• Asosiy qism.
  • Key words: style, heritage, amateur, folklore, art, culture, instrument, music, dialect, note




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet318/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    Key words: style, heritage, amateur, folklore, art, culture, instrument, music, dialect, note. 
     
    Kirish. Oʻzbek xalqi oʻziga xos va rang-barang musiqa merosiga ega. Uning qimmatli namunalarini 
    toʻplab saqlash, notaga olib hujjatlashtirish, uzun taraqqiyot yoʻlini hamda murakkab ilmiy-nazariy asoslarini 
    oʻrganish, shuningdek, uni amaliy-ijodiy oʻzlashtirish borasida respublikamizda shunga qadar samarali 
    natijalarga erishildi.
    Buyuk istiqlolning sinovli dovonlaridan oʻtishda, mamlakatimizda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
    sohalarda tub islohotlar oʻtkazilayotgan bir pallada jamiyatimizda milliy madaniyat va san’at, ma’naviyat va 
    ma’rifat kabi insonparvar hamda taraqqiyotparvar omillarga alohida diqqat-e’tibor berilmoqda. Bu oʻrinda 
    amaliy bebaho qadriyatlarimizni, xalqchil udum va an’analarimizni tobora toʻlaroq tiklash, tarixiy-madaniy 
    yodgorliklarimizni, shu jumladan, musiqiy merosimizni mufassal oʻrgana borish nihoyatda muhim ahamiyat 
    kasb etmoqda. Uni yosh avlodlar tomonidan ilmiy hamda amaliy jihatdan puxta oʻzlashtirish uchun soʻngi 
    yillarda barcha zaruriy shart-sharoitlar yuzaga keltirilganini e’tirof etish lozim. 
    Koʻzlangan ezgu maqsadlarga erishish uchun respublikamizning madaniyat va san’at oʻquv yurtlarida, 
    shuningdek, xalq ta’limi tizimiga kiruvchi gumanitar yoʻnalishdagi oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida oʻzbek 
    musiqa ijodiyotining barcha qatlamlarini – rosmana xalq musiqasi, maqomchilik, dostonchilik, oʻtmish va 
    zamonaviy bastakorlik, kompozitorlik, badiiy havaskorlik, estrada san’atini qamrab oluvchi qator maxsus 
    oʻquv fanlar joriy etildi. Oʻz navbatida, ularni mukammal dastur, darslik va oʻquv qoʻllanmalar bilan 
    ta’minlash - hozirgi kunda mutaxassislarimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir.
    Asosiy qism. Oʻzbek xalq musiqasining mahalliy usullari, musiqiy merosimizning an’anaviy-kasbiy 
    qatlamiga mansub janrlardan ashula, katta ashula, suvora kuy, doston, maqom va uning turlarini, vohaning 
    oʻziga xos cholgʻu sozlarining oʻrganilishi bilan bogʻliq bir qator jihatlari borki, ular asnosida oʻzbek xalq 
    musiqa ijodiyoti yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega boʻlishimiz mumkin.
    Adabiyotshunoslik, san’atshunoslik sohalarida, xususan, mavjud musiqiy adabiyotlarda uslub soʻzi har 
    xil ma’nolarda qoʻllanib turilishi ma’lum. Bulardan bir hollarda uning keng, umumlashma, boshqalarda esa 
    xiyla tor yoki koʻchma ma’no va mazmunlari qayd qilinadi. Ta’kidlash lozimki, uslub atamasi ham 
    mazmunan, ham mohiyatan turlicha idrok etilsada, ayni paytda u oʻzaro yaqin, mushtarak tushunchalarni 
    anglatishi mumkin. Demak, bu masalaga, avvalo, oydinlik kiritish zarur.
    Uslub soʻzi yordamida avvalo bir muncha keng, aniqrogʻi – yigʻma ma’noda jahon xalqlari musiqa 
    san’atiga xos umumiy yoki muayyan mintaqaviy xususiyatlar tabiati ifodalanadi. Bunga, jumladan, sharqona 
    musiqiy uslub, “Yevropacha musiqa uslubi” kabi iboralar yaqqol misol boʻla oladi. Boshqa barcha badiiy 
    ijodiyot koʻrinishlari misoli, musiqada ham milliy oʻziga xoslikka aynan uslub atamasi yordamida qisqa va 
    loʻnda tavsif beriladi.
    https://buxdu.uz



    Download 6,23 Mb.
    1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words: style, heritage, amateur, folklore, art, culture, instrument, music, dialect, note

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish