|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 218/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
156
D.Garrison va J.Arbaughlarning ta’kidlashicha, kognitiv mavjudlik talabalarning onlayn kursdagi kashf etish
bosqichi (exploration stage)dan integratsiya bosqichiga (integration stage) va keyin oʻzlashtirilgan bilimlarni
real hayotda qoʻllash (application)ga oʻtishlarini anglatadi [6]. Onlayn ta’limda topshiriqlarni bajarish va
muhokamalarda faol ishtirok etish talaba va oʻqituvchining onlayn ta’lim jarayonida kognitiv mavjudligini
belgilaydi.
Ijtimoiy mavjudlik esa oʻqituvchi va talabalarning faol ishtiroki hisoblanib, his-tuygʻu va fikr-
mulohazalarni erkin ifodalash, ochiq muloqot va guruhning birlagalikda faol muhokamalar olib borishi
hisoblanadi. L.Vygotskiyning konstriktivizm, ijtimoiy faoliyat orqali ta’lim jarayonini tashkil etish
nazariyasiga asoslanib [23], oʻqituvchi va talabalar oʻrtasidagi oʻzaro muloqot va munosabatlar oʻquv
jarayonini samarali tashkil etishning muhim qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda mavjud texnologiyalar ushbu
oʻzaro interaksiyasini osonlashtiradi va ikkala tomonning (oʻqituvchi va talaba) onlayn muhitda ijtimoiy
mavjudligini ta’minlab beradi.
Oʻqitishning mavjudligi bu oʻquv materiallari va instruksiya dizaynini ishlab chiqilishi, talabalarga
asinxron ta’lim bilan birgalikda sinxron ravishda ham ta’lim berish. Shu bilan birgalikda onlayn taqdimotlar,
topshiriqlar yaratishdir [7]. R.Senior ta’kidlab oʻtganidek, oʻqitishning mavjudligi uch komponentdan iborat:
1) ta’lim dizayni (instructional design) va uni tashkil etish; 2) ma’ruza yoki nutqni toʻgʻri va mazmunli
tashkil etish, yoʻlga qoʻyish; 3) toʻgʻridan-toʻgʻri oʻqitish. Oʻqituvchilarning oʻz darslarini dizayn qilish
(loyihalash) va ta’lim jarayonini tashkil etish usullari talabalarni onlayn sinfda oʻqituvchining muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz sifatida qabul qilishlariga ta’sir qiladi [21]. Z.Akyol va D.Garrisonning fikriga koʻra,
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uchta component muvozanatlashgan muhitdagina mazmunli va samarali ta’lim
jarayonini tashkil etish mumkin [1].
A.Pichchiano
tadqiqotlar
hamjamiyati
nazariyasi
munozaralar,
bloglar,
wikilar
va
videokonferensiyalardan foydalangan holda talabalar va professor-oʻqituvchilar oʻrtasida yuqori darajada
interaktiv onlayn kurslar uchun eng koʻp foydalaniladigan nazariyalardan biriga aylanganini ta’kidlab oʻtadi
[17].
A.Rovai hamkorlikdagi ta’lim muhiti ma’nosida hamjamiyat (community) nima ekanligiga
quyidagicha izoh beradi: “Tadqiqotlar hamjamiyati guruh a’zolari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, interaktivlik,
a’zolar oʻrtasidagi oʻzaro ishonch, umumiy maqsad va umidlar hamda umumiy qadriyatlar va e’tiqodlardir”
(42-bet) [18].
Z.Akyol va D.Garrisonlarning fikriga koʻra, ushbu nazariya samarali onlayn ta’lim muhiti yaratish
uchun tuzilgan koʻrsatmalar va tamoyillarni oʻz ichiga qamrab oladi [1]. B.Rubin, R.Fernandes va
M.Avgerino ularning ham yuqoridagi fikrga qoʻshilgan holda samarali onlayn ta’limni tashkil etish bu bilim
va koʻnikmalarni rivojlantirish maqsadida talabalar, oʻqituvchilar va oʻquv materiallarini oʻzaro bir-biri bilan
interaksiyaga kirishishi uchun imkon yaratadigan “Tadqiqotlar hamjamiyatini” yaratish bilan belgilanadi
degan xulosaga kelishadi [19].
Qisqacha qilib aytganda, tadqiqotlar hamjamiyati (CoI) nazariyasi onlayn ta’limda oʻrganuvchilar
yangi bilimlarni birgalikda oʻzlashtirishi va mavjud bilimlarini rivojlantirishlari uchun bir-birlariga muhtoj
ekanligini koʻrsatib beruvchi nazariyadir. Shuning uchun bu nazariya konstruktivizm va ijtimoiy
konstruktivizm nazariyalari bilan oʻzaro bogʻliqdir.
Onlayn ta’limni samarali olib borish uchun yaratilgan nazariyalardan biri Jorj Siemens va Stiven
Daunslar tomonidan 2009-yilda ilm-fanni raqamlashtirish uchun ishlab chiqilgan konnektivizm
nazariyasidir. Stiven Dauns konnektivizm nazariyasini quyidagicha ta’riflaydi, bilim ulanishlar yoki
konnektlar (connections) tarmogʻi boʻylab tarqalgan boʻlib, oʻrganish jarayoni bu tarmoqlarni bir-biriga
bogʻlay olish qobiliyatidan iboratdir. Bilim, bu nazariyaga koʻra, tom ma’noda tajriba natijasida hosil
boʻlgan bogʻliqliklar (konnektlar) toʻplamidir. Nazariya asoschisi S. Dauns konnektivizm nazariyasini
konstruktivizm nazariyasidan tubdan farq qiladi deb da’vo qiladi, ya’ni uning fikriga koʻra ushbu nazariyada
bilim yaratilmaydi, aksincha, “bogʻlanadi” [4]. Konnektivizm nazariyasida ma’lumotlar oʻrtasidagi
bogʻliklarni koʻra olish eng muhim qobilyat hisoblanib, bu qobilyat bilim olishni, yangi ma’lumotlarni
oʻrganishni ta’minlab beradi. Ta’lim oluvchining hozirgi bilim zaxirasidan koʻra ma’lumotlar bazasidan
yangi ma’lumotlarni topib oʻzining bilgan ma’lumotlariga bogʻlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi [5].
Bizning fikrimizcha, konnektivizm nazariyasi kognitiv konstruktivizm nazariyasiga asoslanib ishlab
chiqilgan. Chunki Kognitiv kontruktivizm nazariyasida til oʻrganuvchi ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi
va ta’lim jarayoni autentik materiallar asosida haqiqiy hayotga bogʻlangan holda amalga oshirilishi lozim.
Konnektivizm nazariyasiga asoslanib til oʻrganuvchi talaba ma’lumotlar bazasidan kerakli ma’lumotni
qidirish chogʻida kognitiv konstruktivizm nazariyasiga asoslangan holda (tabiiy ravishda) ta’lim olish
jarayonida faol ishtirok etadi va talaba qidirayotgan ma’lumot kitobda pedagogic tayyorlangan
ma’lumotlardan farqli oʻlaroq atayin talabaga chet tilini oʻqitish uchun tayyorlanmagan autentik ma’lumot
https://buxdu.uz
|
| |