“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
162
- muammoli savollarning yechimini topishga undash;
- oʻrganuvchilarni guruhlar bilan ishlashga jalb etish;
- oʻrganuvchilarning faolligini ta’minlash [6].
Veb-kvest texnolgiyasi orqali tilni oʻrganish bilan birga bugungi kunda zamonaviy ta’lim talablaridan
biri - axborot kommunikatsiya, ya’ni multimediali oʻqitish vositalaridan keng foydalanishga erishildi.
Xulosa. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimiz fuqarolariga ilm olish huquqi va buning
uchun zarur sharoitlar yaratishni kafolatlaydi. Davlatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
rahnamoligida
bugungi ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shunday ekan,
biz bugungi pedagoglar,
ayniqsa, xorijiy til oʻqituvchilari oʻzlarining deontologik kompetentligiga asoslanib, yoshlarga ta’lim-tarbiya
berishda mas’uliyatni
his etib, oʻz burchimizni fidoyilik bilan bajarishimiz lozim.
Bugungi xorijiy til
oʻqituvchilarining pedagogik vazifalari quyidagilardan iborat:
- oʻquvchilarning oʻquv faoliyatini yuqori saviyada tashkil etish;
- oʻquv materalini tizimli va ilmiy asosda bayon etish;
- oʻquvchilarda fanga nisbatan ijodiy motiv va qiziqishni uygʻotish;
- zamonaviy axborot texnologiyalar va innovatsion pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish;
- kasbiy mahoratni uzluksiz oshirib borish;
Yuqoridagi sifatlarni oʻzida mujassamlashtirilgan xorijiy til oʻqituvchisi
shaxsida oliyjanoblik,
aqliy
qobiliyat va boshqa insoniy sifatlar mavjud boʻlsagina, yuksak kompetentli zamonaviy xorijiy tillar boʻyicha
oʻqituvchilarni tayyorlashga erishamiz.