• Muhokamalar va natijalar.
  • “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet320/347
    Sana10.01.2024
    Hajmi6,23 Mb.
    #133952
    1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   347
    Bog'liq
    pedagogik mahorat 2022 1

    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1 
    234 
    namunalarini avaylab-asrab, yangidan-yangi ijodkorlik sa’yi-harakatlari ila milliy-ma’naviy boyliklarini 
    doimo koʻpaytira borganlar. San’atkorlar xalqning orzu-umidlarini, sevinch va hayratlari, quvonch va 
    qaygʻulari, jamiki insoniy qalb ehtiyojlarini yuksak musiqiy idrok bilan tasvirlab, kishilarga hamisha ruhiy-
    ma’naviy ozuqa berganlar. Ular mumtoz musiqa orqali nafosat va ezgulik olishga tinglovchini oshno qilish 
    istagida boʻlib, oʻlmas qadriyatlar bilan hamisha bahramand etib kelganlar.
    Kasbiy musiqa ijrochiligi sohasida san’atkorlar ustoz-shogirdlik an’anasini yuzaga keltirib, uni 
    qadimdan bevosita qoʻllagan holda faoliyat koʻrsatishgan. Oʻzbekiston Markaziy Osiyoning turli 
    vohalaridagi taniqli xonanda, sozanda va bastakorlar bilan oʻzaro yaqin aloqalarda boʻlishgan. Ularning 
    Oʻrta va yaqin Sharqqa, qolaversa, butun dunyoga mashhur boʻlgan olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilgan 
    musiqiy ilm–fan asoslaridan tajribali muallimlar yordamida, koʻplab maxsus nazariy risolalar orqali boxabar 
    boʻlishgani ma’lumdir. “Musiqa madaniyati” fan oʻqituvchisi tarixiy manbaalarga murojaat etishi, 
    cholgʻularimizning takomilashuvi haqida oʻquvchi-yoshlarga qisqa, loʻnda, qiziqarli bayon etishi, muhim 
    ahamiyatga ega. 
    Muhokamalar va natijalar. Oʻzbek musiqasini oʻrganish tarixida keng koʻlamdagi olim, iste’dodli 
    folklorchi, pedagog V.Belyayevning xizmatlari ham kattadir. Musiqa nazariyasini oʻrganishda V.Belyayev 
    Sharq olimlarining musiqa haqidagi risolalarining ahamiyatini alohida ta’kidlab oʻtadi. Uning oʻzbek xalq 
    cholgʻulari rivoji tarixi boʻlimida olib borgan izlanishlari, ularni sinflashtirish va oʻlchash ishlari katta 
    qiziqish uygʻotadi. 1933-yili Moskvada V.Belyayevning “Oʻzbekiston musiqiy cholgʻulari” nomli kitobi 
    nashr qilinadi. Unda 50 dan ortiq cholgʻularning tavsiflari berilgan. Xalq cholgʻularini qayta ta’mirlash va 
    takomillashtirish natijasida tovush hosil qilishning texnik usullari, yangi ijrochilik koʻnikmalari ishlab 
    chiqildi. Cholgʻuda ijroning eshitish uslubidan nota yordamida ijro uslubiga oʻtilishi oʻquv repertuari ustida 
    koʻp ishlashga, xalq cholgʻularida ijro maktablarini tashkil qilishga olib keldi. Xalq cholgʻu ijrochilariga 
    ta’lim berishning uslubiy va didaktik asoslarini ishlab chiqish xuddi shu yoʻnalishda olib borildi. Oʻtgan 
    yillar mobaynida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi “Xalq cholgʻularida ijrochilik” kafedrasi professo-
    roʻqituvchilari tomonidan bir qator fundamental darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, toʻplamlar chop ettirildi. 
    Xalq cholgʻularida ijrochilik maktablari paydo boʻldi. Shu bilan birga, xalq cholgʻulari orkestrini tashkil 
    qilish va ishlash boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar yozildi. Shunday qilib, xalq cholgʻulari yoʻnalishi boʻyicha 
    musiqiy ta’limning boshlangʻich boʻgʻini uchun ta’lim asoslari shakllandi. Har qanday talaba butun oʻquv 
    yili mobaynida yetarli miqdorda keng umumta’lim va kasbiy bilimlarga ega boʻlishi kerak. Chunki koʻpgina 
    bitiruvchilarimiz oʻz hayotlarini pedagogik faoliyat bilan bogʻlaydilar. Bu esa psixologiya, pedagogika, 
    uslubiyot boʻyicha yaxshi tayyorgarlikni, keng dunyoqarashga ega boʻlishni talab etadi. Ammo shu 
    paytgacha pedagogika tamoyillariga asoslangan, ta’limning oʻziga xosligini ochib beruvchi, ijrochilik 
    madaniyati yutuqlarini ifodalagan umumiy va shaxsiy uslublar ishlab chiqilmagan. Nashr qilingan koʻpgina 
    darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarda ta’limga tor ma’noda yondashilgan. Hamma tavsiyalar cholgʻuda ijro 
    holatiga, tovush hosil qilishning texnik uslublariga, ijrochilikni egallashga doir boʻlib, oʻquv-tarbiyaviy 
    jarayon va pedagogik etika masalalari ham birmuncha yoritilgan. Lekin ta’limning tarbiyaviy ahamiyati
    gʻoyaviy-ma’rifiy yoʻnalishi, ilmiyligi, umumta’lim maktablarida dars jarayonini olib borish kabi dolzarb 
    masalalarga kamroq e’tibor berilgan. Oliy oʻquv yurtlarida bunday uslubiyotning ishlab chiqilmaganligi 
    ijrochilik san’ati boʻyicha ta’limning sifatiga, pedagogik tayyorgarligiga salbiy ta’sir etadi. Quyida uslubiyot 
    haqida toʻxtalamiz. 

    Download 6,23 Mb.
    1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   347




    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal 2022, № 1

    Download 6,23 Mb.
    Pdf ko'rish