|
Key words: New Uzbekistan, term, phrase, term, terminology, medical term, professional language,
vocabulary, opinion, teaching Pdf ko'rish
|
bet | 228/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: New Uzbekistan, term, phrase, term, terminology, medical term, professional language,
vocabulary, opinion, teaching.
Kirish. Ma’lumki, til ijtimoiy hodisa boʻlib, u oʻziga tegishli millat (xalq)ning hayoti, faoliyati bilan
chambarchas bogʻliq holda toʻxtovsiz rivojlanadi va boyib boradi. Shuning uchun ham, jamiyatda boʻladigan
har qanday oʻzgarish avvalo tilda oʻz aksini topadi. Tilda boʻladigan oʻzgarishlarni tartibga solish, umuman,
til taraqqiyotini toʻgʻri yoʻlda boʻlishini ta’minlash, albatta, umumiy tilshunoslik fani oldidagi muhim
vazifalardan hisoblanadi. Chunki til jamiyatning qay darajada taraqqiy etayotganini bildiruvchi oʻziga xos
koʻzgu hisoblanadi. Shuningdek, xalqning millat darajasiga koʻtarilishida, shu millatni tashkil etuvchi
kishilarning orzu-havaslari yoʻlida birlashishlarida, shubhasiz, tilning roli katta ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz tarixida buyuk maqsadlarni koʻzlab oʻzbek tiliga Yangi Oʻzbekiston - nihoyatda
sermazmun goʻzal ibora (atama, termin) kirib keldi. Bu istiloh yillar va davrlar davomida vujudga keladigan
xulosalarga koʻra haqqoniy ma’no mansabiga ega boʻladi. Chunki “Yangi Oʻzbekiston” iborasi siyosiy,
ijtimoiy jihatlardan, davlat daxlsizligi, xalq erk-u huquqi, ilm-fan, milliy madaniyat, diniy hurriyat kabi oʻta
muhim hayotiy masalalarning yechimini haqiqiy isbotini talab qiladi. Ushbu ibora (atama) mazmunini
roʻyobga chiqarish uchun bizda barcha imkoniyatlar tibbiyot oliygohlarida lotin kasbiy tilini har tomonlama
puxta oʻrganayotgan talaba-oʻquvchilarga ham mavjud. Demak, har qanday maqsad, ehtiyoj va najot, avvalo
oʻz ifodasini tilda topadi.
Asosiy qism. Yurtimizda tilshunoslik jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda termin,
atama va iboralarni oʻrganish ham, jumladan tibbiy termin, atama va iboralarni, yangi bоsqichga
koʻtarilganligi sir emas.Termin, atama va iboralar yasash usullari (metodlari), samarasi, shuningdek, adabiy
til normalariga mos kelishi, kelmasligi va ularni kasbiy lotin tili (tibbiyot)da ishlatilishi borasida ilmiy
izlanishlar respublikamiz terminshunoslik va atamashunoslik rivojiga keng yoʻl ochdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: New Uzbekistan, term, phrase, term, terminology, medical term, professional language,
vocabulary, opinion, teaching
|