• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet229/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Termin, ibora, atama – qaysidir fan sohasiga tegishli boʻlib, ma’lum tushuncha ifodalaydigan soʻz 
    yoki soʻz birikma hisoblanadi. Jumladan, tibbiyotdagi an’anaviy va barqaror termin(atama)larni oʻrganish 
    jarayonining jadalligi ularning bir butun terminologik qatorlar tashkil topishini ta’minlaydi, bu esa tibbiy 
    termin(atama)lar taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
    Atamashunoslik va terminshunoslik tilshunoslikning barcha sohalari bilan chambarchas bogʻliq, 
    chunki fanning biror sohasi yoʻqki unda maxsus termin, atama va ibora boʻlamasa. Shuningdek, atama va 
    terminlarning shakllanib qoʻllanilishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. Bu muhim soha rivojiga boʻlgan 
    qiziqishning ortib borishi uning tizimli, funksional va kognitiv nuqtayi nazardan til tizimidagi mavqei bilan 
    bogʻliqdir. Termin va terminologiya dunyo mamlakatlarining tilshunosligida har tomonlama izchil ilmiy 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    164 
    nazariy, ilmiy amaliy oʻrganilayotganligiga qaramay, ularni ma’no xususiyatlari va qoʻllanilishida turli xil 
    fikr-mulohazalarni kuzatish mumkin. Mazkur tahlil ta’lim-tarbiya uchun oʻta muhim sanalib kelinayotgan 
    tibbiy termin, atama va ibora tushunchalarini ma’no nuqtayi nazardan aniqlashga yordam beradi deb 
    oʻylaymiz. Chunki, tibbiy oliygohlarda boshqa fanlar qatori oʻzbek guruhlarida “Lotin tili va tibbiy 
    terminologiya asoslari” rus guruhlarida esa “Латинский язык и основы медицинской терминологии” 
    (ayrim mualliflar, hatto “Lotin tili” deb ham notoʻgʻri ataganlar) fani oʻqitiladi. Bu yerda faning 
    nomlanishiga Davlat tili nuqtayi nazaridan, albatta, e’tibor berishga toʻgʻri keladi. 
    Chunki mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili Oʻzbek tili ekanligini unitmaslik darkor. 
    Oʻzbek guruhlari uchun “Lotin tili va tibbiy atamashunoslik asoslari” nomi bilan darslik va oʻquv 
    qoʻllanmalar yaratish shart va dolzarbligini inobatga olish payti allaqachon kelganligini hisobga olish kerak. 
    Bu faxr va iftixordir. 
    Tibbiy oliygohlarda kasbiy tilni oʻqitish, ta’lim-tarbiya jarayonida ayniqsa, oʻzbek guruhlarida, 
    oʻqituvchilar “tibbiy atama” soʻz birikmasini har doim qoʻllab, “tibbiy termin” iborasini amaliy 
    mashgʻulot jarayonlarida qoʻllanilishini oʻylab koʻrish kerakligining vaqti keldi deb oʻylaymiz. Bu 
    tushunchalar oʻrtasidagi farqni ilmiy tahliliy oʻrganib, aniqlashga harakat qilib koʻrmoqchmiz. Buning uchun 
    termin, atamalar xususida tilshunos tadqiqotchilarning ta’riflarida bayon etilgan fikr-mulohazalarga toʻxtalib 
    oʻtishni ma’qul koʻrdik.
    Biz tahliliy oʻrganmoqchi boʻlgan termin soʻzi ham tilshunos olimlar tomonidan har xil ta’riflanib, 
    bisyor tadqiqotlarda termin soʻzi lotincha terminus soʻzidan kelib chiqqanligi aytiladi, bu haqiqat. Ayrim 
    qarashlarda esa termin soʻzi atama soʻzi bilan ma’nodоsh (sinonim) deydiganlar ham yoʻq emas [2 ]. 
    Bizning nuqtayi nazarimizcha, bu fikr munozarali va bahsli deb aytishga toʻgʻri keladi. Leksik xususiyatiga 
    koʻra terminlar asosan bir ma’noli boʻlib, ammo tilda koʻp ma’nolilari ham uchraydi, bu holat odatda badiiy 
    adabiyotda kuzatiladi. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish