|
, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 313/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 12022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
229
o‘lan, lapar, kelin salom, kuyov salom, to‘y olqishlari, oyna ko‘rsatar, motam qo‘shiqlari-yig‘i-yo‘qlov, motam
yor-yoridan iborat.
Qo‘shiq janri bir qancha oddiy turlardan ham iborat bo‘ladi. Afsunli qo‘shiqlar ma’lum bir marosimlarni bajo
keltirish, masalan, yomg‘ir chaqirish, quyosh va oy tutilishini to‘xtatishni iltijo qilish hamda boshqalarda ham
muhim o‘rin tutadi.
Ko‘p qirrali muhabbat lirikasi, satira va yumor, tarixiy mavzu, ijtimoiy norozilik ushbu guruhga tegishli har
bir janr- terma (yoki cho‘blama) qo‘shiq, lapar, yalla va ashulalar asosini (garchi ular bir-biridan ravshan
ifodalangan xarakterli musiqali xususiyatlari bilan farqlansa ham) tashkil qilishi mumkin.
Terma o‘z kuyining ma’lum darajada so‘zlarning kuy va ohang uyg‘unligida ifodalanishi tor diapazoni va
ixcham shakli bilan xarakterlanadi.
Termalar matni mazmunan turli xil bo‘lib, ko‘pincha barmoq vaznidagi yetti-sakkiz bo‘g‘inli misralardan
iboratdir.
Qo‘shiq janr sifatida nisbatan kichik diapazonli kuydan tashkil topib, barmoq vaznidagi poetik matnning
to‘rtlikdan iborat bir bandi yoki bir-ikki misrasini qamrab oladi, ayni vaqtda har bir she’riy misraga tugal ohang
moslashtirilgan bo‘ladi.
Qo‘shiq juda keng tarqalgan janrlardan bo‘lib, o‘z mazmunining xilma-xilligi, ko‘pqirrraliligi bilan alohida
ajralib turadi.
Lapar raqsbop kuyga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘yin-raqs bilan ijro etiladi. Uning matnlari asosan ishqiy-lirik,
didaktik, yumoristik yoki hazil she’rlardan tashkil topadi. Ayrim tumanlarda «Lapar» atamasini o‘lan deb
yuritiladigan dialog shaklidagi to‘y marosim qo‘shiqlariga nisbatan ham qo‘llaniladiki, bu aytishuv kelin hamda
kuyov tomon vakillarining har bir guruhida alohida-alohida unison xor sifatida ijro etilishi yoki yakkaxonlar
dialogi tarzida bo‘lishi mumkin.
Yalla raqs jo‘rligida ijro etilib, u ikki xil bo‘ladi. Birinchisining kuyi nisbatan tor diapazonli bo‘lib, she’rdagi
har bir band va uning o‘yinlari yakkaxon yallachi, naqorat esa unison xor (bir guruh sozanda yoki ashulachilar,
ko‘pincha tinglovchilar) tomonidan aytiladi. Bunday yallalarda har bir band naqorat bilan boshlanib, naqorat bilan
tugallanadi.
Yallaning ikkinchi xili uchun, aksincha, nisbatan keng diapazonli rivojlangan kuy xarakterlidir. Unda unison
xorning yakkaxon ijrosi bilan almashinib turishini ko‘ramiz. Raqsni esa endi-qo‘shiqchi yallachining o‘zi emas,
balki alohida raqqosa (yoki raqqos) ijro etadi.
Bugungi kunda yoshlarda milliy ma’naviyatimiz tarixi, boy mazmuni haqida bilim beruvchi, o‘zligini
anglashni ta’minlovchi xalq etnografik ansambllari («Shalola», «Besh qarsak», «Chanqovuz», «Chorqarsak» va
boshqalar) tashkil etilmoqda. Bunday ansambllar o‘zbek xalqining estetik-badiiy an’analari, milliy san’at
namunalarini tiklab, qadimdan milliy-ma’naviy qadriyat tarzida davom etib kelayotgan har bir vohaning o‘ziga
xos urf-odatlari, rasm-rusumlarini jonlantiradi. O‘zbek xalqining yor-yor, o‘lan aytish, alla, yalla, doston kuylash,
chanqovuz chalish, kelin kutish, chimildiq tuzash, kashta tikish, chit to‘qish, jun savash, ip yigirish, kalava o‘rash,
chiroz to‘qish, do‘ppi tikish, supra yozib xamir qorish, qaynona, qaynota, erga munosabat, bola tarbiyalash, milliy
taom tayyorlash, milliy kiyim turlarini namoyish etish kabi urf-odatlari, an’analari o‘quvchida o‘zligini anglash
tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq qo‘shiqlari bilan bog‘liq janrlardan biri dostonchilikdir. Doston xalq ma’naviy qadriyatlarini qorishiq
holda mujassamlashtirgan xalq og‘zaki ijodi shakllaridan biri bo‘lib, unda qo‘shiq kuylash, musiqa diklomatsiya
qilish, bayon qilish kabi badiiy-estetik qadriyatlar mujassamlashtirilgan. Dostonlarda yuksak insoniy fazilatlar
baxshilar tomonidan badihago‘ylik yo‘li bilan tinglovchiga yetkaziladi. Uning hissiy ta’sir kuchi orqali Sharq
xalqlarining chatishib ketgan falsafiy, diniy, axloqiy qarashlari, urf-odatlari, hayotiy turmush tarzi badiiy tafakkur
qilinadi. Dostonning g‘oyaviy yo‘nalishi, asosan, xalqning turmush sharoitini samarali tashkil etish, ularning
ruhiyatini quvvatlantirishga qaratilgan.
|
| |