“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
220 
foydalangan holda konstruktorlik hujjatlari elektron yoki qogʻoz tashuvchilarda berilishi mumkin. 
V.A.Nikolayev va A.D.Menshikovalarning fikricha: “Uch oʻlchovli tizimning asosiy maqsadi 
muddatlarni qisqartirish, loyihalashtirish natijalarining sifati va texnik-iqtisodiy darajasini oshirish, hujjatlar 
rasmiylashtirishni avtomatlashtirish, loyihalashni boshqarish sifatini koʻtarishdir. Avtomatlashtirilgan 
loyihalash tizimlari (CAD)dan foydalanish, ishlab chiqaruvchining vaqtini talab qiladigan takrorlanuvchi 
chizmachilik ishlaridan ozod qilish, shuningdek, mahsulot konstruksiyasiga oʻzgartirishlar kiritishni 
soddalashtirishga imkon beradi”. 
Bugungi kunda avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari nafaqat 3D modellashtirish, balki 4D 
modellashtirish imkoniyatiga ega, ya’ni parametrizatsiya, bu foydalanish doirasini sezilarli darajada 
kengaytiradi. Masalan, AutoCAD tizimi ta’lim tizimida keng qoʻllaniladi: tutashmalar, koʻrinishlar, qirqim, 
kesim, yigʻish chizmalari, detallarga ajratish kabi mavzularda mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishga imkon 
beradi. Bundan tashqari, tizim mashinalar va mexanizmlar, bino va inshootlarning loyihalarini ishlab 
chiqishga imkon beradi. Biz har doim ham ma’lum bir oʻquv obyektini tabiiy shaklda namoyish etish 
imkoniyatiga ega emasmiz, virtual namoyish bunday imkoniyatni beradi. 
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi paydo boʻlishi bilan birga koʻplab oliy oʻquv yurtlari oʻquv 
dasturlari boʻyicha chizma geometriyani toʻliq yoki qisman yoʻq qilish masalasini koʻrib chiqa boshladilar.
A.S.Smirnov qoʻl grafikasini oʻchirishga hali erta deb oʻylaydi: “fotosuratli emas, shartli aniqlikka ega 
boʻlgani uchun u kompyuterga nisbatan ancha organikdir. Paradoks ham shunda: qoʻl grafikasi mazmunan 
insoniy, erkin va harakatchan, tabiatga yaqinroq, kompyuter garfikasiga qaraganda ekologik va shuning 
uchun ham uning nimasidir zamonaviyroq tuyuladi”. 
N.V.Fedotova: “Biz uch oʻlchovli (3D) texnologiyalarning rivojlanishi bilan chizma geometriya 
modifikatsiya qilinishi kerak, qoʻlda chizilgan rasmning nisbati kamayishi kerak deb hisoblaymiz”. 
Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida kompyuter texnologiyalari oʻquv jarayoniga va bilim 
olishning an’anaviy usullariga organik mos qoʻllanilishi kerak. Muhandislik grafikasi kafedralarida 
zamonaviy kompyuter texnologiyalarini oqilona joriy qilish nafaqat chizma geometriyasi va chizmachilik 
fanlari boʻyicha mexanik, odatiy qoʻl ishlarini birlashtiribgina qolmasdan, balki talabalarning ijodiy va bilish 
faolligini rivojlantirishga ham yordam beradi. Ya’ni oʻquv jarayonida grafik tayyorgarlikning an’anaviy 
texnologiyalari va zamonaviy axborot texnologiyalarining uygʻunligi muhim tamoyili hisoblanadi. 
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning barchasida hozirga kelib fanlarda integrativ yondashuvni 
qoʻllash asosiy dolzarb muammolardan biri boʻlib kelmoqda, shu sababli oʻqitish jarayonida kompyuter 
grafikasining oʻrni sezilarli darajada oʻzgarib bormoqda. Kompyuter grafikasi talabalar va oʻqituvchilar 
uchun nafaqat oʻrganish manbasi boʻlishi bilan bir qatorda, asosiy oʻquv vositasi ham hisoblanmaoqda. 
Chunki kopmyuter grafikasi talabalarning grafik tayyorgarligining asosiy quroliga aylanmoqda. Sababi 
kompyuter grafikasi orqali talabalarning fazoviy tassavuri samarali va tez rivojlanishining asosiy omili 
sifatida maydonga chiqmoqda. Bularning barchasi oldimizga qoʻygan asosiy maqsadimiz oʻquv jarayonini 
jonlashtirish, talabalarga mavzu mohiyatini tezroq va mukammal tushunishlariga turtki bermoqda. 
Xulosa qilib aytganda, kompyuter grafikasi qurulish chizmachiligi fanida oʻzlashtiriladigan mavzular 
mohiyati elektron chizma bajarish uchun oʻrganish obyekti sifatida hamda chizma geometriya va 
chizmachilik fanlarini oʻqitishda vosita sifatida ishtirok etishi mumkin. Bu esa oliy ta’lim muassasalari 
oʻqituvchilaridan talabalarda nafaqat avtomatlashtirilgan loyihalash tizimida ishlash, balki ushbu dasturiy 
mahsulotlarning imkoniyatlaridan oʻzlarining kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida samarali foydalanish 
koʻnikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi. 

Download 6,23 Mb.
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish