“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
170 
asosiy prinsiplarini koʻrib chiqqanda juda katta eʼtiborni talabada oʻquv va ilmiy adabiyotlar ustida mustaqil 
ishlashning mustahkam koʻnikmasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratish darkor. Maʼruza va amaliy 
mashgʼulotlarida talabalar bilimini nazorat qilish har bir mavzu boʻyicha olib boriladi. Maʼruza materiallari 
boʻyicha nazorat mantiqiy tugallangan mavzular, hamda mustaqil oʻzlashtirish uchun berilgan topshiriqlar 
asosida olib boriladi. Bilim olishda mustaqil faoliyat yuritish koʻnikmasining shakllanishi talabalarda 
oʻzining bilimini uzliksiz tarzda, faol, tizimli tarzda toʻldirib borish, takomillashtirishning psixologik 
ustqurmasini ishlab chiqaradi va oʻzining oʻquv va keyinchalik kasbiy faoliyatida oʻzini oʻzi tashkil 
qilishning zaruriy shartlarini hosil qiladi. Demak, talabaning bilim olishiga shaxsiy maʼno bermak zarur, 
bilim olishning ichki motivatsiyasini kuchaytirish, oʻzini oʻzi tashkil qilish va oʻzini oʻzi oʻqitish 
koʻnikmasini rivojlantirish hisobiga talabaning ijodiy potentsialini ragʼbatlantirib (moddiy va maʼnaviy) 
bormoq zarur. Shu boisdan ham mustaqil ish oʻquv jarayonining barcha shakllarida boʻlishi zarur. Masalan, 
“Аmaliy matematika” fanida talabaning bilimini aniqlash boʻyicha turli koʻrinishdagi bosqichma-bosqich 
nazoratlar qoʻllaniladi. Bular, asosan, boshlangʼich bilimni aniqlash, oraliq nazorat, yakuniy nazorat 
mashgʼulotlardagi tezkor soʻrovlar, maʼruza materiallari boʻyicha semestr davomida 4-5 marta nazariy 
soʻrovlar, mustaqil ishlash topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilishda “Aylana stol” (bahs munozara, 
debatlar), “Aqliy hujum” (breynstorm, aqliy hujum), “Ishbilarmon va rolli oʻyinlar”, “Case-study” (aniq 
vaziyatni tahlil etish, vaziyatli tahlil) metodlari orqali mustaqil taʼlimlarni tashkil etish maqsadga muvafiq. 
“Case-study” usulida bahs-munozara markaziy oʻrinni egallaydi. Undan, odatda, talabalar yetarli darajada 
bilim olgan va mustaqil fikrlashga erishgan, oʻzlarining fikrlarini asoslaydigan, isbotlay oladigan paytlarida 
foydalanish maqsadga muvofiq [1, 3, 6, 7]. 
Xulosa. Mustaqil taʼlim olish jarayonini talaba oʻzida kasbiy faoliyatning, chunonchi, matematika 
boʻyicha puxta, chuqur bilimning shakllanishidagi muhim elementlardan biri deb tushunmogʼi zarur. 
Matematika boshqa tabiiy fanlardan shu bilan farq qiladiki, u real olamni, atrofimizdagi obyekt va 
jarayonlarni abstraktlashtirilgan holda oʻrganadi va shu sababli uning natijalari umumiy xarakterga ega. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish