, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/347
Sana10.01.2024
Hajmi6,23 Mb.
#133952
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   347
Bog'liq
pedagogik mahorat 2022 1

2022, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 
233 
Musiqiy asarlarning ichki tuzilish qonuniyatlari bu masalada yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi. 
Ya’ni, asosiy vositalarning oʻzaro munosabatlarini mezonlardan u yoki bu uslub aniqlanadi. Xususan, “bir 
ovozli” yoki “ma’nodan”, “koʻp ovozli”, jumladan, “garmonik”, “polifonik”, “gomfonik” nomli uslublar 
shular toifasiga kiradi. Yirik ijodiy yoʻnalish va oqimlar. Masalan, “klassisizm”, “romantizm”, 
“imperesionizm”, “realizm” va boshqalar ham uslub tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir [1]. 
Uslub soʻzi yana bastakor, kompozitor, dirijyor, xonanda va sozandalar faoliyatini ijodiy jihatdan 
chuqurroq yoritish maqsadida ishlatiladi. Ayniqsa, u birorta mashhur san’atkorning ijodiy qiyofasini, uning 
farqli, betakror chizgi – qirralarini tahlil yoki qiyos ila koʻrsatishda baholiqudrat xizmat qiladi. Shuningdek, 
“cholgʻu uslubi”, “maqom uslubi”, “yovvoyi” yoki “patnisaki uslub”, “badiha uslubi”, “zamonaviy uslub” 
singari rang-barang ma’nolarni bildiruvchi hollarni kundalik oʻquv-nazariy va amaliy iste’molda tez-tez 
uchrab turishi mumkin.
Musiqiy folklorshunoslik sohasida uslubga dahldor yana bir tushuncha bor boʻlib, u biror xalq, millat 
va elatga mansub ijodiyot koʻlamida joylardagi tub aholining oʻzgacha betakror ijodiy xususiyat, udum va 
an’analarga diqqatimizni jalb qiladi. Tabiiyki, “mahalliy uslublar” masalasini oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti 
misolida, ya’ni uning tarixiy - nazariy - amaliy asoslariga tayangan holda koʻrib chiqish oʻquv fani oldiga 
qoʻyilgan maqsadlarga muvofiqdir. 
Oʻzbek xalq musiqasining koʻhna, nihoyatda boy va serjilo an’analari, avvalo, uning turfa yarim-
mahalliy uslublarida yorqin va teran oʻz ifodasini topadi. Darhaqiqat, ayrim hollarda musiqiy-mahalliy 
uslubning tilshunoslikdagi “sheva”, “lahja”, tushunchalari bilan qiyos qilinishi ham bejiz emas. Biroq, 
adabiyotshunoslikdan farqli oʻlaroq, jami mavjud “musiqiy sheva”larning mushtarak sifatlari oʻz navbatda 
“umummilliy musiqiy uslub” singari yigʻma tushunchani yuzaga keltiradi [2]. 
Xulosa qilib aytganda, musiqada uslub tom ma’noda turli-tuman, bir hisobda ayricha tushunchalar 
doirasini vujudga keltirsada, bunda deyarli barcha tarkibiy vositalarining uzviy bogʻliqligini, tizimiyligini 
nazarda tutish darkor. Xuddi shu boisdan oʻzbek xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishish, uni oʻrganish hamda 
amaliy oʻzlshatirish borasida uslubning oʻrni va ahamiyati benihoya katta. 
Koʻlami keng, serqatlam musiqa merosimizni tashkil etuvchi xilma-xil koʻhna namunalarini nota 
yozuviga tushirib, toʻplab, ushbu yoʻnalishda dastlabki ilmiy izlanishlar bilan shugʻullangan bir qator 
mutaxassislar ish faoliyatida kuzatilgan uslubiy tafovutlarga oʻz vaqtida alohida e’tibor berilgan. Ular bu 
haqida ilk bor qiziqarli ma’lumotlarni toʻplab, teran ilmiy mushohadalar yuritgnalar. Xususan, e’tirof 
etilganki, Oʻzbekiston hududining barcha vohalarida, qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston
Turkmanistonda istiqomat qiluvchi oʻzbeklar orasida, shuningdek, ayrim boshqa xorijiy mamlakatlarda 
azaldan tub oʻzbek aholisi zich holda yashab kelayotgan yerlarda “musiqiy sheva”larning koʻrinishlari 
oʻzgacha ekan. Kuzatilayotgan bunday ancha murakkab etnik, jugʻrofiy, siyosiy-ijtimoiy, tarixiy-madaniy 
voqelik toʻlaligicha qamrab olish, unga mukammal ta’rif-u tavsiflar berish qiyin masala, albatta, bularning 
orasida hozirga qadar koʻlami jihatidan bir muncha kengligi, tarixan qadimiyligi, xususiyatlari boʻyicha 
benazir, betakrorligi bilan asosan toʻrtta mahalliy uslub tavsif ila alohida-alohida ajratilgan boʻlib, oʻzbek 
musiqashunosligida nisbatan atroflicha oʻrganilgan. Ularning har bir muayyan xudud nomi bilan , ya’ni 
Toshkent–Fargʻona, Buxora–Samarqand, Xorazm va Surxondaryo–Qashqadaryo mahalliy uslublari, - deb 
yuritiladi [3]. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, oʻzbek xalq musiqasining tarixiy rivojlanishida mazkur mahalliy 
uslublarning kelib chiqishi juda koʻp narsalarga bogʻliq boʻlgan. Shu jumladan, millatimiz shakllanishining 
tarixi uzun jarayonida serurugʻ va koʻp qabilali turkiy tili qadimiy qavmlarning oʻzaro birikib ketganligi, 
xalq hayotining uzoq-yaqin oʻtmishda roʻy bergan olamshumul ahamiyatga molik katta ijtimoiy-siyosiy 
voqeliklar (masalan, hozirgi Oʻzbekiston vohalarining davlatchilik nuqtayi nazaridan qadimgi zamon va 
oʻrta asrlarda bir qator katta-kichik podsholiklar, saltanatlar, amirlik va xonliklarga kirgan yoki ichidan 
boʻlinib ketgan), yerli aholining turmush tarzi, qishloq va shahar madaniyatining oʻzaro oʻzgarib turgan 
muvozanatlari, dehqonchilik, chorvachilik, kasb-hunarmandchilikning oʻrni, iqtisodiy hamda ichki-tashqi 
savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi darajasi, boshqa millat va elatlar bilan oʻrnatilgan iqtisodiy, ijtimoiy 
hamda madaniy aloqalari, yaqin qoʻni-qoʻshinichilikning oʻzaro ta’siri ahamiyatlidir.
Oʻziga xos mahalliy xususiyatlar marosim-maishiy musiqasida ham, nomarosim kuy-qoʻshiqchilikda 
ham, bastakorlik va dostonchilik ijodkorligida ham, ashula va cholgʻu ijodkorligida ham bevosita namoyon 
boʻladi. An’anaviy uslublar zaminida bitilgan hozirgi zamon asarlarida ham bu xislatlar ozmi-koʻpmi, hamon 
namoyon boʻlishi mumkin.
Ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, asrlar osha bizgacha yetib kelgan musiqa merosimizning bunday 
sifat koʻrsatkichi va fazilatlari oʻzbek xalqining bitmas-tuganmas, bepoyon ijodiy salohiyati, yuksak badiiy 
didi va teran tafakkurlaridan yaqqol dalolat berishi tabiiydir. Zero, moziydan shu kunga qadar mahalliy 
san’at ahli an’anaviy ijodiyotning shakl va navlarini tobora takomillashtirib, uning badiiy barkamol 
https://buxdu.uz



Download 6,23 Mb.
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   347




Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, № 1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal

Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish