|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 242/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Asosiy qism. PISA (The Programme for International Student Assessment) – matematik va tabiiy
fanlardan olgan bilimlarini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro baholash tizimi boʻlib, ushbu tizimda
belgilangan mezonlar, ma’lum bir belganlangan yoshdagi oʻquvchilarning matematik va tabiiy fanlardan
olgan nazariy bilim va koʻnikmalarini real hayotda qoʻllash samaradorligini aniqlashga qaratilgan.
PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash tizimining quyidagi
xususiyatlari mavjud:
ushbu tadqiqot keng qamrovli boʻlib, rivojlangan mamlakatlar orasida oʻtkazib kelinmoqda va qamrov
darajasi ortib bormoqda;
mazkur tadqiqot umumta’lim tizimi sohasida mamlakatlarning ta’lim sohasiga baho beradigan keng
qamrovli monitoring tadqiqotlardan biri hisoblanadi;
ushbu tadqiqotda umumta’lim muassasalarining 15-16 yoshli oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladi;
oʻquvchilarning hayotiy vaziyatlarda duch keladigan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan
mezonlarga asoslanadi;
ushbu xalqaro tadqiqotning ishtirokchi mamlakatlarining umumta’lim tizimidagi umumiy jihatlari va
xususiyatlari haqida ma’lumot olish imkoniyatiga ega boʻlish.
Yuqorida keltirilgan vazifalar va ma’lumotlardan kelib chiqib, hozirgi vaqtda mamlakatimizda PISA
(The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash tizimi asosida ta’lim jarayonini
tashkil qilish va matematika fanidan yaratilgan darsliklarning mazmuni ushbu tizimga mos keladimi? degan
savolga javob izlash maqsadida fikrlarimizni bayon qilamiz.
PISA (The Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash tizimi asosida
topshiriqlar tuzishda 4 ta asosiy omillarga e’tibor qaratiladi.
Shaxsiy omil - bunday mazmundagi topshiriqlar oʻquvchining turmush hayoti bilan bogʻlangan
ijtimoiy xarakterga ega boʻladi. Bunday topshiriqlarni tuzishda oʻquvchining ijtimoiy muhitda duch
keladigan kundalik mashgʻulotlaridagi vaziyatlar e’tiborga olinadi.
Kasbiy omil - bunday mazmundagi topshiriqlar oʻquvchining oiladagi yaqinlari (ota-ona va yaqin
qarindoshlar) kasbiy faoliyatidan, roʻzgʻordagi yumushlardan, savdo va pul munosabatlaridan kelib chiqib
ishlab chiqiladi.
|
| |