|
Key words: applied mathematics, interactive education, increasing the participation, initiatives,
increasing the efficiency Pdf ko'rish
|
bet | 235/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: applied mathematics, interactive education, increasing the participation, initiatives,
increasing the efficiency.
Kirish. Sharq donishmandlari aytganidek: “Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilmdir, eng katta
meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir.” Shu sababli hammamiz zamonaviy
bilimlarni oʻzlashtirib, ilm-maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlmoqlik uzluksiz hayotimiz ehtiyojiga
aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar, zamonaviy axborot texnologiyalarini
egallashimiz shart va zarur. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Zero,
bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Asosiy qism. Har bir oʻquvchining nuqtayi nazarida uning hayotga boʻlgan qatʼiy munosabati
ifodalanadi. Oʻquvchi oʻzining hayotiy nuqtayi nazarlarini mustaqil tarzda egallagan bilimlari va toʻplagan
tajribalari zaminida tarkib toptiradi. Har bir oʻquvchining nuqtayi nazari qanday tarkib topganligini, uning
mazmun-mohiyati yaqqol namoyon qiladi. Oʻquvchilar oʻz nuqtayi nazarlarini oʻzlarini oʻrab turgan borliq
asosida shakllantiradilar. Аynan bir xildagi kishilar mavjud boʻlmaganidek, oʻzaro bir xilda teng keladigan
nuqtayi nazar ham mavjud emas. Buni muayyan bir masalaga oid fikrlarning turli-tumanligidan ham bilish
mumkin. Har bir nuqtayi nazar oʻziga xos individual xarakterga ega.
Hozirgi zamonaviy oʻqitish tendensiyasida juda katta eʼtibor talabaning oʻqituvchi nazoratida mustaqil
ishlarini samaradorligini, mahsuldorligini, ilmiy-amaliy salohiyatini va boshqa shu kabi omillarini oshirishga
qaratilgandir. Yildan yilga mutaxassislik oʻquv rejasidagi fanlarni oʻqitishning tarkibiy qismida oʻqituvchi
rahbarligidagi mustaqil taʼlimga ajratilayotgan soatlar miqdori ayrim fanlar uchun ajratilgan soatlar
miqdorining 50-80%ni tashkil qilmoqda. Bu esa tabiiy, chunki hozirgiday axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining bunday tezkorlik bilan rivojlanayotgan davrida mustaqil taʼlimni tashkil qilishga juda
katta eʼtibor qaratilmoqda. Eʼtiborli tomoni shundaki, axborotli jamiyatning rivojlanishi oliy taʼlim
muassasalari oldiga zamon talablariga mos keladigan kasbiy faoliyat mutaxassislarini tayyorlashda nafaqat
oʻz mutaxassisligini yaxshi biladigan, oʻzlashtirgan mutaxassisni emas, balki, eng muhimi shundan iboratki,
ilmiy salohiyatli, mustaqil fikr yurita oladigan, oʻzining kasbiy salohiyatini baholay oladigan, mustaqil tarzda
https://buxdu.uz
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Key words: applied mathematics, interactive education, increasing the participation, initiatives,
increasing the efficiency
|