2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
211
talabaning fikrlashi va bilish mustaqil ish oʻzaro hamkorlik xarakterini, ikkinchi tomondan, fikrlash va
bilishning talabaning konkret bilish faoliyati komponentlari sifatida oʻzaro aloqasini
va birligini aniqlash
kerak.
Talabaning mustaqil ish bajarish samaradorligi uni tashkil qilish sharoitlari, bilimlar mazmuni va
xarakteri, bayon qilish mantiqi, bilim manbasi, berilgan mustaqil ish turi mazmuniga oid mavjud va koʻzda
tutilgan bilimlar oʻzaro aloqalariga, talaba vazifani bajarishda mustaqil ishda erishgan natijalarga bogʻliq
boʻladi.
Talabalarning mustaqil ta’lim mashgʻulotlarini bajarish jarayonida kompyuter
texnologiyalaridan
foydalanish imkoniyatlarini yoritib oʻtsak. Kompyuter texnologiyalari ta’lim unumdorligini va pedagogik
faoliyat jadalligini oshirish imkoniyatlarini keng yoʻl ochib beradi. Bular esa zamonaviy elektron
vositalarning ulkan imkoniyatlari bilan bogʻliq. Oʻquv jarayonida kompyuterlarning vazifalari:
– oʻqitish vositasi sifatida;
– testdan oʻtkazish;
– shaxsning psixodiagnostikasi;
– bilimlar oʻzlashtirilishi va harakatlarni tuzatish nazorati;
– ta’lim oluvchining ijodiy kamoloti;
– dunyo informatsion resurslaridan foydalana olish va kommunikatsiya;
– oʻquv tashkilotlari va oʻquv jarayonini boshqarishning takomillashuvi.
Bugungi kunda kompyuterlarni ta’lim tizimiga joriy qilishda jadal ishlar olib borilmoqda. Kompyuter
– murakkab texnik qurilma. Uning pedagogik imkoniyatlari koʻp hollarda mustaqil ish texnik sohada
erishilgan haqiqiy yutuqlar bilan bogʻliq texnik faktorlar bilan aniqlanadi. Kompyuter
audio vizual bilim
beruvchi axborotlarni (matnli, obrazli, ovozli va video koʻrinishdagi darsliklar, ensiklopediyalar, atlaslar va
turli xil soʻrovnomalar) olib yuradigan qulay va universal texnik vosita sanaladi. Bunday axborotni tashuvchi
vositalar kompyuterning qattiq diski, kompakt-disk yoki mahalliy va dunyo axborot tarmogʻi.
Kasbiy tayyorgarlik jarayonida kompyuter hamrohligi oʻquv-tarbiyaviy jarayonning samaradorligini
oshiradi. Zamonaviy mutaxassis matn bilan ishlay olishi, matnlarni grafika, videomateriallar,
ovozli
parchalar bilan toʻldira olishi, bundan tashqari, kasbiy faoliyat jarayonida papka yoki hujjatlar toʻplami
mustaqil ishda, ma’lumotnomalarda boʻlgan kerakli faylni tezlik bilan qidirib topishni talab qiladi va bu
maxsus axborotlar bazasi bilan ishlashni nazarda tutadi.
Kompyuter talabalar bilimlarining samaradorligini, tezkorligini va xolisligini oshirish vositasidir.
Oʻqituvchidan farqli ravishda kompyuter talabaning itoatgoʻyligini, jozibadorligini
yoki qandaydir boshqa
xislatlarini emas, balki faqatgina berilgan fan sohasida talabaning bilim va malakasini baholaydi
.
Xulosa. Oʻquv jarayoniga axborot-kompyuter texnologiyalarini joriy qilish ta’lim maskanlarida
oʻquv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirish bilan bogʻliq bir qator muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Ta’limda kompyuter muvaffaqiyatlariga asosiy mustaqil ish qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
- oʻquv jarayoni ishtirokchilarining axborot bilan ta’minlanganligining oshishi. Kompyuter
texnologiyalarini qoʻllash bilan talaba va oʻqituvchilar uchun turli axborotlarni yigʻish, almashtirish va
koʻpaytirish imkoni yaratiladi;
- kompyuterlardan foydalanish ta’lim motivatsiyasi va jozibadorligiga ta’sir qiladi.
Bu kompyuter
bilan ishlashning noana’naviyligi va nufuzi bilan bogʻliq. Ta’lim dasturlarida oʻyinlar va oʻyin
elementlarining borligi talabalar uchun kompyuterning jozibadorligini oshiradi;
- kompyuter mustaqil ta’lim olishni oshirish imkonini beradi, berilgan topshiriqlarni oʻqituvchi
ishtirokisiz, xatoliklarni kerakli tekshiruv komponentlari bilan tekshirib, uyga topshiriqlarni mustaqil
bajarish
imkonini beradi;
- ta’limni individuallashtirish imkoni oshadi. Bu topshiriqlarni berish tezligini individuallashtirish
orqali amalga oshirilishi mumkin, bir mavzuni bajarib boʻlib, keyingisiga oʻtish, talabaning mavzularni
bilishi va kompyuter savodxonligidan kelib chiqib mavzularni tanlash, oʻzlashtirishni tekshirish uchun joriy
nazorat va bunday nazoratning xolisligini oshirish imkonini yaratadi.