|
2022, №1 “Pedagogik mahorat” Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Pdf ko'rish
|
bet | 323/347 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 6,23 Mb. | | #133952 |
Bog'liq pedagogik mahorat 2022 1Tayanch soʻzlar: musiqa, multimedia, texnologiya, mashg’ulot, musiqa, tarbiya.
В статье рассматривается использование мультимедийных технологий в обучении грамоте
дошкольников. Дошкольное образование – это средства и организация учебной деятельности,
умение правильно решать проблемы, возникающие в образовательном процессе, использование
инновационных технологий, умение находить правильный выход из затруднений.
Ключевые слова: музыка, мультимедиа, технология, обучение, музыка, образование.
The article discusses the use of multimedia technologies in teaching literacy to preschoolers.
Preschool education is the means and organization of educational activities, the ability to correctly solve
problems that arise in the educational process, the use of innovative technologies, the ability to find the right
way out of difficulties.
Key words: music, multimedia, technology, learning, music, education.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya masalalari eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini
aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ta’lim-tarbiya masalalari,har bir millatning milliy merosiga,
umumbashariy qadriyatlariga bog’langan holda maktabgacha yoshdan boshlab o‘zligini anglash, erkin
fikrlash, g’urur tuyg’ularini shakllantirishga qaratiladi.
Bugun maktabgacha ta’lim muassasasi deb nomlanayotgan «bolalar bog’chasi» ko‘pchiligimizning
yuragimizga yaqin, xotiralarga boy va qimmatli. Bu muassasaning bolalar bog’chasi, ya’ni bog’ deb
atalishining mohiyati nimada? Ma’lumki, dastlabki bolalar bog’chasi Germaniyada paydo bo‘lgan bo‘lib, u
yerda «kindergarten» deb atalgan va bolalar bog’chasi nomi shu so‘zning tarjimasi.Birinchi bolalar
bog’chasini «kashf etgan» pedagog Fridrix Fryobel bu nomning tavsifiga shunday to‘xtaladi: «Bolalar-
Xudoning nihollari,shuning uchun ularga xuddi bog’dagi nihol kabi parvarish va e’tibor kerak». Shundan
«bolalar bog’chasi» nomi keng yoyilib ketgan.
Bolalar bog’chasini tashkil etish mashhur nemis pedagogi Fridrix Fryobelning g’oyasi bilan amalga
oshgan. Bu paytda u 60 yoshda edi. XIX asrning 40-yillarida Germaniyaning sorbix deb ataladigan kichik
shaharchasida «bolalarni parvarishlash muassasi»[1] tashkil etiladi. U sobiq saroy bog’iga joylashgan edi.
Shahar aholisi bolalarini bu maskanga olib borar ekan «Biz bog’ga ketayapmiz», deyishar ekan. Ayrim
taxminlarga ko‘ra bolalar bog’chasi nomi shundan qolib ketgan.
Fridrix Vilgelm Avgust Fryobel (1782-yil 21-aprelda Oberveysbax / Turingiya o‘rmonida tug’ilgan,
(1852-yil 21-iyun Marientalda) - nemis o‘qituvchisi va Pestalotsining shogirdi. Uning alohida xizmatlari
nafaqat erta bolalik davrining ahamiyatini anglashda, balki qo‘shiqlar, tadbirlar va "o‘yinchoqlar" tizimini
yaratish orqali ushbu g’oyalarni amalga oshirishga hissa qo‘shishda hamdir. U 1840-yilda Bad
Blankenburgda tashkil etilgan bolalar bog’chasining asoschisi. Bu "Kinderbesa’ranstalten" ta’lim
konsepsiyasidan farq qiladi va ham xo‘rlikdan ta’lim, tarbiya va g’amxo‘rlik uchligiga qadar vazifalar
doirasini kengaytirish bilan bog’liq edi.
Fryobelning ta’lim sohasidagi yutuqlari va birinchi bolalar bog’chasining yaratilishi sharafiga 21-
aprel (Fryobelning tug’ilgan kuni) AQShda dunyo bolalar bog’chasi kuni (harakat kuni) [1] sifatida
nishonlanadi [2]. Bugungi kunda dunyoda Fryobel nomidagi va uning pedagogikasini davom ettiradigan
ko‘plab bolalar bog’chalari mavjud. Boshqa narsalar qatori, bu yerda quyidagilar muhim hisoblanadi.
Kattalar tomonidan bolalar kiyinishlarini rivojlantirishni rag’batlantirish va bolalarni dunyoni o‘rganish va
anglash harakatlarini qo‘llab-quvvatlash demakdir.
Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida yosh avlodga musiqiy tarbiya berishishlari umumdavlat
ahamiyatiga ega bo‘lib, shaxsni shakllantirishning muhim vositasi hisoblanadi. “Bolalar va musiqa”, ularni
https://buxdu.uz
|
| |