, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
165 
uni ta’riflashga, funksional xususiyatlarini chuqurroq oʻrganishga anchagina ijobiy harakat qilingan. Deyarli 
hamma mamlakatlarda termin va atamalarni ilmiy, ilmiy-amaliy oʻrganish maqsadida maxsus, jumladan
tibbiy terminologiya va atamashunoslikni ham, markazlarning faoliyat koʻrsatib kelayotganligi fikrimizning 
dalilidir. Tadqiqot natijalarida ta’kidlanishicha termin ham boshqa lisoniy hodisalar kabi turlicha ta’riflanib 
tavsiflangan. Bu koʻrsatkich natijalarni kuzatar ekanmiz, ularning koʻpincha ilmiy va didaktik manbalarda 
aynan bir xil belgilanganlgini koʻrish mumkin [2, 3, 5]. 
Nazariy tilshunoslikda ta’kidlanishicha, termin - kognitiv vazifa bajaruvchi birlik. Ushbu vazifani davr 
talablari darajasida bajarish terminni notermindan farqlovchi asosiy xususiyatlarni aniqlashni taqozo etadi. 
Bu xususiyatlar mazmunan tushunarlilik, bir ma’nolilik, fan (tibbiyotning) va ishlab chiqarishning muayyan 
sohasi bilan bogʻliqlik, ma’nodoshlikning boʻlmasligi haqiqatdir. 
Koʻplab olib borilgan ilmiy, ilmiy-amaliy tadqiqotlarning natijalariga qaramasdan, ayta olamizki, 
termin hamon hammaga birdek manzur boʻlarli darajada ta’riflangan emas. Bu koʻrsatkich terminni soʻz 
yoki soʻz birikmasi tarzida tushunish bilan belgilanadi [N.B.ning fikriga koʻra].
Termin mazmunan soʻzdan farq qilmaydi. Ammo terminning mazmuniy ma’lum sohada chegaralari 
belgilaydigan denotatsiya maydonining cheklanganligi bilan farqlanadi. Mazmuniy tuzilishning signifikativ 
komponenti termin yordamida ifodalanadigan maxsus tushuncha aks ettiriladigan kognitiv-axborot qolipidan 
iborat.
Tibbiyotda terminning asosiy vazifasi (lotincha terminus - chegara ) ilmiy tushunchani (bu ham atama 
singari ammo faqat rus tilida) real bir ma’noda aniq ifodalab bera olishdir[2]. Termin ham soʻz (cellula - 
kletka, costa - pebro, cranium - cherep, sternum - grudina, musculus - mishtsa, vena - vena), ham soʻz 
birikmasi tarzida (cerebrum - bolshoy golovnoy mozg, premolaris - maliy korennoy zub, fellea - jolchniy 
puzir, urinaria - mochevoy puzir ) boʻla oladi.
Xulosa. Qissadan hissa shuki, har narsani ham turmushda, hayotda va inson faoliyatida oʻz oʻrni 
boʻlganidek, tibbiy termin, atama va iboralarning ham oʻqitishda, oʻrgatishda, ta’lim-tarbiyada hamda 
oʻrganilgan termin, atamalarni shifokorlik faoliyatida farqlab qoʻllay olishda va yuqorida bayon etilgan 
ilmiy-amaliy xulosalarni “Lotin tili va tibbiy atamashunoslik asoslari” fanini amaliy oʻrganish jarayonlarida, 
albatta, inobatga olish joiz deb oʻylaymiz.
Oʻrni kelganda haqiqatni aytish joizki, mamlakatimiz tibbiy oliygohlarining birinchi bosqich oʻzbek 
guruhlari talabalari uchun chop etilayotgan kasbiy til darsligi va oʻquv qoʻllanmani nomlashda 
“atamashunoslik” va “terminologiya” soʻzlarni ishlatishga e’tibor berilsa, ya’ni “Lotin tili va tibbiy 
atamashunoslik asoslari” deb, rus guruhlari talabalari uchun “Латинский язык и основы медицинской 
терминологии” - nomlansa nur ustiga a’lo nur boʻlar edi. 
Adabiyotlar 
1. Шерба Л.В. Опит обшей теории лексикографии. -Л., 1974.
2. Гринев С.В. Введение в терминоведение. –М.: “Московский литсей”, 1993. 
3. Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1-jild.// A. Madvaliyev tahriri ostida. -T.: “Oʻzbekiston milliy 
ensiklopediyasi”, 2006. –b. 73-74. 
4. Василева Н.Б. Термин / Лингвистический энтсиклопедический словар. -М.: “Советская 
энтсиклопедия”, 1990. 
5. Bakayev N.B., Toxirova G.I. Hozirgi zamon fransuz tili leksikologiyasi. -Buxoro, 2007. 
6. Bakayev N.B. Lotin tili va tibbiy terminologiya. –Buxoro, 2020. 
7. Xoʻjayeva L.U. Lotin tili. –Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 
2005. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish