, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
169 
maqsadga erishish koʻnikmalariga ega boʻlgan, olgan bilim va koʻnikmalarni amaliy faoliyat uchun 
qoʻllashga yoʻnaltira oladigan, faol, izchil shakllangan, kompetentli mutaxassisni tayyorlashda eʼtiborni 
mustaqil taʼlimni faol tashkil qilishga qaratishni bosh mezon darajasiga olib chiqishni koʻndalang 
qoʻymoqda. 
Bundan 
tashqari, 
zamonaviy 
sharoitlarda, 
kompyuter 
va 
telekommunikatsiya 
texnologiyalarining keng joriy etilishi natijasida oʻquv jarayonini tashkil qilish boʻyicha yondashuvlarda 
kardinal oʻzgarishlar qilinmoqda. 
Taʼlim jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirish, rivojlangan xorijiy tajribalar asosida 
modernizatsiyalash va uning samaradorligini taʼminlashda oʻquvchilarning mustaqil faoliyatini tashkil etish 
muhim ahamiyatga ega. 
Oʻquvchilarning mustaqil taʼlim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ijodiy faoliyatga yoʻllash, 
kasbiy kompetentligini shakllantirish uzluksiz taʼlim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Buyuk rus matematigi S.V.Kovalevskaya aytganidek “Matematika fanini birovlarning misol–masala 
yechishini kuzatib emas, balki oʻzing yechib oʻrganishing mumkin”. Zero, bir necha yillar oldin aytilgan bu 
fikr hozir ham dolzarbdir. Chunki talaba yoki oʻquvchi oʻz ustida qancha koʻp mustaqil ishlasa, uning bilim 
darajasi shuncha oshib boraveradi.
Mustaqillik, initsiativa, ijodkorlik, maqsadga intiluvchanlik - bu insonning mustaqil fikrini 
shakllantirish uchun , hozirda va kelajakda hayotiy muhim muammolar boʻyicha mustaqil yechimlar, 
qarorlar qabul qilishni takomillashtirish, rivojlantirish uchun zarur hisoblangan zamonaviy inson shaxsining 
muhim sifatlari hisoblanadi. Hozirgi sharoitda ijodiy faollik va mustaqillik zamonaviy mutaxassis uchun 
xarakterli hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishini bilimlarni oʻzlashtirishning oddiy biror usuli deb 
qaramaslik kerak, aksincha, oliy taʼlim muassasasi faoliyatining birdan bir asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. 
Mustaqil taʼlim yagona oʻquv jarayonining zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki u oʻquv jarayoni 
tomonidan tashkil qilinadi, maqsadli yoʻnaltiriladi, reglamentlar qoʻyiladi va nazorat qilinadi. Shu boisdan 
ham talabaning mustaqil ishini tashkil qilish, ayniqsa, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 
rivojlanib borayotgan sharoitida, taʼlim sifatini oshirishning birdan bir prioritetli va samarali yoʻnalishlardan 
bittasidir. Maʼlumki faol bilim olish va ilmiy izlanish faoliyati mustaqil izlanishlarning barcha turlaridan 
unumli foydalanishni talab qiladi. Talabaning mustaqil ishi oʻquv jarayonining barcha shakllarida namoyon 
boʻlmogʼi zarur. Talabaning mustaqil ishining asosiy maqsadi – oʻqituvchining rahbarligi va nazorati ostida 
talabada muayyan oʻquv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni 
shakllantirish va rivojlantirishdir. Tabiiyki, talabaning mustaqil ishiga rahbarlik qilish va tashkil qilishning 
asosiy prinsiplarini koʻrib chiqqanda juda katta eʼtiborni talabada oʻquv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil 
ishlashning mustahkam koʻnikmasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratish darkor. Internet muhitida 
berilgan topshiriq boʻyicha kerakli axborotni izlash talabada axborotni zaruriyligini anglab yetish, tahlil 
qilish, undan kerali maʼlumotlarni sintez qilish va natijaviy axborotlarni izlanishlar olib borish uchun qoʻllay 
bilish koʻnikmalar hamda fanlar boʻyicha topshiriqlarni, oʻquv-ilmiy izlanishlarni, ilmiy izlanishlarni 
mustaqil tarzda olib borish va nazorat qilish boʻyicha tajribalar, metodikalar shakllanadi. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish