“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
228 
O‘tmishda sayl shaharlardagi registon maydonlari, chorsu va rastalar, shahar tashqarisidagi katta maydon va 
adirlarda qaror topgan saylgohlar, shuningdek, qadamjolarda o‘tkazilib, bir haftadan bir va ba’zan ikki oygacha 
davom etgan. Saylga yoshu qari, ayollar, bolalar, butun xalq maxsus tayyorgarlik ko‘rishgan, yangi kiyimlar 
tiktirishgan, yangisiga qurbi yetmaganlar, eskisini yuvib yamashgan, hovlilar-ko‘chalar supurilgan, tansiq 
taomlar, shirinliklar tayyorlangan. Hunarmandlar saylgohlarda sotish uchun amaliy san’at asarlari, dehqonlar 
meva-cheva, noz-ne’matlari, savdogarlar, baqqollar, attorlar noyob mollardan olib borishgan. Saylgohlarda 
mansab va nasabiga qarab tartib bilan chodir-chaman tikilgan. Xalq savdo-sotiq qilishgan, ko‘ngil ochgan, 
tomosha qilgan. Saylgohlarda davlat va xalq oqsoqollari tomonidan uyushtirilgan poyga, uloq, kurash, chavgon 
musobaqalari, chakvi deb atalmish san’at bayramlari, sozanda, hofiz, raqqos, masxaraboz, qiziqchi, nayrangboz, 
ko‘z bog‘lovchi, dorbozlarning chiqishlari, ayiq, echki, maymun, ilon o‘ynatuvchi, xo‘roz, qo‘chqor, tuya 
urishtirish, mushakbozlik namoyish qilingan. Bayramlar, sayllarda turli narsalardan yasalgan qo‘g‘irchoq o‘yinlari 
ham namoyish etilgan. 
O‘tkazilgan barcha bayramlar va sayllarda cholg‘uchi va qo‘shiqchilarning bevosita ishtiroki bu tadbirlarda 
ko‘tarinki ruh va tantanovorlik kiritgan. Ayniqsa, ko‘pchilik bo‘lib kuylanadigan xalq qo‘shiqlari va ommaviy 
raqslar xalqning erkin nafas olib, yayrashida muhim ahamiyat kasb etgan. 
Xalq qo‘shiqlarida hayot badiiy ramzlar orqali aks ettiriladi va shu tufayli inson qalbida estetik his-tuyg‘ular, 
hayajonlar, ko‘tarinki kayfiyat, rahm-shafqat, shodlik, quvonch, g‘am-qayg‘u, hasrat, nafrat paydo bo‘ladi. 
Shuning uchun ham xalq qo‘shiqlariga barcha yoshdagi kishilar birday murojaat qiladilar. 
Bola endigina dunyoga kelgan kunidan boshlab, onaning ardog‘ini, yoqimli allasini eshitadi. Bolalar uchun 
maxsus yaratilgan bu qo‘shiq kishi ongiga ona suti bilan kiradi. Keyinchalik u tobora kengayadi, rang-barang 
ohanglar, xilma-xil ramzlar so‘zlar bilan mukammallashib boradi. 
Farzand tug‘ilishi, chaqaloqning beshik davri, ulg‘ayishi, jismoniy va nutqiy barkamolligi, yosh va sunnat 
to‘ylari, ulg‘ayish ehtiroslari bilan bog‘liq aytim-olqish, erkalama, ovutmachoq, qichiqmachoq, yalinchoq, 
hukmlagich, chalg‘itma, chorlama, guldur-gup, sanama, aytishma, tegishmachoq, masxaralamalardan iborat butun 
bir bolalar qo‘shiqlari tizimi yaratilgan. 
Alla qo‘shig‘ining bola shaxsida ota-ona, Vatan, millatga muhabbat tuyg‘usini eng dastlabki kurtaklarini 
shakllantiruvchi vositasi sifatida maydonga kelgan. Alla vositasida bola milliy til va milliy musiqa oxanglariga 
o‘rganib, unda milliy ruh qaror topib boradi. Bola ulg‘aygan sari uning ma’naviy tafakkur darajasi ham 
rivojlanadi, turli shakl va mazmundagi xalq teatrlari vositasida zehni o‘tkirlashib, nutqi o‘sib, dunyoqarashi 
kengayib, ma’naviy ehtiyoji va qiziqishi ortib boradi. 
Ona allasi umumbashariy qimmatga ega. Allalar beshik qo‘shiqlarining keng tarqalgan an’anaviy janri 
hisoblanadi. Jahonda biror xalq, millat yoki elat yo‘qki, ularning tilida alla kuylanmasa... Ruslarda «bayki» yohud 
«bayushki» deb yuritiluvchi bunday qo‘shiqlar turkmanlarda «huvdilar», tatarlarda «elli-belli», qoraqalpoqlarda 
«heyya-heyya»,
turklarda «ninni», forslarda «lolo», o‘zbek va tojiklarda «alla» atamalari bilan mashhurdir. Alla 
jahon onalarining mehriga yo‘g‘rilgan bir qadar farahbaxsh, ammo o‘rni bilan esa bir qadar g‘amgin eng 
muqaddas qo‘shiqdir [2]. 
Alisher Navoiy «alla» aytishni «navogo‘» deb ataydi; 
Ko‘zining nozi eldan eltib uyqu, 
Anga uyqu keturmakka navogo‘ [3]. 
Ya’ni alla bolalarni uyquga elttiruvchi sehrli kuch ekanligiga ishora qiladi. 
Ulug‘ Hakim alla aytayotgan onaning kuyni ijro qilayotganda g‘azab, g‘amginlik, cho‘chish singari salbiy 
holatlardan holi bo‘lishini maslahat beradi. Demak, alla uni kuylayotgan onaning qalbida ham mehr-muhabbat 
hislarini uyg‘otadi. 
Xalq qo‘shiqlarining yana bir muhim turi bu marosim qo‘shiqlaridir. Marosim qo‘shiqlari insonlarning 
hayot, voqeylik va tabiat o‘zgarishlariga bo‘lgan madaniy munosabatlarini ifodalovchi qarashlari asosida vujudga 
kelgan san’atdir. Marosimlarda olg‘a surilgan umuminsoniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ko‘rgazmali faoliyat 
targ‘ib etiladi. Ruhshunoslik, san’at, pedagogika qoidalarining uzviy birligida ma’naviy qadriyatlarning 
uyg‘unlikdagi mazmuni o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Masalan, inson u yoki bu marosimni o‘tkazish uchun 
ruhiy jihatdan o‘zini tayyorlaydi, unda musiqa ohanglari, so‘z san’ati dramatik harakatlardan foydalanadi. Bu esa, 
xalqning ma’naviy va moddiy turmush tarzi, axloq mezonlari, o‘tmish, bugun va kelajakdagi ma’naviy hayotga 
bo‘lgan qiziqish va intilishlarini namoyon etishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
Har bir marosimning o‘ziga xos rejasi, maqsadi va vazifalari kishilarning ma’naviy dunyosiga ta’sir eta olish 
mezoni asosida baholanishi lozim. 
Folklorshunos olim B.Sarimsoqovning tasnifiga ko‘ra, o‘zbek marosim qo‘shiqlari mavsumiy va amaliy-
maishiy qo‘shiqlar turkumiga bo‘linadi [4]. 
Birinchi turkum marosim qo‘shiqlari ham ikkiga: faqat mavsum bilan bog‘liq ashulalar–«Sust xotin», 
«Choy-momo», «Yas-Yusup»; mavsumiy mehnat, xo‘jalik yuritish tarzi bilan bog‘liq qo‘shiqlar «Loy tutish», 
«Shox moylar», «Oblo baraka» kabi janrlarga bo‘linadi. Oilaviy-maishiy marosim qo‘shiqlari tematik-funksional 
xususiyatlarga ko‘ra to‘rt guruhga: so‘zning sehr qudratiga asoslanuvchi qo‘shiqlar-kinna, gulafsho, olqish, 
qarg‘ish, afsun, bolalarning beshik davri qo‘shiqlari-chilla ko‘chiriq, beshikka solish, to‘y qo‘shiqlari-jir, yor-yor, 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish