• “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 210 boshqalar; ijtimoiy
  • 2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet292/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Motivatsiyalaydigan - bilimga qiziqish, fanga qiziqish, qiziquvchanlik, ta’limni davom ettirishga 
    yaxshiroq tayyorlanish istagi, yangini bilishga intilish va boshqalar; 
    ta’lim mustaqil ishi - tasavvurlar, faktlar, qonunlar, nazariyalar, ish metodikalari va boshqalar; 
    protsessual - oʻqituvchining talabalar bilan ishlash metodlari, usullari va uslublari; 
    psixologik - talabalarning yosh xususiyatlari, moyilliklari, qobiliyatlari, qiziqishlari, irodasi va 
    https://buxdu.uz


    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    210 
    boshqalar; 
    ijtimoiy - tasviriy san’at sohalarida ishlaydigan ustalar va mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari 
    bilan tanishish. 
    Oʻqituvchi hozirligida talabaning ijodiy mustaqilligi uning konkret koʻrsatmalari ta’sirida, oʻqituvchi 
    yoʻqligida talabaning oʻz tashabbusi bilan koʻplab mustaqil ishlarni (mas’uliyat, turar-joy, maishiy 
    sharoitlar, tartiblilik) hisobga olgan holda rivojlanadi. 
    Bundan tashqari, mustaqil ish uchun har bir topshiriqda oʻquv vazifasi sifatida uning yadrosini ajratish 
    oʻqituvchiga bilim, malaka va koʻnikmalarni oʻzlashtirishning har bir bosqichida talabaning bilish faoliyati 
    xarakterini koʻzda tutish va bu jarayonni boshqarish, faoliyatning turli strukturalarini ta’limning mustaqil ish 
    yoki xususiy vazifalaridan kelib chiqqan holda rejalashtirish imkonini beradi. 
    Ma’lumotlar protsessual mustaqil ishlarning yetakchiligidan dalolat beradi. Bundan kelib chiqib 
    xulosa qilish mumkinki, oʻqituvchining talabalar bilan ishlash metodlari, usul va uslublari mustaqillik hamda 
    ijodiy faollikni shakllantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. 
    Talabaning bilish faoliyati ta’lim sistemasida hamma vaqt ham mustaqil faoliyat boʻlavermaydi. U 
    mustaqil boʻlishi uchun talabada oʻqish jarayonida shakllangan bilim, malaka va koʻnikmalar uning uchun 
    tegishli baho olish zarurati doirasidan tashqarida boʻlgan jiddiy mustaqil ish ahamiyat kasb etishi kerak. Ular 
    talabaning bilish faoliyati jarayonida shaxsiy xarakter, shaxsiy mazmun kasb etishi lozim. 
    Mustaqil faoliyat xarakteristikasida bu qoida markaziy oʻrin egallaydi: u talaba belgilagan oʻquv va 
    ijodiy vazifalarni, harakatlarni bajarish rejasini va bu harakatlarda realizatsiyalanadigan real voqelikka 
    munosabatlarni toʻligʻicha belgilaydi. 
    Bu qonuniyatni “Kolorit” mavzusini oʻrganish misolida koʻrib chiqamiz. Mavzu materialini 
    oʻrganishga kirishayotib, 1-kurs talabalari koloritning asosiy elementlari bilan tanish boʻladi. Shu sababli 
    mustaqil ishni tashkil qilish uchun talabaga bu elementlarni bilishning oʻzini yangi sharoitlarda kuzatish 
    predmetiga obyektivatsiyalashi kerak boʻladi. 
    Bu uni kolorit elementlarini bilishdan shu bilimlarni qayta yaratish uchun emas, balki ularning yangi 
    tushunchani xarakterlaydigan oʻzaro hamkorligi, oʻzaro ta’sirini aniqlash uchun foydalanishni talab qiladi. 
    Shu sababli kolorit elementlarini ta’riflash, ularning mohiyati talaba uchun maxsus bevosita anglash va 
    tushunish obyekti boʻlmaydi. Bu oʻrinda barcha komponentlar birligi bilan belgilangan rang garmoniyasini 
    ajratish va berish obyektivatsiyalanadi. Aynan shu vazifalar talabalar faoliyatida shaxsiy mazmun kasb etadi. 
    Faoliyatning psixologik mundarijasi va mazmuni deb atagani, bu holda talaba uchun uning motiv - 
    maqsadi, oʻzaro hamkorligi (konkret naturaning rang qurilishi xususiyatlarini kuzatishning ma’lum 
    sharoitlarida aniqlash) sanaladi.
    Dasturni ishlab chiqish jarayonida faoliyat maqsadi boshlangʻich va undan ilgarilab ketgan momenti 
    sifatida namoyon boʻladi. Faoliyat dasturi ishlanganidan keyin maqsad dasturga uning oxirgi boʻgʻini 
    sifatida kiritiladi. Bu bilan “Mustaqil faoliyat maqsadi shunchaki boʻlajak natijani oʻz-oʻzicha emas, balki bu 
    natijaga erishiladigan talaba mehnatining oxirgi holatini ifoda etadi”

    Bu jarayonni sxematik tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin: faoliyat predmeti-faoliyat 
    vositalari - uni tashkil etgan harakat va operatsiyalar ketma-ketligi. Bu jarayonning borishi talabani mustaqil 
    ish bajarishga undaydigan faoliyatning anglashilgan motivi bilan belgilanadi. Ayni paytda, motiv ish 
    jarayonida mazmun funksiyasini bajaradi. Motiv – maqsad oʻzgarishi bilan talaba ishlayotgan materialning 
    shaxsiy mazmuni ham oʻzgaradi. 
    Shunday qilib, mustaqil faoliyatning asosiy belgisi talabaning oʻqituvchi yordamisiz ishlashi emas, 
    balki uning faoliyati, ayni paytda, bu faoliyatni boshqarish funksiyasini oʻzida jamlaganidan iborat. Bu 
    faoliyat strukturasida maqsad uning predmet mazmunini egallashga nisbatan regulyativ vazifa bajaradi va 
    talabaning yangi tajribani oʻzlashtirishda, bilish jarayonida yanada ilgarilashiga koʻmaklashadi. 
    Demak, mustaqil ish mohiyati amalda faoliyat maqsad, mazmunining bu faoliyatni boshqarish 
    maqsadi bilan toʻliq mos kelishi sanaladi. Bu, albatta, abstrakt ifodalangan ideal, talabaning oliy oʻquv 
    yurtlarida ta’lim olishi oxiriga kelib, unga nisbiy erishish mumkin. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish