“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
202 
Muhokamalar va natijalar. Suyuqlikli lazerlarda faol muhit organik boʻyoqlar eritmalari yoki 
organik suyuqliklar boʻlishi mumkin. Suyuqlikli lazerlarni damlash manbai impulsli yoki uzluksiz ta’sir 
quvvatli yorugʻlik manbalari, hamda boshqa tur lazerlar boʻlishi mumkin. Suyuqlikli lazerlar toʻlqin 
uzunliklari eng avvalo faol muhitning - boʻyoqning spektral xarakteristikalari bilan hamda damlash manbai 
turi bilan aniqlanadi. Suyuqlikli lazerlar odatda impulsli tartibda ishlaydi va bu boʻyoqning “yonib ketishini” 
oldini oladi yoki kamaytiradi va umuman lazerning ishlash resursini oshiradi. Nurlanishning pik quvvati va 
suyuqlikli lazerlarda impuls energiyasi damlash lazeridagiga qaraganida deyarli bir tartibga kichikdir [3]. 
Qattiq jismli lazerlarning generatsiyalangan toʻlqin uzunliklari nurlanish spektrining ultrabinafshadan 
tortib infraqizilgacha diapazonida yotadi. Qattiq jismli lazerlarning koʻpchiligi lampali va diodli damlashli 
impulsli uygʻotish tartibida ishlaydi. 
Tibbiyotda mavjud qattiq jismli lazerlar ichida ham impulsli, ham uzluksiz tartibda ishlovchi, λ = 
1,064 mkm toʻlqin uzunligida generatsiyalovchi Nd:YAG-lazeri eng koʻp qoʻllaniladi. Qattiq jismli lazerlar 
nurlanishi sifati difraksion oraliqdan bir muncha yomondir. Qattiq jismli lazerlar uchun sifat koʻrsatgich m
2
birdan ancha yuqori, ya’ni ularning fazoviy tuzilmasi fokuslash chuqurligida lazerning har bir aniq parametri 
uchun va optik fokuslovchi tizim uchun aniqlanishi kerak [4]. 
Diodli lazerlarda faol muhit p-n tur yarimoʻtkazgich yoki geterooʻtish boʻlishi mumkin. Diod 
lazerlarining nurlanish generatsiyasi 400–2200 nm oraliqda boʻlib, qalinligi bir necha mikronni, kengligi esa 
yarimoʻtkazgich orqali elektr toki oʻtkazilganida 100 mkm tartibni tashkil etgan faol qatlam (GaAs, AlGaAs, 
InGaAs va b.q.) turiga bogʻliq. Tibbiy yarimoʻtkazgichli lazerlar odatda uzluksiz yoki modulyatsiyalangan 
tartibda ishlaydi. Generatsiyalanish quvvati darajasi oʻnlab vattga teng boʻlgan diodli lazerlar uchun m
2
bir 
necha birlikni tashkil etadi [5]. 
Xulosa qilib aytganda, lazer nurlanishining biotoʻqima bilan oʻzaro ta’sirlashuv mexanizmini tadqiq 
etishda va lazer tibbiyoti zamonaviy uslublari va texnologiyalarini ishlab chiqishda toʻlqin uzunligi va 
energetik doza kabi zaruriy tarzda u yoki bu lazer nurlanishi impulslari tuzilmasini ham hisobga olish kerak.
Uzluksiz lazer uchun nurlanish quvvati kattaligi bir xil boʻlgan impulsli lazer nurlanishi quvvati 
oʻrtacha kattalikda boʻlganida impulsli lazer nurlanishi quvvati uch-toʻrt tartibga oshadi. Shuning uchun 
uzluksiz va impulsli ish tartibiga ega lazerlar nurlanishining alohida tizimlarga va a’zolarga ta’siri kabi toʻliq 
organizmga ta’siri mexanizmlari tubdan farq qilishi mumkin. 
Metall bugʻlaridagi gazrazryad lazerlar taalluqli boʻlgan nanosekundli davomiylikli, nurlanish oʻrtacha 
quvvati 10 Vt dan boʻlgan impulsli lazerlar toʻr elektroporatsiyasi uchun instrument kabi qaralishi mumkin.

Download 6,23 Mb.
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish