|
Key words: laser, radiation, pulse, amplitude, frequency, density, energy, gas laser, light.
Kirish Pdf ko'rish
|
bet | 281/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Key words: laser, radiation, pulse, amplitude, frequency, density, energy, gas laser, light.
Kirish. Hozirgi vaqtda umumiy jarrohlik va davolash, ginekologiya va urologiya, dermotologiya va
kosmetologiya, gastroenterologiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya, stomatologiya va boshqalarning
koʻpgina sohalarida turli xil lazerlar va lazer texnologiyalari keng qoʻllaniladi.
Asosiy qism. Tibbiyot lazerlari lazer nurlanishini generatsiyalovchi faol elementi (yoki muhiti) turlari
boʻyicha gazrazryadli, suyuqlikli, qattiq jismli, yarimoʻtkazgichli, tolali va kombinatsiyalangan sinflarga
boʻlinishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, yarimoʻtkazgichli va tolali lazerlar qattiq jismli boʻla turib,
ushbu sinflashda xossalariga qarab alohida turlarga boʻlingan.
Gaz lazerlarda faol muhit boʻlib turli gazlar (uglerod oksidi – SO, karbonat angidrid gazi – SO
2
, argon
– Ar, kripton – Kr, inert gazlar galogenidlari, ular aralashmalari) yoki kimyoviy elementlar bugʻlari,
masalan, metallar (mis, oltin, qoʻrgʻoshin, margans, stronsiy va b.q.) boʻlishi mumkin. Faol muhitini
uygʻotish uzluksiz, yuqori chastotali yoki impulsli elektr razryad yordamida bajariladigan gaz lazerlar gaz
razryadli deb ataladi. Impulsli tartibda ishlovchi tibbiy gazrazryad lazerlarda pik quvvat 150–200 kVtga
yetadi va faqat faol element hajmi va gaz muhitning uygʻonishini ta’minlovchi iste’mol manbai quvvati bilan
chegaralanadi. Gaz lazerlari toʻlqin uzunliklari diapazoni ultrabinafshadan (UB) boshlab infraqizil (IQ)
intervalda yotadi. Gaz lazerlarda nurlanishning difraksion sifatiga erishilish mumkin, ya’ni nurlanish
tarqalishi eng past boʻladi [1].
Zamonaviy lazerlarda, jumladan, tibbiy lazerlarda fazoviy xarakteristikalarni nurlanishning real
dastasining gaussga yaqinligi darajasini aks ettiruvchi bir oʻlchamli sifat koʻrsatgichi m
2
bilan baholanishi
mumkin. Sifat koʻrsatgichi m
2
lazer nurlanishi tarqalish burchagiga, dasta diametriga (lazer aperturasi
diametriag) toʻgʻri proporsional boʻlib, nurlanish toʻlqin uzunligiga teskari proporsionaldir.
Ham sanoat presizion nanotexnologiyalarda, ham lazer jarrohligida eng katta samaradorlikka va
natijaviylikka m
2
= 1,0 boʻlgan aynan gauss dastasi egadir. Barcha gazrazryad lazerlarning farqli tomoni ular
uchun sifat koʻrsatgichi m
2
ning 1,0 ga eng yaqinligidir [2].
https://buxdu.uz
|
| |