|
“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 Pdf ko'rish
|
bet | 279/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1
200
Bu yerda formulalardagi har bir kattalik va ularning birliklariga alohida urgʻu berib oʻtiladi.
Kulon qonunining asosiy tenglamasi tajribalarda tasdiqlanishi koʻp hayotiy misollarda koʻrsatiladi,
namoyish etiladi va elektron doskada animatsiyali videofilmlar koʻrsatiladi. Bu borada quyidagi
chizmalardan foydalaniladi:
1-rasm
Bu borada tarixiylik prinsipi ham muhim ahamiyatga ega. Mavzuni bayon etish jarayonida elektr
zaryadlarining oʻzaro ta’sir qonunini Sharl Kulon 1785-yilda tajriba yoʻli bilan aniqlaganligi hamda 1-
rasmda tasvirlangan buralma dinamometrdan foydalanganligini aytib oʻtish foydadan holi boʻlmaydi.
Ma’ruza mashgʻulotlarida oʻtilgan mavzularga mos amaliyot darslarida masalalar yechish, tahlil qilish
kabilarni qoʻllash amalga oshiriladi. Talabalar nazariy olgan bilimlarini qoʻllay bilishi uchun ularga tavsiya
etilgan oʻquv qoʻllanmalardan masalalar yechish namunalari, auditoriyada bajarish uchun namunalar,
ishlanmalar tayyorlangan. Mustaqil ta’lim uchun tayyorlangan oʻquv qoʻllanmalar va ishlanmalar talabalarga
beriladi.
Laboratoriya mashgʻulotlarida fan dasturida koʻrsatilgan mavzularga oid laboratoriya ishlari bajariladi.
Elektromagnetizm faniga mos laboratoriya ishlari: zanjirning bir qismi uchun Om qonuni yordamida
oʻtkazgich qarshiligini aniqlash, ampermetr va voltmetr asboblarining oʻlchash chegaralarini oshirish,
Kirxgoff qonunlarini oʻrganish kabi ishlar talabalar tomonidan oʻqituvchi rahbarligida bajariladi, natijalar
olinadi va tegishli jadval hamda grafiklar tuziladi. Har bir laboratoriya ishi yakunida mavzuni
mustahkamlash uchun nazorat savollari keltirilida, shu savollarga talabalar javob tayyorlab, laboratoriya
ishini himoya qiladi.
Talabalar bilimi reyting tizimi asosida baholanadi va yuz ballik tizim qoʻllaniladi.
Elektromagnetizm fanini amaliy va laboratoriya mashgʻulotlariga ajratilgan 80 soat hajmida
koʻrsatilgan topshiriqlarni bajarish va oʻzlashtirishga qarab (0÷30) ball belgilangan – bu joriy nazorat. Ikkita
oraliq nazorat uchun 10+10=20 ball ajratilgan, bu nazorat asosan ma’ruza mashgʻulotlarida oʻtilgan
mavzularni nazariy va amaliyot mashgʻulotlarida nazariy bilimlarni qoʻllay bilishga qarab baholanadi.
Joriy va oraliq nazoratlar yozma, ogʻzaki, test va laboratoriya ishlarini himoya qilish va boshqa
shakllarida oʻtkazilishi mumkin.
Talaba joriy va oraliq nazoratlarida belgilangan balldan, ya’ni 30 ballni toʻplasa, yakuniy nazoratni
topshirishga kiritiladi. Yakuniy nazoratga 50 ball ajratilgan. Yakuniy nazorat yozma yoki test shaklida
oʻtkaziladi.
Shunday qilib, talaba barcha nazorat turlaridan 90÷100 ball toʻplasa, u a’lo bahoga oʻzlashtirgan
boʻladi, 70÷89 ball oraligʻida toʻplagan boʻlsa yaxshi bahoga va 60÷69 ball oraligʻida toʻplagan boʻlsa uch
bahoga oʻzlashtirgan boʻladi. 0÷59 ball oraligʻida ball toʻplagan talaba esa oʻzlashtirmagan boʻladi.
Xulosa qilib aytilganda, talaba bir kredit uchun ajratilgan 15 soat davomida auditoriyada olgan nazariy
hamda amaliy olgan bilimlarini mustahkamlash uchun ajratilgan 15 soat mustaqil takrorlab oʻzlashtirishi
zarur boʻladi. Buning uchun talaba professor-oʻqituvchilar tomonidan tayyorlangan darslik, oʻquv
qoʻllanmalar, oʻquv metodik majmualar, ma’ruzalar matni, dars ishlanmalari, axborot resurs markazidagi
adabiyotlardan foydalanib, shu fan boʻyicha ajratilgan 8 kreditni toʻliq oʻzlashtirib olishi zarur boʻladi.
|
| |