2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
161
etishni yengillashtirishga qartilgan ta’lim olishning instrumentlar spektrini tavsiya etishdan iborat boʻlib, bir
darsning oʻzida oʻqitishning shakl, metod, vositalari hamda koʻrinishlarini oʻzgartirib turish oʻquvchi
(talaba)ni charchatmaydi va oʻqishga boʻlgan motivatsiyalarini kuchaytiradi. Shuningdek,
u muayyan vaqt
ichida trenerning talabalar yakka tarzda ta’lim berish elementlarini elektron ta’lim dasturlari bilan bogʻlagan
oʻqitish jarayonidir. Ya’ni blended learning – bu aralash tashkil etilgan oʻquv kursi boʻlib, ta’lim jarayoning
tezligini va intensivligini oʻquvchi (talaba)ni oʻzi belgilaydi. Ta’lim olishning yoʻllarini toʻgʻri belgilashda
“blended learning”da hal etuvchi rol oʻynaydi hamda ta’lim jarayoni natijasiga bevosita ta’sirini koʻrsatadi.
Aralash ta’lim Yevropa ta’lim modellarining quyidagi elementlarini oʻz ichiga oladi:
- masofaviy oʻqitish – distance learning;
- auditoriyada (sinfda) oʻqitish – face to face learning;
- internet orqali oʻqitish – online learning.
“Blended learning” ta’lim texnologiyasi modellari:
- uzluksiz oʻqitish – lifelong learning;
- drayver kunduzgi ta’lim;
-
onlayn laboratoriya;
- drayver online ta’limi. Drayver (ingl.) kompyuterning dasturi boʻlib, uning yordamida operativ tizim
muayyan qurulmalarni apparatlar bilan ta’minlaydi.
Bugungi kunda “blended learning” ta’limi deganda kunduzgi an’anaviy ta’lim bilan masofaviy
oʻqitish elementlarining aralashi ham tushunilmoqda. Bunda oʻqituvchi ta’limning markazida qoladi va
internet imkoniyatlaridan keng foydalaniladi [6].
Bugungi kunda oʻqituvchining asosiy vazifasi boʻlajak mutaxassisga zamonaviy
bilim berish bilan
chegaralanib qolmaydi, balki ushbu mutaxassis oʻzlashtirgan bilim, malaka va koʻnikmalarni amaliy
faoliyatda, maktablarda yoki oliy ta’lim tizimida Web-quest (Veb-kvest) texnologiyasi muhim rol oʻynaydi.
Veb-kvest texnologiyasini Bernie Dodge 1995-yilda San diegodagi davlat universitetida oʻrgatilayotgan
oʻquv kurslarida foydalanish uchun yaratdi. Keyinchalik Tom March veb-kvest
texnologiyasini pedagogik
jihatdan yanada takomillashtirdi.
Veb-kvest – “oʻquvchilar bilan oʻzaro ta’limga tegishli boʻlgan axborot materiallarini internet
resurslar orqali turli xil savol-javob tarzidagi mashqlarga yoʻnaltiligan faoliyatdir” [7].
Veb-kvest didaktik xarakterdagi zamonaviy ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Masalan ingliz tilidan
ta’lim jarayonida veb-kvestlardan foydalanish quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi:
- oʻrganiladigan materialning autentik muvaffaqiyati ta’minlanadi;
- talabada mustaqil va erkin fikrlash, qatror qabul qilish malaka va koʻnikmalari shakllanadi;
- talabalarda oʻz ustida ishlash jarayonida ijodkorlik faoliyati, bilish
faolligi rivojlanadi;
- guruh jamoasi, internet tizimi hamda AKT, OAV va oʻqituvchining oʻzaro hamkorlik malakalari,
kommunikativ kompetentligi rivojlanib boradi;
- fanni oʻrganishga motivatsiya kuchayadi, internet resurslaridan oqilona maqsadli foydalanish malaka
va koʻnikmalari shakllanib boradi;
- ingliz
tilida fikrlash, gapirish, tushunish, eshitish qobiliyati rivojlanadi.
Ingliz tilidagi ommabop,
badiiy, maxsus metodik adabiyotlarni xatosiz oʻqish, hikoya qilish, internet manbalari asosida toʻldirish
imkoniyatiga ega boʻladi, lingvodidaktik, sotsiolingvistik bilim darajasi oʻsib boradi;
Shuningdek, veb-kvest innovatsion texnologiya 6 ta bosqichdan iborat boʻlib, ular quyidagilar: