|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 290/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Ключевые
слова:
живопись,
мотивация,
самостоятельное
изучение
образования,
процессуальное, психологическое, социальное.
The article discusses the scientific and methodological significance of independent learning in the
development of creative abilities of students. The importance of developing independent students’ creative
activity is theoretically analyzed. Knowledge and independent work experience allow the student to activate
the creative research situation.
Key words: painting, motivation, independent study of education, procedural, psychological, social.
Kirish. Talabalarning rangtasvir malakalarini oʻzlashtirish jarayonidagi mustaqil ishlari (TMI)
ularning oʻz oldiga u yoki bu vazifalarni ongli ravishda qoʻyish, oʻz oʻquv-ijodiy ishlarini rejalashtirish, uni
amalga oshirish va obyektiv baholash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim jarayonidir. Bu
jarayon samaradorligini oshirish maqsadida uning elementlarini tartiblashtirish va muvofiqlashtirish
talabalarning mustaqil ish tashkil qilishning asosi hisoblanadi. Talabalarning rangtasvir boʻyicha
auditoriyadan tashqari oʻquv-ijodiy faoliyati samaradorligi boʻlajak oʻqituvchi-rassomlarning butun ta’lim
jarayoni sifatiga ta’sir oʻtkazadi, shu sababli uni tashkil qilish tasviriy san’at oʻqitish metodikasining dolzarb
muammolaridan sanaladi.
Asosiy qism. Keyingi vaqtda oliy oʻquv yurti oʻquv jarayonida auditoriya yuklamasini qisqartirish va
talabalarning mustaqil ish rolini oshirish tendensiyasi kuzatilmoqda. 5110800 - Tasviriy san’at oʻqituvchisi
bakalavr ta’lim yoʻnalishi DTS rang tasvir bilan ustaxonada shugʻullanishga ajratiladigan soatlar mustaqil
ish miqdorini anchagina qisqartirishni koʻzda tutadi. Bu rangtasvir asoslariga mustaqil ishlarni amalga
oshirishda oʻqitishni tashkil etishga alohida e’tibor berishga undaydi.
Rangtasvir boʻyicha talabalarning mustaqil ishlari samaradorligini oshirishni talabalarning sinfdan
tashqari oʻquv-ijodiy ishlarining maqsad va vazifalari aniq ifodalangan ijodiy topshiriqlarni oʻz ichiga olgan
dasturidan foydalanishda bilish mustaqilligi hamda ijodiy faolligining oʻsishi bilan bogʻlaymiz.
Auditoriya ishining mustaqil (uy) oʻquv-ijodiy faoliyat bilan oʻzaro aloqasi ikki xil namoyon boʻladi.
Tasviriy savodxonlik nazariyasi boʻyicha ma’ruzalar va ustaxonada oʻqituvchi rahbarligida amaliy ishlar
talabaning mustaqil ishlari uchun mustaqil ishni hozirlaydi. Aynan realistik rangtasvirda rasmning barcha
talablariga rioya qilish majburiy sanaladi. Bizni oʻrab turgan olamning rang boyligini berish rasmning asosiy
vazifalarini: kompozitsion joylashtirish, shaklni perspektiv va konstruktiv qurish, proporsiyalarga amal
qilish, katta hajmda yorugʻ-soya gradatsiyalarini va ular oʻrtasidagi tonal munosabatlarni berishni bajarish
bilan birlikda muvaffaqiyatli amalga oshiriladi.
Mustaqil ish talabalarning ijodiy faolligini rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Bilim va mustaqil
faoliyat tajribasi talabaga ijodiy izlanish vaziyatini faollashtirish imkonini beradi. Shakllanmagan produktiv
fikrlash talabaning muammoli ta’lim va talabani ijodiy mustaqil ishlarga sistemali jalb qilish vaziyatida,
https://buxdu.uz
|
| |