“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
172
ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy oʻrta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini
tanlashda innovatsiya
texnologiyalarga tayanish;
pedagogik tafakkurda qaror topgan an’anaviy qarashlar bilan “Ta’lim toʻgʻrisida” qonunlarida
ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
ilgʻor demokratik xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash
tajribalaridan milliy
xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Bizga ma’lumki, har qanday davlat oʻzining savodxonlik va kompetentlik tushunchalari doirasida oʻz
qarashlariga ega. Jumladan, matematik savodxonlik nuqtayi nazardan koʻpgina
rivojlangan mamlakatlar
raqamli texnologiyalarning jamiyatga chuqur kirib borishi matematik savodxonlik va kompetenlikni tubdan
oʻzgarishga sabab boʻlib bormoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PF-5712-sonli
Farmonining 3-bob, 8-bandida Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish maqsadida oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi
fanlardan savodxonlik
darajasini baholashga yoʻnaltirilgan PISA (The Programme for International Student Assessment)
umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish boʻyicha muhim vazifalar
belgilab berildi.