“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet301/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
218 
Qurilish chizmachiligi fani oʻqitiladigan oliy oʻquv yurtlarida fan dasturlariga kompyuter grafikasiga 
oid mavzularini kiritish va koʻpaytirish orqali fanning yanada amaliy ahamiyatini oshirishni koʻrish mumkin. 
Hozirgi kunga kelib fan mutaxassislarini kompyuter savodxonligi hamda grafik dasturlar imkoniyatlaridan 
foydalanishlari talab etiladi. Ta’lim jarayonlarida kompyuter grafikasidan foydalanish yordamida:
- fazoviy tasavvur rivojlanadi; 
- oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻladi; 
- xotirada saqlash davomiyligi ortadi; 
- ijodiy va mantiqiy fikrlash rivojlanadi; 
- yangi loyihalar va ularni yaratish uchun imkoniyatlar ochiladi; 
- qurilish chizmachiligiga doir boʻlgan grafik ishlarni bajarishda talabalarga bir muncha qulayliklar 
keltiradi va osonlashishiga yordam beradi. 
Bizga ma’lumki, grafik dasturlar va multimediali elektron darsliklardan foydalanib qurilish 
chizmachiligi darslarini tashkil etish an’anaviy usulda dars oʻtishga nisbatan bir necha afzallikka ega. Ular: 
- dars sifati koʻzlangan darajada boʻladi; 
- fan boʻyicha berilayotgan ma’lumotlar tushunarli va aniq koʻrinishda boʻladi; 
- fanga doir va tushuntirilishi kerak boʻlgan chizmalar va obyektlar talabalar koʻz oʻngida kompyuter 
grafikasi imkoniyatlari yordamida bajariladi; 
- yasalgan binoning 3d modelini olti koʻrinishda koʻrish yoki bir yoʻla toʻrtta koʻrinishda va yaqqol 
modelini turli tomondan koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi; 
- tayyor boʻlgan obyektda oddiy va murakkab qirqimlar berish va shu qirqimlarni bir yoʻla koʻrish 
imkoniyati mavjudligi; 
- qisqa vaqt ichida mavzu uchun ajratilgan darsni tushuntirish imkoniyati mavjudligi; 
- mavzu boʻyicha ma’ruzalar, topshiriqlar toʻplamlari, turli darajadagi test savollari, fandagi atamalar 
uchun glossariyning mavjudligidan yordamchi vosita sifatida foydalanish mumkin. 
Variativ turdagi ma’ruzalarni oʻtish; oʻqituvchilarni maxsus, uslubiy va AKT kompetentlik darajasiga 
bogʻliq holda tayyorlash va malakasini oshirish; “Multimedia” ma’ruzasida ta’lim oluvchilarning oʻquv-
bilish faoliyati faollashuvini tajriba asosida baholash uslublariga ega boʻlgan ma’ruza kurslarining 
multimediali oʻrgatish tizimlarini qoʻllashning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish va oʻquv jarayoniga 
tatbiq etish lozim. Multimedia vositalari oʻquv jarayonining koʻrgazmaliligini sezilarli darajada kengaytirdi: 
modellar, grafika, ranglar, ovoz, videotexnikadan foydalanish. Ushbu xilma-xillik turli xil oʻquv 
vaziyatlarini, shu jumladan, oʻquv oʻyinlarini modellashtirishga imkon beradi. Boʻlajak bitiruvchilarning 
bilim sifatini oshirish istagida, muhandislik grafikasi fanlari oʻqituvchilari oʻquv vaziyatlarida shaxsiy 
kompyuterdan foydalanib, turli xil texnologiyalarni qoʻllashga intilishadi. 
Qurilish chizmachiligi fanida mashgʻulotlarini olib borish vaqtida, doskada mavzu boʻyicha chizma 
chizish va talabalar uni daftarlariga koʻchirishlari kerak. Ammo koʻpincha qurilish chizmachiligida bitta 
chizmani doskada koʻrsatishning oʻzi yetarli hisoblanmaydi. Bu vaziyatda pedagog oldindan tayyorlangan 
chizmalardan foydalanish zarurati tugʻiladi. Bundan tashqari, grafik dasturlarning animatsion 
imkoniyatlaridan foydalangan holda doskada koʻrsatib ulgurilmagan chizmalarni koʻrsatish va talabalarning 
ongida mavzu mohiyati yanada chuqurroq iz qoldirishga xizmat qiladi. Bu oʻz navbatida, murakkab 
mavzularni tushunturish birmuncha soddalashadi va tushunarliligi oshadi. 
Mavzu mohiyatini kompyuter grafikasi yordamida yaratish quyidagi afzalliklarga ega: 
- grafik dasturlar yordamida bir vaqtning oʻzida bir necha chizmalar bilan ishlash imkoniyati 
mavjudligi; 
- bir vaqtning oʻzida chizilgan chizmani koʻrgazmali material sifatida foydalanishliligi; 
- ekrandagi vizual axborotning sifati auditoriya doskasidagi axborotga nisbatan yuqori; 
- ikki oʻlchamli chizmalarning isbotini uch oʻlchovli chizlalarda bir vaqtning oʻzida koʻrsatish 
imkoniyati; 
- qurilish chizmachiligi boʻlimi boʻyicha materiallar, ma’ruzaning yuqori koʻrgazmali boʻlgani tufayli 
osonroq oʻzlashtiriladi; 
- qurilish chizmachiligidagi shartli belgilarning aniq chizilish imkoniyatining mavjudligi; 
- talabalarda ma’ruza matni toʻliq boʻladi; 
- talabalr mavzu boʻyicha oʻzlashtirishi lozim boʻlgan chizmalarni 3d modellar orqali ya’nada 
mukammal tushunishlari; 
- bayon qilish tezligi oddiy ma’ruzaga nisbatan yuqori; 
- agar biron bir talabada keyinchalik savol paydo boʻlsa, oʻqituvchi osongina bosqichma-bosqich 
oldingi chizmaga qaytishi mumkin; 
- elektron ma’ruzaning an’anaviy darsga oʻxshashligi unga boʻlgan qiziqishni kuchaytiradi, fazoviy 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish