• Asosiy qism.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet277/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Key words: higher education institutions, credit-module system, physics, electromagnetism, clock, 
    subject, audio, video. 
     
    Kirish. Bugungi kunda respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida “Kredit-modul tizimi 
    asosida ta’lim jaayonlarini tashkil etish” borasida oʻquv seminarlari tashkil etib kelinmoqda. Sababi, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga asosan mamlakatimizdagi 
    85% oliy ta’lim muassasalari 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich oʻqitishning kredit-modul tizimiga oʻtishi 
    rejalashtirilgan. 2020-2021-oʻquv yilidan 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari oʻqitishning kredit-modul 
    tizimiga oʻtdi.
    Asosiy qism. Kredit degani – bu oliy ta’limning ma’lum bosqichida ushbu ta’lim darajasini qoʻlga 
    kiritish maqsadida talaba tomonidan uzluksiz ravishda toʻplab boriladigan ramziy oʻlchov birligidir. Bu 
    birlik talaba ma’lum miqdordagi oʻquv yuklamasini bajarganligi, nazorat natijalarini muvaffaqiyatli tarzda 
    egallaganligini bildiradi. Ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻquv rejalarida 30 soat oʻqish 
    yuklamasi 1 kredit etib belgilangan. 
    Modul degani – bu ma’lum oʻqish natijalariga erishishga qaratilgan, oʻzining baholash mezonlariga 
    ega boʻlgan tizimli, uzluksiz oʻqish va oʻrganish harakatlari yigʻindisi. Modul bir semestr davom etishi yoki 
    bir necha soatni oʻz ichiga olgan boʻladi. 
    Kredit-modul tizimining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
    - talabaning qobiliyati, bilimi, iste’dodini inobatga olgan holda ularga yoʻnaltirilgan ta’lim berish 
    tizimini yaratish; 
    - talabaga ta’lim berishda va bilimini baholashda adolatli tizim yaratish; 
    - talabalarning oʻz yoʻnalishi va mutaxassisliklari doirasida bilim, koʻnikma va malakasini 
    rivojlantirish asosida uning kasbiy moslashuvchanligiga erishish. 
    “Fizika-astronomiya” ta’lim yoʻnalishi talabalari uchun tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejasi (2020)da 
    “Umumiy fizika” fani uchun ajratilgan umumiy soatlar hajmi – 1050 soatni tashkil etib, 524 soati auditoriya, 
    526 soati esa mustaqil ta’lim soatidan iborat. Auditoriya soatlarining 180 soati ma’ruza, 180 soati amaliy va 
    164 soatini laboratoriya mashgʻulotlari tashkil etadi. Umumiy fizika kursi esa Mexanika, Molekulyar fizika, 
    Elektromagnetizm, Optika hamda Atom va yadro fizikasi boʻlimlaridan iborat. 
    Elektromagnetizm boʻlimi uchun jami ajratilgan soatlar hajmi – 240 soat, shundan 40 soati ma’ruza, 
    40 soati amaliy, 40 soati laboratoriya mashgʻulotlariga va 120 soati talaba mustaqil ta’limi uchun ajratilgan. 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   273   274   275   276   277   278   279   280   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish