
atamalar kundalik turmushda ishlatiladigan adabiy tildagi soʻzlardan farq qilib, ilmiy va ilmiy texnika
tushunchalarini ifodalaydigan soʻz hamdir. Masalan, biologiya, gistologiya, kordiologiya, farmakologiya,
pulmonologiya - fan nomlari; san’atkor, drama, muzey, madaniy, musiqa, maqom - kabilar madaniyat va
san’atga tegishli; caput - bosh, os - suyak, thorax - koʻkrak, vertebra - umurtqa, corpus - tana, collum -
boʻyin, truncus - gavda, dens - tish kabi atamalar tibbiyotda boʻlsa; fon, leksikologiya, frazeologiya,
metodologiya, fonema, fonologiya, paradigma – tilshunoslikka tegishlidir [5, 7]. Atamashunoslik –
atamalarni oʻrganadigan fan tarmogʻidir.
Ma’lumki, termin – bir muncha murakkab, qadim zamonlardan oʻziga e’tiborni tortib kelayotgan
lingvistik hodisa hisoblanadi. Shuning uchun dunyo tilshunoslari terminlarni har tomonlama puxta oʻrganish,
https://buxdu.uz
|
| |