• Muhokamalar va natijalar.
  • , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet316/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
    231 
    San’at yoʻnalishida ham talabalarning mustaqil aqliy fikr yuritish yuzaga kelgan muammolarni tahlil 
    qilib, faoliyatni rivojlantirish asosiy talablardandir [2]. 
    Talaba bunday fikr yuritishni anglay olishi muqarrarligini tushunib yetib, jiddiy ravishda gapning 
    ma’nosiga e’tibor berish, bilim tafakkurni shakllantirishga qaratadi. Mutaxassislikdan oʻqitish jarayonida 
    ular yuzaga kelgan kamchiliklar va qiyinchiliklar, turli toʻsiqlarning mustaqil yechimini topib hal etish, 
    xulosa qilishda olgan bilim va malaka koʻnikmalarini qoʻllay olishlariga qaratilgan boʻlishi lozim. Buning 
    natijasida talabalar mustaqil fikr yuritishlari, tafakkur rivojlanishi qobiliyatning shakllanishiga imkon beradi. 
    Demak, talabaning faoliyati jarayonida shunday tashkil qilinadiki, bunda u bir asarni tahlil qilishda mustaqil 
    ravishda xulosa chiqaradi, ya’ni unda ijodiy fikrlash qobiliyati shakllanadi. Talaba oʻquv faoliyati davomida 
    mustaqil tarzda qancha koʻp asarni ijro eta olsa, ijro jarayonida fikr bildira olsa, bir asarni oʻrganish 
    jarayonida e’tibor bilan yondashsa shuncha tez va oson oʻzlashtiradi.
    Muhokamalar va natijalar. Qayd etish lozimki, talaba bilan qancha koʻp munozaralarga 
    asoslanilgan darslar mustaqil fikrlashda, keng mushohadali tafakkurga ega boʻlishda mavjud imkoniyatlarni 
    toʻla namoyon qilishida katta ahamiyatga ega boʻladi. Boʻlgʻusi mutaxassislar ta’lim jarayonida oʻquv 
    materiallarini muammoli tahlil qilishlari, vaholanki, ularni isbotlash yoʻli bilan yechishlari, ta’lim jarayonini 
    oʻzlashtirishda ongli ravishda harakat qilishlari ularning bilim salohiyatini oshirishda oʻz natijasini beradi. 
    Ta’lim jarayonida talabalar muammoli vaziyatlarni idrok etishlari va hal qilish usullarini izlashlari, ilmiy, 
    mantiqiy nuqtayi nazardan asoslash va izlanishlari orqali tegishli xulosa chiqarishlari talab etiladi [3]. 
    San’at sohasida ham ta’lim jarayonidagi darslarning maqsadi quyidagilar: 
    1. Yangidan-yangi bilim koʻnikmalarini egallash. 
    2. Bilimlarni ijodiy oʻzlashtirish va amalda qoʻllash. 
    3. Ijodiy faoliyati, qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat. 
    San’at sohasi ta’lim jarayonida fanga nisbatan qiziqish sustlashish vaziyatiga duch kelsa: 
    - talabalarda qiziqish uygʻotish fanga nisbatan ularni oʻzlashtirish faoliyatini jonlashtirish; 
    - talabalarning oldiga faoliyatni rivojlantiruvchi aqliy va amaliy masalalarni qoʻyish; 
    - biror bir asarni tahlil etishga oʻrgatish; 
    - tahlil etilgan asarni muammolarni hal etishning yoʻllarini topishda amaliy koʻmak berishdan iborat. 
    Ta’lim berish samarali boʻlishi boʻlajak san’atkor mutaxassislarda oʻquv muammolari va 
    mutaxassislik masalalarini yechishga tadqiqiy yondashish kerak boʻladi. 
    Xulosa. Shunday qilib, oʻqitish usullaridan foydalanish talabalarning san’at ta’limidagi aqliy hamda 
    amaliy faoliyatlari hamda mustaqil izlanishni oʻrgatish, ijodiy fikrlashga ega boʻlish, kabi imkoniyatlarini 
    yaratadi. 
    Adabiyotlar 
    1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent: “Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy 
    nashriyoti, 2010. 
    2. Respublika oliy oʻquv yurtlarining boshlangʻich ta’lim metodikasi fakultetlarining talabalari, 
    pedagogika litseylari va kollejlarining oʻquvchilari uchun darslik. – Toshkent: “Oʻqituvchi” nashriyoti, 2001-
    yil. 
    3. Zamonaviy uzluksiz ta’lim muammolari: Innovatsiya va istiqbollari. –Toshkent: Nizomiy nomidagi 
    TDPU bosmaxonasida chop etilgan, 2018-yil. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   312   313   314   315   316   317   318   319   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    , № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish