• Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi.
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet273/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Foydalanish muddati uzoq. Tola vaqt oʻtgan sari eskiradi, ya’ni yotqizilgan optik nur tolalarda 
    soʻnish asta-sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining 
    mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Tolali optik kabellardan 
    foydalanish muddati taxminan 25 yilni tashkil etadi.
    Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. Ba’zi hollarda tarmoq tugunlarining masofaviy elektr 
    ta’minoti talab etiladi. Buni optik tola orqali amalga oshirib boʻlmaydi. Bu holda optik tola bilan birgalikda 
    mis oʻtkazish elementi bilan jihozlangan aralash kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar koʻpgina 
    mamlakatlarda keng qoʻllaniladi [5, 205-245] 
    Hozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola va kabellar ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali 
    uzoq aloqa tizimlari, jumladan, magistral aloqa uchun toladan faqatgina asosiy toʻlqin tarqaladigan bir 
    modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida signal uzatishda tolaning 
    soʻnish va dispersiya parametrlariga ham yuqori talablar qoʻyiladi. Bundan tashqari, optik nurlanish 
    qutblanishi saqlanishini ta’minlovchi tolalar ham ishlab chiqarilmoqda.
    Magistral aloqada qoʻllaniladigan bunday kabellarni ishlab chiqish murakkab va qimmat. Bunday 
    kabellar qoʻllanilganda lazer uzatgichlardan foydalaniladi. Lazer uzatgichlarga ham nurlanish spektrining 
    tozaligiga, nurlanish tasvirlarining barqarorligiga yuqori talablar qoʻyiladi. 
    Tezligi 100 Mbit/s gacha boʻlgan va aloqa masofasi chegaralangan (taxminan 10 km gacha) tizimlarda 
    nisbatan arzon va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan koʻp modali kabellardan foydalangan ma’qul. 
    Bunda toʻlqin manbai sifatida koʻp modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim oʻtkazgichli yorugʻlik 
    diodlarini ishlatish mumkin [7, 190-210].
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish