|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 224/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
160
- har ikkala subyektning ham refleksiv jarayondagi faolligining namoyon boʻlishi, oʻzini-oʻzi tahlil
qilishi, oʻzini-oʻzi baholash.
Pedagogik jarayonda namoyon boʻladigan novatsiya va innovatsiyalar evaziga ta’lim-tarbiya
samaradorligi oshib boradi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan tub islohotlar jamiyatda oʻziga
xos ijmoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish yoʻlini tanlab olinishi, shuningdek, 08.10.2019-yildagi PF-5847
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlanish konsepsiyasini tasdiqlash
toʻgʻrisida”gi Farmonda uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishi koʻrsatilgan.
Ushbu yoʻnalishida amalga oshiriladigan yana bir muhim vazifalardan biri bugungi mutaxassisning
ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros,
shuningdek, milliy qadriyatlarni ega boʻlib, ularni yosh avlodga yetkazish vazifasi turubdi. Bugungi
oʻqituvchining kompetentligini (qobiliyati), uning burchi (deontologiya) yosh avlod tarbiyasi talablarini
qondirmoqdami? Biz, xorijiy til oʻqituvchilari, deontologik kompetentligi asosida ular ular faoliyatini tahlil
qilib quyidagilarni tavsiya etamiz: - oʻqituvchi “Deontologiya” soʻzining ma’nosini anglab, deontos – shart,
burch, logos – ta’limot” degan ma’nolarni anglatib, ingliz faylasufi J.Bentam tomonidan ta’lim jarayoniga
tavsiya qilingan [5]. Demak, bugungi oʻqituvchi oʻz kasbini hurmat qilishi, oʻzining oʻquvchi oldidagi,
jamiyat oldidagi burchini his etishi va oʻquvchilarga zamonaviy bilim berishi zarur.
Oʻqituvchining yuksak madaniyati uning teran bilim doirasi oʻzbek xalqining madaniyati, urf-odatini
mukammal bilgan holda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil qilishi muhimdir. Pedagogik odobga ega boʻlgan
mutaxassis ta’lim jarayonida sogʻlom muhit yarata oladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ushbu maqolada
bugungi zamon talablariga javob bera oladigan xorijiy til oʻqituvchilaridan ta’lim jarayonida quyidagi
qobiliyat turlariga e’tibor berish talab etiladi [4]:
- bilish qobiliyati;
- tushuntira olish qobiliyati;
- kuzatuvchanlik qobiliyati;
- nutq qobiliyati;
- tashkilotchilik qobiliyati;
- obroʻ orttira olish qobiliyati;
- togʻri muomala qilish qobiliyati;
- diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
Bugungi xorijiy til oʻqituvchilari kompetentligi (competence) qobiliyati koʻproq til boʻyicha
kompetensiyaga (bilimga) va kommunikativ kompetentlikni yuqori boʻlishni talab etadi. Turli innovatsion
pedagogik texnologiyalar asosida xorijiy til oʻqituvchilarida quyidagi kompetensiyalari shakllanadi.
A.E.Kenjaboyevning ilmiy pedagogik maqolalarida ta’kidlanganishicha quyidagicha kompetensiya turlariga
e’tibor qaratiladi:
1. Lingvistik kompetensiya – tilga oid ya’ni fonetika, leksika, grammatika haqidagi hamda nutq
faoliyat turlari (tinglash, gapirish, oʻqish, yozish) boʻyicha koʻnikmalarni egallashi lozim.
2. Sotsiolingvistik kompetensiya – bu soʻzlovchining bir-biri bilan kommunikativ maqsad va xohish
istagidan kelib chiqib, urf-odatlar, marosimlar haqida va til oʻrganiladigan davlat madaniyati haqida qiyosiy
suhbatlar tashkilq qilish koʻzda tutiladi.
3. Pragmatik kompetensiya – oʻrganiladigan xorijiy tilda kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar
paydo boʻlganda murakkab vaziyatlardan chiqib ketish qobiliyati nazarda tutiladi [4].
Yuqoridagi kompetensiya (bilim)larga ega oʻqituvchida oʻqituvchiga xos pedagogik kompetentlik
shakllanadi.
|
| |