• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet311/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    227 
    Askar XIDIROV 
    Buxoro davlat universiteti 
    musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi 
    O‘ZBEK XALQ QO‘SHIQLARI VOSITASIDA O‘QUVCHILARNI MA’NAVIY-
    AXLOQIY SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI 
    Maqolada o‘zbek xalq qo‘shiqlarining qadimiy namunalari mehnat va mavsum qo‘shiqlarining pedagogikdir. 
    qo‘shiq ijodkorlarining amaliy faoliyati ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchi xususiyatlari haqida 
    fikr bayon etilgan. 
    Kalit soʻzlar: xalq qoʻshigi, folklor, darslik, an’ana, qoʻshiq. 
    В статье расматривается старинные образцы узбекских народных песен, а также педагогические 
    образцы песен о труде и сезонах. в ней излагается мысль об особенностях практической деятельности 
    певцов-охотников, скотоводов, земледельцев, ремесленников. 
    Ключевые слова: народная песня, фольклор, учебник, традиция, песня. 
    The article examines ancient samples of Uzbek folk songs, as well as pedagogical samples of songs about 
    labor and seasons. it presents the idea of the peculiarities of the practical activities of singers-hunters, 
    pastoralists, farmers, artisans. 
    Keywords: folk song, folklore, textbook, tradition, song. 
    Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan boshqa elatlar qatori turkiy xalqlarning ham qadimda ko‘p 
    xudolikka bo‘lgan e’tiqodi, animistik va totemistik tafakkur tarzi ta’lim-tarbiyani, jamoa bo‘lib amalga oshirishga 
    asos bo‘lgan. Ibtidoiy kishilarning mifologik tushunchalar, (parilar, devlar, jinlar, arvohlar, shaytoniy va
    rahmoniy ruhlar)ga bo‘lgan ishonchi hamda inson ongi va tafakkuriga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy hodisalarni ilohiy 
    quvvat asosida bo‘ysundirishga intilish motivlari negizida mehnatsevarlik, odamiylik hamfikrlilik kabi 
    umuminsoniy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar yotadi. 
    Jamiyat taraqqiyoti, inson ongining rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayoni uzluksiz, 
    doimiy tarixiy xarakterga ega bo‘lib takomillashib bordi. 
    Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, poleolit davrida (taxminan miloddan 40-41 ming yil ilgari) yer 
    yuzining shimoliy qismida totemizmga oid «ayiq bayramlari», keyinchalik «mehnat o‘yinlari», «orgaist 
    bayramlar», «erkaklikka o‘tish» marosimlari «sust xotin», «choy momo», «qurbon hayiti» kabi bayramlar 
    xursandchilik, yaxshilik, to‘qlik, farovonlik ramzi sifatida o‘tkazilgan. 
    Xalq ijtimoiy, ma’naviy va madaniy turmush tarzining o‘zgarishi bilan xalq qo‘shiqlari ham shaklan va 
    mazmunan boyib, uning madaniy turmush tarzi, orzu istaklarini namoyon etuvchi ta’lim-tarbiya vositasiga 
    aylangan. 
    Keyinchalik «Navro‘z», «Mehrjon», «Sada», «Gul» bayramlari, «Guli surx», «Chiqon», «Xatar», 
    «Darvishona», «Ashaddarozi» o‘yinlari, «Iyd al-fitr» (kichik iyd yoki ro‘za hayiti), «Iyd al-kabr» (katta iyd yoki 
    qurbon hayiti) kabi milliy udum va qadriyatlar ham xalq an’analariga qo‘shildi. Har bir bayram, marosimning 
    tabiiy ta’sir kuchi shu an’ananing mazmunini ochishga xizmat qiluvchi urf-odatlar, rasm-rusumlar bilan 
    mustahkamlanadi. 
    Mehnat qo‘shiqlari turli mehnat jarayonlari bilan bog‘liq. Masalan, xirmon yanchishda «xo‘p mayda» yoki 
    «mayda gul», sigir, qo‘y, echkilarni sog‘ish va buzoq, qo‘zi, uloqlarni emizishda «xo‘p-xo‘p», «qurey-qurey», 
    «churey-churey» qo‘shiqlari kuylangan. Yer haydash, o‘rim, yorg‘uchoq tortish, charx yigirish va bo‘z to‘qish 
    jarayonlarida maxsus qo‘shiqlar aytilgan. Insonning yashash tarzi, turli-tuman irim-sirimlar, urf-odatlar, 
    mavsumiy yumushlar, marosimlar va bayramlar bilan bog‘liq ravishda juda ko‘p xalq qo‘shiqlarining namunalari 
    yaratilgan [1]. 
    «Navro‘z» bayrami bilan bog‘liq bo‘lgan dasturxon bezash, sumalak, halim pishirish, ariq-zovurlarni 
    tozalash, birinchi ko‘chat ekish, marhumlarni xotirlash, ota-ona va keksalar, nogironlarga muruvvat ko‘rsatish, 
    qadamjolarni ziyorat qilish, shirinliklar ulashish, bir-biriga hadyalar in’om etish, mash’alalar yoqib, ariq, daryolar 
    buyiga borish, sayllar o‘tkazish kabi udumlar odat tusiga kirib qolgan. Shuningdek, Navro‘z bayramida yetti xil 
    (bug‘doy, arpa, no‘xat, jo‘xori, guruch, mosh, loviya)dan go‘ja tayyorlanib, qo‘ni-qo‘shnilarga ulashilgan. Bu 
    odatlarning barchasi ramziy ma’noga ega. Xalq bu marosimlar orqali yangi yilda yog‘ingarchilikning mo‘l 
    bo‘lishi (yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa, hosil mo‘l bo‘ladi, chorva uchun esa yem-xashak serob bo‘ladi); tinchlik, 
    farovonlik bo‘lishi, odamlar o‘rtasida mehr-muruvvat, insonparvarlik barqarorlashuviga ishora etadi. 
    Xalq bayramlari munosabati bilan badiiy-estetik xarakterdagi sayllar o‘tkazilgan. Sayllarda xalqning ichki 
    tuyg‘usi, o‘zligini anglatuvchi xarakter xislatlar og‘zaki ssenariyalar, jonli muloqotlar asosida ifodalangan. Har bir
    bayram yoki marosim munosabati bilan o‘tkaziladigan sayllar shu tantananing shakliga mos qo‘shiqlar, yallalar va 
    boshqalar bilan mazmunan rang-barang tarzda o‘tkazilgan. 
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish